Mavzu: Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash


Download 14.49 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi14.49 Kb.
#1268687
Bog'liq
амал-3


Mavzu: Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash
REJA
1. Ish joyini to„g„ri tashkil qilish.
2. Chiqindi idishlari va ulardan bajarilgan ishlar haqida ma‟lumot berish.
3. Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasi

Amaliy mashg‗ulotning maqsadi: Talabalarga chiqindi idishlari va uning turlari haqida ma‟lumot berish. Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnalogiyasini o„rgatish. O‗qituvchining vazifalari:  Chiqindi idishlari va ulardan unumli foydalanishga o„rgatish;  Chiqindi materiallaridan bajarilgan ishlar haqida ma‟lumot berish;  Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnalogiyasi bilan tanishtirish;  Amaliy ish natijalari ko„radi, xato va kamchiliklarni ko„rsatadi, baholaydi; Ta’lim usullari: Savol-javob, ko„rgazmalilik, blits metodi, aqliy hujum, mustaqil ish. Ta’lim vositalari: Metodik qo„llanmalar, slaydlar, ko„rgazmalar, turli chiqindi idishlari, qaychi, elim, karton


152
Mashg„ulotni boshlashdan oldin o„quvchilarni bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi. 1. Chiqindi materiallari bilan ishlash o„quvchilar ta‟lim-tarbiyasida qanday ahamiyatga ega? 2. Chiqindi idishlaridan nimalar yasash mumkin? 3. Tejamkorlik nima? 4. Qanday chiqindi materiallarini bilasiz? 5. Ish qurollaridan foydalanish qoidalari qanday? Ish joyini to‗g‗ri tashkil etish. O„quvchining chap tomoniga qaychi, chizg„ich, qalam, o„lchov metri joylashtiriladi. O„quvchiningt o„ng tomoniga turli chiqindi idishlar, mato bo„laklari va har xil bezak materiallari joylashtiriladi. O„quvchining oldi tomoniga plastmassa yelim, chiqindilar uchun quticha, nina, ip va sochiqcha joylashtiriladi. Turli chiqindi materiallari Biz hayotimizda istiqomat qilish jarayonida turli kiyim-kechaklardan, buyumlardan, oziq-ovqatlardan va boshqa turdagi mahsulotlardan foydalanamiz. Bu turdagi mahsulotlarni bizgacha yetib kelishida foydalanilgan buyumlar, turli qutilar, idishlar, g„iloflarni chiqindi materiali sifatida axlatlarga tashlaymiz. E‟tibor bermaymizki, bu chiqindi materiallaridan turli kerakli buyumlar, foydalanish mumkin bo„lgan narsalar tayyorlash mumkin. Shu bilan birga turli chiqindi materiallarini o„z o„rnida kerakli foydalanib, keraksizini tartib bilan axlat idishlarini tashlasak, atrof-muhitni ifloslanishi, ekologiyani buzilishi qisman bo„lsa ham kamaygan bo„lardi. Masalan: suv va napitkalarni idishlarini yarimigacha kesib, idish atrofini turli narsalar bilan bezab ro„zg„orda foydalanish mumkin bo„lgan turli idishlar (taroq solgich, qalamdon, chiqindi qutichasi) ni yasash mumkin, baklajka qopqog„idan choynak tagligini tayyorlash mumkin. Yoki shampun, kofe, bolalar kashalari, turli yog„lar va margarinlarning plastmassa idishlaridan turli buyumlarni tayyorlash mumkin. Kofe yoki bolalar kashasini idishidan turli buyumlar tayyorlash texnologiyasi:
153
1. Idish keraksiz narsalardan tozalanib, yuvib quritiladi. Idishning o„lchami aylanasi va uzunligi o„lchanadi. 1. O„lcham asosida bir xil rangdagi mato tayyorlanib, idish atrofi mato bilan qoplanadi. 2. Matoni idishga plastmassa yelim yordamida mahkamlanadi. Yuqori va pastki qismi ko„rinmas chok yordamida tikib qo„yiladi. 3. Idish mato bilan qoplangandan so„ng turli munchoqlar, bisserlar, lentalar, yaltiroq tasmalar yordamida bezatiladi. Mustaqil ish topshiriqlari 1. Chiqindi materiallarini to„plang. 2. Chiqindi materiallaridan qalamdon tayyorlang. Mavzu
Download 14.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling