Mavzu: Chiziqli dasturlash masalalarining matematik modellari, maqsad funksiyasi, iqtisodiy tahlili. Chiziqli dasturlash masalasi uchun yechim, optimal yechim, uni topishda geometrik usul. Chiziqli dasturlash masalasi uchun egizak masala


Download 36.04 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi36.04 Kb.
#1535775
  1   2
Bog'liq
3-AMALIY ISH


MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
“ KI” FAKULTETI
2– BOSQICH ATS-12/21 GURUH TALABASI ASHIRMURODOV OLMOSNING
ALGORITM LOYIHALASH
FANIDAN TAYYORLAGAN
3-AMALIY ISHI
Mavzu: Chiziqli dasturlash masalalarining matematik modellari, maqsad funksiyasi, iqtisodiy tahlili. Chiziqli dasturlash masalasi uchun yechim, optimal yechim, uni topishda geometrik usul. Chiziqli dasturlash masalasi uchun egizak masala, uning iqtisodiy tahlili. Ikkilanganlik sharti

Zarur nazariy ma’lumotlar.


Transport masalasi chiziqli dasturlash masalalari ichida nazariy va amaliy nuqtai nazardan eng yaxshi o’zlashtirilgan masalalardan biri bo’lib, undan sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarini tashishni optimal rejalashtirish ishlarida muvaffaqiyatli ravishda foydalanilmoqda.
Transport masalasi maxsus chiziqli dasturlash masalalari sinfiga tegishli bo’lib, uning chegaralovchi shartlaridagi koeffitsientlardan tuzilgan (aij) matritsaning elementlari 0 va 1 raqamlardan iborat bo’ladi va har bir ustunda faqat ikkita element 0 dan farqli, qolganlari esa 0 ga teng bo’ladi. Transport masalasini yechish uchun uning maxsus xususiyatlarini nazarga oluvchi usullar yaratilgan bo’lib, quyida biz ular bilan tanishamiz.

Transport masalasining matematik modeli va xossalari
Faraz qilaylik, A1, A2, . . . Am punktlarda bir xil mahsulot ishlab chiqarilsin. Ma’lum bir vaqt oralig’ida har bir Ai(i=1..m) punktda ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori ai birlikka teng bo’lsin. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar B1, B2, ..., Bn punktlarda iste’mol qilinsin hamda har bir Bj(j=1,n) iste’molchining ko’rilayotgan vaqt oralig’ida mahsulotga bo’lgan talabi bj(j=1,n) birlikka teng bo’lsin.
Bundan tashqari A1, A2, ..., Am punktlarda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning umumiy miqdori B1 ,B2 ,..., Bn punktlarning mahsulotga bo’lgan talablarining umumiy miqdoriga teng, ya’ni

tenglik o’rinli bo’lsin deb faraz qilamiz . Deylik, har bir ishlab chiqarish punkti Ai dan hamma iste’mol qiluvchi punktga mahsulot tashish imkoniyati mavjud, hamda Ai punktdan Bj punktga mahsulotni olib borish uchun sarf qilinadigan xarajat Cij pul birligiga teng bo’lsin.
xij bilan rejalashtirilgan vaqt oralig’ida Ai punktdan Bj punktga olib boriladigan mahsulotning umumiy miqdorini belgilaymiz.
Transport masalasining berilgan parametrlarini va belgilangan noma’lumlarni quyidagi jadvalga joylashtiramiz.

Bj
Ai

B1

B2



Bn

Taklif miqdori

A1

C11
X11

C12
X12



C1n
X1n

a1

A2

C21
X21

C22
X22



C2n
X2n

a2













Am

Cm1
Xm1

Cm2
Xm2



Cmn
Xmn

am

Talab miqdori

b1

b2



bn



Masalaning iqtisodiy ma’nosi: yuk tashishning shunday rejasini tuzish kerakki: 1) har bir ishlab chiqarish punktidagi mahsulotlar to’la taqsimlansin ; 2) har bir iste’molchining mahsulotga bo’lgan talabi to’la qanoatlantirsin va shu bilan birga sarf qilinadigan yo’l xarajatlarining umumiy qiymati minimal bo’lsin.


Masalaning birinchi shartini quyidagi tenglamalar sistemasi orqali ifodalash mumkin:
(4.1)
Masalaning ikkinchi sharti esa quyidagi tenglamalar sistemasi ko’rinishida ifodalanadi:
(4.2)
Masalaning iqtisodiy ma’nosiga ko’ra noma’lumlar manfiy bo’lmasligi kerak, ya’ni
(4.3)
i-ishlab chiqarish punktidan j-iste’mol qiluvchi punktga rejadagi xij birlik mahsulotni yetkazib berish uchun sarf qilinadigan yo’l xarajati cij xij pul birligiga teng bo’ladi.
Rejadagi barcha mahsulotlarni tashish uchun sarf qilinadigan umumiy yo’l xarajatlari


funktsiya orqali ifodalanadi. Masalaning shartiga ko’ra bu funktsiya minimumga intilishi kerak, ya’ni
(4.4)
(4.1) - (4.4) munosabatlar birgalikda transport masalasining matematik modeli deb ataladi.


Download 36.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling