Mavzu: Cho’zilgan temirbeton elementlarining mustahkamligini hisoblash reja
Rasm-2.4. Ferma osti maydonchasining (podfermennaya tumbochka) sxemasi
Download 0.58 Mb.
|
TEMIRBETON KO‘PRIKLARNING KONSTUKTIV ELEMENTLARI
Rasm-2.4. Ferma osti maydonchasining (podfermennaya tumbochka) sxemasi
Ko‘prik ko‘ndalangi bo‘yicha dumaloqlangan rigel uzunligi (2.4-rasmga qarang) B=Bcht+b+2c+A, Bunda Vcht – chetki to‘sinlar o‘qlari o‘rtasidagi masofa. To‘g‘riburchakli rigel uchun B=Bcht+b+2c+2×0,5, bunda 0,5 m – ferma osti chetidan ko‘prik ko‘nladangi bo‘yicha rigel chetigacha bo‘lgan minimal masofa. 2.3-rasmda ko‘rsatilgan misol uchun (to‘g‘riburchakli ko‘rinishdagi rigega ega tayanch) A=0,10+(0,30+0,10+0,15+0,10)×2=1,7 m, B=10,5+0,20+2×0,15+2×0,5=12,2 m, 0,1 o‘lchamli karnizli osilmalarda fasad bo‘yicha tayanch tanasi kengligi – 1,5 m. Ko‘prik uzunasi va ko‘ndalangi bo‘yicha poydevor zinalari yoki rostverk plitasi zinalari kengligini 0,5 m qilib qabul qilamiz (rostverk – qoziqoyoq yoki ustunsimon poydevorning yuqori qismi, 2.5-rasm). Bunda fasad bo‘yicha to‘g‘riburchakli massivlar kengligi(2.3-rasmga qarang) – 2,5 va4,0 m, ko‘prik ko‘ndalangi bo‘yicha – 9,2 va 10,2 m.UMV belgisini belgilash bo‘yicha 0,00 m, yuvilib ketgandan keyingi daryo tubi belgisi –2,0 m. Demak, poydevor tagi belgisi (–2,0) – (2,5) = –4,5 m. Tayanchning yuqorisi belgisi 7,6 m;Tayanchning to‘liq balandligi 7,6–(–4,5)=12,1 m. Oraliq tayanchda joylashtirilganda faqat bitta tayanch qismining nokesma oraliq qurilma tuzilishlarida (uning markazi bo‘yicha) rigel kengligi 1,2m gacha kamaytirilishi mumkin. Tabiiy asosga poydevorlarni yotqizishda tuproq sathidan mustaqhkam tuproqlarga uncha chuqur bo‘lmagan holda yotqizish qo‘llaniladi. Kema qatnovchi katta daryolar orqali oraliq tayanchlar odatda qoziqoyoq asoslarda loyihalashtiriladi, chunki ularga o‘zan allyuviysi (qumi)ning mustahkam qatlami mavjud bo‘ladi. (2.5-rasmga qarang). Bunda Qoziqoyoq rostverk plitasining yuqorisi (ya’ni poydevor kesmasi) odatda SEPS dan 0,5 m ga past tayinlanadi. Barcha oraliq tayanchlari rostverklari bitta belgida joylashtiriladi, chunki suvning maksimal chuqurligi tabiiy o‘zan deformatsiyalari ta’sirida istalgan oraliq tayanchlarga teng bo‘lishi mumkin. To‘sinli temir-beton ko‘priklarning qoziqoyoq poydevorlarini qurishda ko‘pincha 20x35x35sm kesishmali, 6, 8, 9, 10, 12, 14 m uzunlikdagi temir-beton qoziqoyoqlar qo‘llaniladi.Bitta tayanchga to‘g‘ri keladigan qoziqoyoqlarning zarur soni hisob-kitob bilan belgilanadi. Ko‘prik fasadi bo‘yicha bunday qoziqoyoqlar o‘qlari o‘rtasidagi minimal masofa 1,05 m ga teng. Ko‘prik ko‘ndalangi yo‘nalishidagi qoziqooyoqlar o‘qlari o‘rtasidagi masofa 1,2 m ga teng qabul qilinadi. 33, 42 m li kema qatnovi oraliq qurilmalari uchun uchqatorli qoziqoyoq rostverklar, kichik oraliq qurilmalar uchun esa - ikki qatorlilari qo‘llaniladi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling