Mavzu: chor rossiyasining turkiston o‘lkasi boyliklariga munosabati va uning salbiy oqibatlari


Download 367.5 Kb.
bet12/14
Sana18.06.2023
Hajmi367.5 Kb.
#1575256
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Chor Rossiyasining Turkiston o`lkasi boyliklariga munosabati va

Birinchidan, XVIII asrdagi parokandalik, uch xonlikdagi о`zaro mahdudlik, mahalliychilik yurtimizni iskanjaga soldi. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini asoratga soldi. Bu о`lkani siyosiy-hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xalqni ma`naviy-ruhiy bо`ysundirishga ham ahd qildi. Chorizm joriy etgan siyosiy tuzum о`lkada hukmron rus davlatchiligini qaror toptirishga qaratildi. Ana shu maqsadda о`zbek milliy davlatchiligini asos e`tiborini yо`q qilishga qaritilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ikkinchidan, Rossiya imperiyasi о`lkani Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga bо`lib, tub aholi birligi va siyosiy qudratini sindirish yо`lida barcha vositalardan foydalandi. Ming yillardan beri davom etib avloddan-avlodga о`tib kelayotgan milliy davlatchilik va qadriyatlarni yо`q qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishga soldi.
Rossiyaning Turkistondagi agrar siyosati о`zida metropoliya dvoryan pomeshchiklari va burjuaziyaning iqtisodiy va siyosiy manfaatlarini yaqqol gavdalantirdi. Bu siyosatning bosh maqsadi о`lkani imperiya sanoatining xom-ashyo makoniga aylantirish edi.
Imperiya ikki hukmron sinf manfaatlarini kо`zlab ish tutdi. Agrar siyosatda dvoryanlar talabiga kо`ra Turkiston xalqining tegishli yerlarini zо`rlik bilan tortib olish va rus posyolkalarini barpo etdi. Burjuaziyaning talabiga kо`ra esa, qishloqlarda paxta yakkahokimligini о`rnatish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirdi.
Imperiyaning kо`chirish siyosati, о`lka aholisini yersizlanishini kuchaytirdi. Rus unsurining esa moddiy va siyosiy jihatdan nufuzini oshirdi.
Agrar siyosat imperiyaning harbiy, ijtimoiy va iqtisodiy siyosatining uzviy qismiga aylantirdi. Amalga oshirilgan iqtisodiy siyosat yer-suvni, yaylovlarni, barcha tabiiy boylikni chor hukumati qо`lda jamladi. Ular mо`may daromad manbaiga aylandi.
Uchinchidan, Metropoliya o`lkani xomashyo makoniga aylantirib, paxtachilik, ipakchilik, qorako`lchilik va boshqa muhim xomashyo mahsulotlari yetishtirish tarmoqlariga katta e`tibor berdi. Sanoat qurilish sohasida chorizm metropoliya burjuaziyasi manfaatlariga asos xomashyoni dastlabki ishlovchi korxonalar qurilishini quvvatlab, о`lkada qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati rivojiga tо`sqinlik qilib keldi.
Rossiyaning mustamlakachilik siyosati Turkistonni rus tovarlari sotiladigan, tayyor mahsulotlar xarid qiluvchi bozorga aylantirdi. Bu esa mahalliy hunarmandchiligini inqiroziga olib kelib, yagona milliy bozorning rivojlanishiga yо`l bermadi.
Tо`rtinchidan, Imperial mustamlakachilik siyosati xalq maorifi va madaniy hayotida ham о`z aksini topdi. U maktab va madrasalar faoliyatiga deyarli e`tibor bermadi, aksincha ularning rivojlanishiga tо`sqinlik qildi. Asosiy e`tibor о`lkada ruslashtirishga xizmat qiluvchi rus-tuzem maktablari tarmog`ini yuzaga keltirishga qaratildi.
Xullas, mustabid tuzum sharoitida ham Turkistonliklarning erkinlikka, taraqqiyoti va istiqlolga bo`lgan azaliy intiqlik kayfiyati so`nmadi. Xalqimizning yuragiga о`rnashgan mustaqillik va ozodlik tuyg`usi tobora qudratli kuchga aylanib bordi va natijada О`zbekiston istiqloli tantanasi uchun mustahkam zamin hozirladi.

Download 367.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling