Mavzu: chiziqli elektr zanjirlarida o‘tkinchi jarayonlari


O‘tkinchi jarayonlarni hisoblash usullarining xususiyatlari


Download 417.5 Kb.
bet4/4
Sana20.06.2023
Hajmi417.5 Kb.
#1628875
1   2   3   4
Bog'liq
CHiziqli elektr zanjirlari

O‘tkinchi jarayonlarni hisoblash usullarining xususiyatlari


Elektr zanjirlardagi o‘tkinchi jarayonlarni hisoblash uchun klassik, operator, chastotaviy va Dyuamel integrali usullaridan foydalaniladi.


Klassik usulning mohiyati - tok va kuchlanishlar oniy qiymatlari uchun Kirxgof birinchi va ikkinchi qonunlari asosida tuzilgan differensial tenglamalarni yechishdan iborat. Masalani yechish xarakteristik tenglamalar ildizlarini, o‘tkinchi jarayon erkin va turg‘un tashkil etuvchilarini, integrallash doimiylarini va nihoyat o‘tkinchi tok va kuchlanishlarni aniqlashdan iborat. Klassik usulning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, yechimda real vaqtdagi real kattaliklardan foydalaniladi. Hisoblash natijalari odatda grafiklar bilan tasvirlanadi, lekin bu hisoblashlar murakkab va ko‘p vaqt talab qilganligi sababli ko‘pincha hisoblash texnikasi qo‘llashni talab etadi.
Operator usulida original deb nomlanadigan vaqtning real funksiyasi uning kompleks tekislikdagi tasviri bilan almashtiriladi. Bunday almashtirish Laplasning to‘g‘ri o‘zgartirish funksiyasi yordamida matematik yo‘l bilan bajariladi. Bunda tasvir vaqt funksiyasi emas, kompleks o‘zgaruvchi funksiya bo‘ladi. Uni grafik usulda tasvirlab bo‘lmaydi. Lekin klassik usulga nisbatan bo‘lgan bu kamchilik vaqt bo‘yicha differensiallash va integrallash operatsiyalarini ko‘paytirish va bo‘lish kabi algebraik operatsiyalar bilan almashtirish afzalligi bilan kompensatsiyalanadi. Algebraik tenglamalar sistemasini yechish natijasida izlanayotgan funksiyaning tasviri topiladi va uning originaliga o‘tiladi. Bu usulda integrallash doimiylarini alohida hisoblab topishga ehtiyoj qolmaydi. Ushbu afzalliklari sababli operator usuli muhandislik amaliyotida keng qo‘llanadi.
Chastotaviy usul operator usulga juda o‘xshash. Farqi shundaki, taqribiy hisoblashlarda zanjirning kirish qarshiliklari yoki o‘tkazuvchanliklarining eksperimental xarakteristikalaridan foydalanish mumkin. Bu usul chiziqli avtomatik rostlash sistemalarining analizi va sintezida, xususan, sistemadagi o‘tkinchi jarayonlar sifatini baholashda keng foydalaniladi.
Dyuamel integrali usuli passiv ikkiqutblikning kirish qismiga berilayotgan kuchlanish vaqtga nisbatan murakkab qonun bilan o‘zgarayotganda qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, o‘tkinchi jarayonlarni hisoblash uchun o‘zgaruvchan holat usuli, avtomatikada keng qo‘llanadigan trapesiya ko‘rinishidagi chastotaviy xarakteristika usuli va boshqa usullar mavjud.
Download 417.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling