Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida wan tarmoqlarini loyihalash. Statik
Download 175 Kb.
|
2amaliy ish
Qisqacha nazariy ma’lumot.
Faqat kommutatorlar yordamida katta kompyuter tarmoqlarini qurishdagi asosiy to‘siq tarmoqqa ulangan qurilmalarning soni oshishi bilan birgalikda keng uzatishli trafik hajmining tez suratda o‘sishi hisoblanadi, demak bunday tarmoqlar yagona keng uzatishli domenni o‘zida aks ettiradi. Ushbu muammoni yechish uchun tarmoqni tarmoq ostilariga bo‘lish va ularni yagona tarmoqqa marshrurtizatorlar yordamida birlashtirish kerak. Marshrutizator ko‘p vazifali qurilmani o‘zida nomoyon etadi, uning vazifalariga marshrutlash jadvalini shakllantirish, marshrutni aniqlash, buferlash, o‘tkazilayotgan paketlarni fragmentlash va filtrlash, tarmoq interfeyslarini qo‘llabquvvatlash kiradi. Marshrutizator OSI modelining tarmoq sathidagi bog‘lanishlarni ta’minlaydi. Marshrutizatorlar bir xil yoki ma’lumot uzatish muhitlari turli xil bo‘lgan kompyuter tarmoqlarini bog‘lash imkonini beradi. Amaliy mashg‘ulotni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma Laboratoriya ishini bajarishdagi asosiy vazifalar: 4.1. Marshrutizator parametrlarini model oynasida sozlash. 4.2. Amaliy mashg‘ulotning bajarilishi 4.1. Marshrutizator parametrlarini model oynasida sozlash. Kompyuter tarmog‘ining oddiy modelini yaratish uchun marshrutizator portlari ishining ba’zi parametrlarni sozlash talab etiladi. Ushbu holatda Cisco Packet Tracer Cisco IOS operatsion tizimi buyruqlaridan foydalanmasdan, marshrutizator modeli oynasidagi Config bo‘limidan foydalanib portlarni soddalashtirilgan rejimda sozlashga o‘tish imkonini beradi. Ammo, eslatib o‘tish joizki, sozlashlarning bunday usulidan faqat modellarda foydalanish mumkin, real qurilmalarda esa parametrlarni sozlash faqat Cisco IOS bilan amalga oshiriladi. 4.1.1. Marshrutizatorli tarmoq modeli Misol sifatida, ketma-ket aloqa kanaliga ulangan ikki marshrutizatordan iborat tarmoqni ko‘ramiz (4.1-rasm).4.1-rasm. Ikki marshrutizator va ikki kompyuterdan iborat Download 175 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling