Mavzu: «Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish»


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana06.04.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1332662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2019 Chorvachilikda mahsulotlarini

KIRISH 
 
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona 77 ming 800 
tonna sig’imga ega bo’lgan 114 ta sovutish kameralari o’tgan yilda tashkil etildi va 
modernizarsiya qilindi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni yuqori o‘sish darajasini 
ta‘minlashda real sektor korxonalarining o‘rni beqiyosdir. Bu sektorga qarashli 
korxonalar aholining ehtiyojlarini e‘tiborga olgan holda yuqori sifatli mahsulotlarni 
ishlab chiqaradilar yoki xizmat ko‘rsatadilar. Korxonalarning samarali faoliyati 
bevosita ishlab chiqarish bilan bir qatorda ishlab chiqarilgan tovar yoki 
xizmatlarning realizatsiyasiga ham bog‘liqdir. Mamlakatimizda iste’mol tovarlari 
ishlab chiqarishni tubdan oshirish bo’yicha o’z vaqtida ko’rilgan chora-tadbirlar 
ham amaliy samarasini bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning mamlakatimizni 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 
asosiy yakunlari va 2018 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim 
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan 
majlisidagi ma’ruzalarida 2018 yilda qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni va 
tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom 
ettirilganini ta’kidladilar. Shu bilan birga oldimizga vazifa sifatida, aholi 
ehtiyojlarini to’la qonli qondirish maqsadida qayta ishlash sanoatiga alohida e’tibor 
qaratishimizni suraganlar. Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni 
tayyorlaydigan va tayyor mahsulotni is’temolchiga yetkazib beradigan (sotadigan) 
barcha tarmoq va korxonalar agrosanoat majmuasining muhim qismi hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida, jumladan qishloq xo’jaligida bunday yutuqlarga 
erishishimizda Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan katta e’tibor berilganligi, 
jumladan, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni Respublikamizda ishlab 
chiqarish sohalariga keng jalb etilishiga e’tibor qaratilganligidandir. Xususan, 
Samarqand viloyatida 2017 yilda ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarda qayta ishlash 
bo’yicha 78 ta loyiha amalga oshirilib, jami sarflangan harajat 9386 mln so’mni 
tashkil etdi. Shu yili sut mahsuloti 367 tonna yetishtirilib uning 100 %i qayta 
ishlandi. Xo’jaliklarda kuniga o‘rtacha ming litrdan ortiq sutni qayta ishlanmoqda. 
Sutning asosiy qismi xo‘jaligimizdan olinmoqda. Bizga chorvachilikka 
ixtisoslashgan qo‘shni xo‘jaliklar ham sut yetkazib beradi. Har xil sig‘imli idishlarga 
qadoqlanayotgan tayyor mahsulotlar viloyatimiz va poytaxtimizdagi oziq-ovqat 
do‘konlari hamda ta’lim va tibbiyot muassasalariga yetkazib berilmoqda. Eng erkin 
istiqbolning tub muammosi - tuzilmalarni o’zgartirish siyosatini hayotga tatbiq 
etishdir. O’zbekiston iqtisodiyotining hom - ashyo manbai sifatida bir tomonlama 
yo’nalishning qat’iy bartaraf etilishi ichki siyosatning ustuvor strategiyasi 
hisoblanadi. Respublika aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, talab katta bo’lgan 
tovarlarga, ayniqsa bolalar va katta yoshdagilarga mo’ljallangan mahsulotlarga 
bo’lgan ehtiyojlarining qondirish asosiy vazifalardandir. Qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini yanada chuqur rivojlantirish, raqobatga qobil 
tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko’zlab texnologik siklning tugallanganligi 
darajasini oshirishimiz lozim. Mamlakatimiz tomonidan berilayotgan imkoniyatlar 
esa respublikaning eksport imkoniyatlarini oshirishga, uning valyuta bilan to’lov 



qobiliyatini mustahkamlashni hal etishga yo’l beradi. Ilg’or texnologiyalarni egallab 
borish, ishlab chiqarishning zamonaviy tuzilmasidan munosib o’rin olishga imkon 
beradi. Binobarin, fermer o‘zi yetishtirgan mahsulotni o‘zi qayta ish¬lashni yo‘lga 
qo‘yishi, shu orqali qishloqqa sanoatni olib kirishi qanday ahamiyatga ega ekani va 
pirovardida aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi bugun barchaga ayon 
haqiqat. Mazkur islohotlar ichki bozor talabini qondirish, mamlaka¬timizning 
eksport salohiyatini oshirishda katta samara berishini hayotning o‘zi isbotlab turibdi. 
Chorvachilik qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Bu tarmoq 
aholini go’sht, sut, sariyog’, tuxum kabi qimmatli oziq – ovqat mahsulotlariga, qayta 
ishlash korxonalarini esa teri, jun, qorako’l teri, pat va par kabi xom ashyolarga 
bo’lgan talabini qondirishga xizmat qiladi.
Chorvachilik tarmog’i aholi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga 
ega. Bugungi kunda qishloq xo’jaligida band bo’lgan 3,1 mln. kishining 1,1 mln. 
dan ortig’i chorvachilik sohalarida faoliyat yuritmoqda. 
Yaylov chorvachiligi esa iqtisodiyotning boshqa sohalari uchun “tashlandiq” 
hisoblangan past hosilli, qish oylari o’ta sovuq, yoz oylari esa jazirama issiq bo’lgan 
cho’l va dasht yerlarda aholini yashashi ishlab chiqarish bilan shug’ullanishi hamda 
arzon chorvachilik mahsulotlari yetishtirish imkonini beradi. 
Tovar-pul munosabatlari sharoitida barcha sa’yi - harakat faoliyatdan 
olinadigan foyda summasini ko’paytirib, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga 
qaratiladi.
Chorvachilikda foydani shakllanishini nazorat va tahlil qilish, ortiqcha 
xarajatlarni aniqlash va ular sarfini keskin kamaytirish samaradorlikni oshirishda 
dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
Mamlakatimizda so’nggi yillarda chorvachilikni rivojlantirishga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasining “Naslchilik 
to’g’risida”, “Veterinariya to’g’risida”gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2006 yil 23 martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va qishloq 
xo’jaligida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirish chora – tadbirlari 
to’g’risida”gi 308-sonli va 2008 yil 21 apreldagi 842 – sonli qarorlari muhim 
ahamiyat kasb etdi.
Kurs ishining asosiy maqsadi Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlashni 
tashkil etish hozirgi holatini tahlil qilish va uni oshirish imkoniyatlariga oid takliflar 
ishlab chiqishdir. 
Qo`yilgan maqsadga quyidagi asosiy vazifalarni hal qilish orqali erishiladi: 
- qishloq xo’jaligining resurslar salohiyatini o’rganish; 
- Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlash va boshqarishning nazariy 
asoslash va adabiyotlarni sharhlash; 
- Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlash va boshqarishning hozirgi 
holatini ko’rib chiqish; 
- Chorvachilikda mahsulotlarini qayta ishlash va boshqarishga doir taklif va 
tavsiyalar ishlab chiqish. 




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling