Mavzu: corel draw dasturida ishlash


Download 0.58 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1545644
Bog'liq
Kom grafikasi 1-LI


Xamidullo Onarbayev 311



1-LABARATORIYA ISHI
Mavzu: COREL DRAW dasturida ishlash
ISHNING MAQSADI: COREL DRAW dasturida O’zbekiston Respublikasi davlar bayrog‘ini chizish
COREL DRAW interfeysi:
Corel Draw dasturining asosiy texnologik prinsipi - bu obyektlar bilan ishlash. Obyekt deb-ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi tushunchaga aytiladi. Foydalanuvchi obyektlar ishlash jarayonida ular ustida har ishlarni bajarishga to`gri keladi.



 Obyektlar ustida esa yana murakkabroq faqat Corel Draw dasturiga xos ishlarni bajarish mumkin. Bu ishlarni bajarish jarayonida menyudan, klaviaturadan, sichqonchadan, «Uskunalar paneli»dan foydalanish mumkin. Foydalanuvchi o`zi tanlaydi qaysi usuldan unga foydalanish qulay.
Biz ham faqat ayrim, ommabop usullarini sanab ko`rsatib o`tamiz. Corel Draw dasturida obyektlar yaratish uchun, yuqorida aytib o`tganimizdek, oynaning o`ng qismida joylashgan «Uskunalar paneli» foydalaniladi.

COREL DRAW ish stoli: Dastur oynasining markazida varaq rasmi joylashgan, u ishchi soha deb yuritiladi. Ishchi sohada va undan tashqarida tasvir chizish imkoniyati mavjud, biroq chop qilinayotganda faqat ishchi sohada chizilgan tasvir chiqariladi. Ranglarni boshqarish uchun oynaning o’ng qismida joylashgan ranglar majmua­sidan foydalaniladi. Holat satrida esa muharrir bilan ishlashni engillashti­ruv­chi turli xildagi ma`lumotlar hosil bo’ladi. Tasvir chizishda qo’llaniladigan asosiy vositalar uskunalar panelida joylashgan. Unda joylashgan tugmalar muharrirda bajariluvchi amallarni tez bajarilishini ta`minlaydi. Xususan, Property Bar (Xususiyatlar paneli) alohida ajralib turadi. Undagi tugmalar bajarayotgan amallaringizga bog’liq holda paydo bo’ladi yoki ko’rinmaydi. Xohlagan paytda joriy holatga mos bo’lgan tugmaning xususiyatlarini uskunalar pane­li­da topishingiz va ishchi oynaning xohlagan tomonida joylashtirish mumkin. Shu bilan birga menyu satrining ham o’rnini o’zgartirish imkoniyati mavjud. Uskunalar panelining bo’sh qismida sichqoncha­ning o’ng tugmasini bosing, natijada yordamchi menyu (kontekst) paydo bo’ladi (3-rasm.). Yordamchi oynadagi o’rnatilgan bayroqcha orqali uskunalar panel­i­da qaysi bo’limlar joylashtirilganligini ko’rsatadi.



O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i






COREL DRAW- vektorli grafikaning WINDOWS operatsion sistemasida ishlaydigan yangi grafiklar yaratish va tahrir qiluvchi dasturidir. Uning yordamida turli grafik ko’rinishlarni loyihalash, fotomatn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy ko’rinishdagi kompazisiyalarni tahrir qilish bilan bog’liq amallarni bajarish mumkin.

NATIJA:



Har xil ta`lim usullarini qo`llash natijasida dasturni o`rganish samaradorligi oshadi, talabada bilish va tadqiqiy kompotensiyalar shakllanadi, u tahlil qilish, egallagan bilimlarni tuzilmalarga ajratish, o`z ijodiy loyihasini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlarni qidirishni o`rganadi.

Corel Draw vektorli grafika dasturini o`rganish jarayonida talaba faqat grafik muharrir bilan ishlash ko`nikmalariga ega bo`lib qolmay, balki u ijodiy tomondan, kasbiy tomondan, shaxsiy tomondan ham yuksaladi. Buning natijasida harqanday yangi vaziyatlarga moslasha oladigan har tomonlama yetuk shaxs shakllanadi.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling