„Kitobi dadam qoʻrqutK“ning ikki qoʻlyozmasi bizgacha yetib kelgan. Ular Drezden va Vatikan kutubxonalarida saqlanadi. Bu qoʻlyozmalarni olimlar 19-asrdan boshlab oʻrganib keladilar. Uni rus tiliga dastlab V.V. Bartold tarjima qildi va 1894—1904-yillarda 1—3 va 5-dostonlarini asl nusxa bilan birgalikda nashr etdi (1962-yilda toʻla ravishda nashr etildi). Turkiyada dastlab Kilisli Muallif Rifat 1916-yilda toʻla ravishda nashr etdi. Undan keyin Oʻrxon Shoyiq Koʻkyoy, Muharram Ergin nashrlari yuzaga keldi. Ozarbayjonda ham 1939-yildan beri muntazam ravishda nashr etilib, oʻrganilib kelinadi. Oʻzbekistonda esa 1939-yilda Hodi Zarif kitob tarkibidagi uchinchi doston „Bamsi Bayrak“ni „Oʻzbek folklori“ majmuasida nashr etgan, xolos. „Kitobi dadam qoʻrqutQ.“ dunyo miqyosida keng oʻrganilib kelinayotgan, oʻgʻoʻz va boshqa turkiy xalqlar tarixi, folklori, etnografiyasini oʻrganishda katta ahamiyatga ega asarlardan biridir. Dada Qoʻrqud dostonining bir qator boʻylarida mifologik dunyoqarash izlariga duch kelishimiz mumkin. Masalan, „Dali Doʻmrul“ dostonida oʻlim eʼtiqodining eski qoldiqlari va buning doston qogʻozga tushirilgan davrdagi diniy qarashlarga koʻra maʼno berilishi oʻziga joy topgan. Bu yerdagi Azroil obrazi dostonning bir qancha boshqa boʻylarida boʻlganidek, asarga Islom qabul qilinishidan keyin kiritilgan va eposning umumiy ruhiga moslashtirilgan. Bu jihatiga koʻra ushbu boʻy oʻlib-tiriluvchi tangrilar haqida qadimiy shumer, bobil, misr afsona va miflari bilan joy almashadi. Dada Qoʻrqud boʻylarining asosiy mohiyatini yurt va xalqning himoyalanishi, xayr kuchlarini tamsil etuvchi qadimiy oʻgʻuzlarning yot elli ishgʻolchilarga — yomon kuchlarga qarshi hayot-mamot jangini oʻz ahamiyatini hozirgacha yoʻqotmagan bir qancha axloqiy-didaktik qarashlar tashkil etadi. Oʻtgan asrning 50-yillarida sovet totalitar rejimining ideologik bosimi ostida „Dada Qoʻrqud“ eposi milliy adovatni qoʻzgʻatuvchi adabiy manba sifatida taqiqlangan, faqat 60-yillar boshlarida „oqlangan“ edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |