Mavzu: Cho’zilgan temirbeton elementlarining mustahkamligini hisoblash reja


Rasm-2.1. Yig‘ma-yaxlit turdagi massiv oraliq tayanch


Download 0.58 Mb.
bet2/4
Sana28.03.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1303812
1   2   3   4
Bog'liq
TEMIRBETON KO‘PRIKLARNING KONSTUKTIV ELEMENTLARI

Rasm-2.1. Yig‘ma-yaxlit turdagi massiv oraliq tayanch

Rasm-2.2. Yig‘ma-yaxlit turdagi massiv oraliq tayanch yuqori qismi yengillashtirilgan
Tayanchning paski massiv qismi SYuS dan 0,5 m pastda joylashishi kerak va bu qism yig‘ma, yig‘ma-yaxlit va yaxlit konstruksiyadan iborat bo‘lishi mumkin. Tayanchning yuqori qismi esa 1,0; 1,2; 1,6 m diametrli ustunlardan iborat rama shaklidagi konstruksiya va rigel (rigel–qurilish konstruksiyasi (to‘sin, oraliq qurilma) ning gorizontal elementi. Ramalarda rigel ustunlarni, karkaslarda – tayanchlarni, tomlarda – stropila (cherdak to‘sini) ni tutashtiradi) dan tashkil topadi.
2.3- rasmda oldindan zo‘riqtirilgan temir beton qovurg‘ali yaxlit ko‘chiriladigan oltita to‘sinli 24 m uzunlikdagi oraliq qurilma tuzilishiga ega massiv turdagi oraliq tayanchning misoli taqdim etilgan. G-10 ko‘prigining gabariti o‘z ichiga 3,5 m li ikkita harakat yo‘lagi va 1,5 m li xavfsizlik yo‘lagini oladi. Piyodalar o‘tish yo‘lagi kengligi – 1 m. to‘sinlarning hisob-kitob oraliq qurilmai (to‘sin uzunligi bo‘yicha tayanch qismlar o‘qlari o‘rtasidagi masofa) – 23,4 m. Yon to‘sinlar o‘qlari o‘rtasidagi masofa – 2,1 m. Oraliq qurilma tuzilishining to‘liq kengligi:
V=10,0+2 0,4+2 1,0+2 0,2=13,2 m.

Rasm-2.3. Massiv turdagi oraliq tayanch
Bu misolda tabiiy asosdagi oraliq tayanchlari ko‘rib chiqiladi.
Tabiiy asosda poydevorlarni yotqizish chuqurligi tuproqning ko‘tarib turuvchi qatlamining muhandislik-geologik sharoitlari va tanlanishiga qarab tayinlanadi.
Bunda poydevor tagini yotqizishning minimal chuqurliklariga qo‘yiladigan quyidagi talablar inobatga olinadi:

  • Muzlaganda ko‘pchishga moyil tuproqlarda (ya’ni qoyali, shag‘alli va yirik qumli tuproqlardan tashqari barcha holatlarda), muzlash chuqurligidan 0,25 m past;

  • Yuvilib ketishga moyil tuproqlarda – yuvilib ketgandan keyingi tuproq sathidan 2,5 m past;

  • Qoyali tuproqlarda – poydevor bosimi kattaligidan kam bo‘lmagan hisob-kitobdagi qarshilik belgisidan hisoblab 0,25 m;

  • Yuvilib ketish bo‘lmagan qoyalilardan tashqari istalgan tuproqlarda –suv oqimining kunduzgi sathi yoki tubidan 1,0 m past.

Ko‘prik tayanchlari poydevorlarning kesimi, odatda UMV dan 0,5 m pastga, qayirli tayanchlarniki esa – yuvilib ketishdan keyingi tuproq sathi darajasida joylashtiriladi (2.3-rasmga qarang).
Tayanchlar o‘lchamlarini belgilash oraliq qurilma tuzilishidan tayanchga kuch o‘tkazuvchi tayanch qismlar joylashuvi sharoitidan kelib chiqib rigel yuqorisi darajasi (ferma osti maydonchasi)dan boshlanadi.
Rigel ostidagi tayanch tanasining o‘lchami uning osilishi o‘lchamiga kamaytiriladi (2.4-rasm); osilmaning minimal o‘lchami 10 sm ga teng.
Loyihalashning zamonaviy amaliyotida konsolli rigelga ega (2,0...2,5 m li konsolli) yengil tayanchlar varianti keng tarqalgan.
Rigelning yuqori sathidan suv chiqarish uchun oqava deb ataluvchi yotiqliklar qo‘yiladi; oqova yotiqligi – 1:10. Ferma osti (tayanch qismlar joylashtiriladigan maydonchalar) balandligi oqava balandligiga teng 3...5 m qo‘shilgan holda qo‘llaniladi. Ko‘prikning harakatlanish qismidagi ko‘ndalang yotiqliga o‘zgaruvchan balandlikdagi ferma ostilarni joylashtirish orqali erishiladi.
Variantli loyihalash bosqichida (ushbu o‘quv qo‘llanmada) tayanch qismlari va ferma ostilari ko‘rsatilmagan. Oraliq qurilma tuzilishi to‘sinsi osti va tayanch rigelining yuqorisi o‘rtasidagi masofa taxminan 10 sm teng qabul qilinadi.
Ko‘prik fasad bo‘yicha rigel kengligi quyidagilarga teng (2.4-rasmga qarang)

bunda m – yon oraliq qurilmalar to‘sinlari burchaklari o‘rtasidagi tirqish (deformatsion bitishuv), m=5 sm;
n – to‘sin burchagidan tayanch qism o‘qigacha bo‘lgan masofa, 12…42 m uzunlikdagi to‘sinlar uchun, n = 30 sm;
b – hisob-kitob bilan belgilanadigan tayanch qismi o‘lchami; ushbu grafik ish uchun b = 20 sm;18deb qabul qilamiz;
s – tanyach qismidan ferma osti chetigacha bo‘lgan masofa, s =15…20 sm;
t – ferma osti chetidan oraliq qurilma tuzilishi uzunligiga qarab belgilanadigan tayanch chegaralariga bo‘lgan masofa:
‒ 30 m gacha bo‘lgan oraliq qurilmalarda – kamida 15 sm;
‒ 30 dan 100 m gacha bo‘lgan oraliq qurilmalarda – kamida 25 sm;
‒ 100 m dan yuqori oraliq qurilmalarda – kamida 35 sm;
– tayanch tanasi ustida rigel osilishi, k =10…15 sm.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling