Mavzu: cmy vacmyk modellari
Download 29.42 Kb.
|
4-kun 2
Mavzu:CMY vaCMYK modellari CMY modeli. Ushbu model ranglarning yutilish (ayirish) prinsipini amalga oshiriladigan qurilmalarda tasvir hosil qilishda rangni ifodalash uchun qo`llaniladi. Bu prinsip eng avvalo qog'ozga chop qiluvchi qurilmalarda qo`llaniladi. Ushbu modelning atalishi asosiy subtraktiv ranglar — havorang (Cyan), qirmizi (Magenta) va sariq (Yellow)ranglar nomidan tuzilgan. Oq qog‘ozga sariq bo‘yoqning surtilishi qaytgan ko‘k nurning yutilishini bildiradi. Havorang bo‘yoq qizil nurni, qirmizi bo'yoq yashil rangni yutadi. Bo'yoqlar aralashmasi yashil, qizil, ko‘k va qora ranglarning qoplanishini ta’minlaydi.Amalda, bo'yoqlarning idéal emasligi bilan bog‘liq holda, qora rangni ranglarni aralashtirish bilan hosil qilish qiyin. Shuning uchun printerlarda yana qora rang (black) ham ishlatiladi. Unda model CMY B deb ataladi.(CMYK (BlacK yoki Key color)).Shuni ham ta'kidlash lozimki, har qanday bo'yoq ham yuqorida ko'rsatilgan CMY ranglari ayirmasini ta’minlayvermaydi. Rangli bosmaga chiqaruvchi qurilmalarda CMY (cyan-moviy, xavorang; magenta-pushti, malinovy; yellow-sariq) rang modeli tez-tez ishlatiladi. Moviy, pushti va sarik asosiy ranglar qizil,yashil va ko`k ranglarni to`ldiruvchi bo`ladilar. CMY rang modeli-subtraktiv, ya`ni biror kerakli bo`lgan rangni hosil qilish uchun asosiy ranglar oq rangdan ayriladi.Moviy rang qog`ozga tushirilayotgan qizil rang to`liq yutiladi, ya`ni moviy rang tushayotgan oq rangdan (qizil, yashil va ko`k ranglarning yig`indisi) qizil rangni ayirib tashlaydi. Pushti rang yashil rangni yutadi, sariq rang esa – ko`k rangni. Moviy va sariq ranglar bilan bo`yalgan sirt qizil va ko`k ranglarni yutib faqat yashil rangni qoldiradi. Moviy, sariq va pushti ranglar qizil, yashil va ko`k ranglarni yutib natijada qora rangni qoldiradi. Ayrim sabablarga ko`ra qora rangni hosil qilish uchun uchta asosiy ranglardan foydalanish noqulay. Download 29.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling