Mavzu: chuchuk suvdagi organizmlar jamoalari reja: Suv resurslarini boshqarish tushunchasi Havzaviy rejani amalga oshirish
Download 494.34 Kb. Pdf ko'rish
|
CHUCHUK SUVDAGI ORGANIZMLAR JAMOALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Havzaviy rejaning bajarilishi monitoringini olib borish
- Suv resurslarini boshqarish
MAVZU: CHUCHUK SUVDAGI ORGANIZMLAR JAMOALARI Reja: 1. Suv resurslarini boshqarish tushunchasi 2. Havzaviy rejani amalga oshirish; 3. Havzaviy rejaning bajarilishi monitoringini olib borish. Suv resurslarini boshqarish tushunchasi ostida suv resurslarini vaqt va hududlar bo‘yicha qayta tarqatish, ekologik barqarorlik talablarini hisobga olgan holda atrof-muhit barqarorligini ta’minlash va iqtisodiyot sohalarining suv resurslariga bo‘lgan (tabiatning ekologik va jamiyatning iqtisodiy) talablarini optimal ravishda qondirish uchun suv resurslarini kerak bo‘lgan joyga, talab etilgan miqdor va sifat bilan zarur bo‘lgan vaqtida yetkazish tushuniladi. Yana ham qisqaroq qilib, suv resurslarini boshqarishni suv resurslarining vaqt va makonda tabiiy tarqalishi hamda sifat ko‘rsatkichlari rejimini iste’molchilarning talablariga moslashtirish jarayoni deb talqin etilishi mumkin. Ko‘pincha suv resurslarini boshqarish – bu suvni imkon darajasida kerakli vaqtda va kerakli miqdorda kerakli nuqtaga yetkazishdan iborat, degan sodda tushunchaga duch kelamiz. Ammo suv resurslari hamda ularga bo‘lgan talablarning shakllanishida bo‘ladigan tabiiy va antropogen, tashqi va ichki omillar ta’siri oqibatida dunyoda shakllanayotgan tendensiyalarni inobatga oladigan bo‘lsak, hozirgi davrda suv resurslarini boshqarish ancha murakkab jarayondir. Shunday qilib, “Suv resurslarini boshqarish” – tabiat va jamiyatning zaruriy sifatdagi va miqdordagi suvga bo‘lgan ehtiyojlarini doimiy tarzda, barcha vaqt davrlari (operativ, yillik, ko‘p yillik va istiqbolli) bo‘yicha ta’minlashi lozim. Boshqacha qilib aytganda, suv resurslarini boshqarish suv resurslari va suvga bo‘lgan talablar o‘rtasidagi doimiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Mazkur muvozanat yuzaki qaraganda juda sodda va chuqurroq qaraganda juda murakkab bo‘lishi mumkin. Ushbu murakkab 16 Salohiddinov A.T., Ashirova O.A. tizimda quyidagilarni alohida ajratib ta’kidlash mumkin: • tabiiy suv resurslari (yog‘inlar, yer usti va yer osti suvlari oqimlari) hamda insoniyatning antropogen ta’sirlari ostida vujudga keluvchi qaytuvchi suvlar. Mazkur resurslar iqlimning o‘zgarishi oqibati ta’sirida o‘zgarishi mumkin; Ko‘pincha suv resurslarini boshqarish – bu suvni imkon darajasida kerakli vaqtda va kerakli miqdorda kerakli nuqtaga yetkazishdan iborat, degan sodda tushunchaga duch kelamiz. Ammo suv resurslari hamda ularga bo‘lgan talablarning shakllanishida bo‘ladigan tabiiy va antropogen, tashqi va ichki omillar ta’siri oqibatida dunyoda shakllanayotgan tendensiyalarni inobatga oladigan bo‘lsak, hozirgi davrda suv resurslarini boshqarish ancha murakkab jarayondir. Havzaviy rejani ishlab chiqish bosqichida moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish mumkin. Shu asnoda, ekspert baholashlar havzaviy tashkilotlarning a’zolari tomonidan bajarilishi mumkin va bunda qo‘shimcha xarajatlar talab qilinmaydi. Ayrim zaruriy ma’lumotlar havzada joylashgan va hududni barqaror rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan turli xil tuzilmalar tomonidan ham taqdim qilinishi mumkin. Reja matni havzaviy tashkilotlar a’zolarining tashabbuskor guruhi, shuningdek, ko‘ngillilar tomonidan ham yozilishi mumkin. Shu asnoda, rejani ishlab chiqish bosqichida ham moliyaviy xarajatlar birmuncha qisqartirilib, asosan birgalikdagi uchrashuvlarni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mazkur bosqich, shuningdek, davlat dasturi yoki korporativ ijtimoiy biznes mas’ulligi asosidagi investitsiyani jalb etish imkoniyatini beradi. Rejaning alohida tadbirlarini amalga oshirish uchun donorlik mablag‘larini jalb qilish mumkin. Moliyaviy mablag‘larni jalb etishning turli mexanizmlari mavjud. Havzaviy reja bajarilishini monitoring qilish va baholash bosqichida ham havzaviy tashkilotlar a’zolari yoki jamoatchilik kuchi bilan katta xarajatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tadbirlar mavjud. Ma’lum idoralar yo‘nalishi bo‘yicha bajariladigan 200 Salohiddinov A.T., Ashirova O.A. tadbirlarning davlat monitoringi ham o‘z mablag‘iga ega bo‘ladi. Document Outline
Download 494.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling