Mavzu: Dalolatnoma. Ma'lumotnoma turlari Majlis bayoni. Hisobot Xizmat yozishmalari Xatlar Bayonnomalarning turlari. Hisobot turlari. O'quv amaliyoti hisoboti. Xizmat xatlarining turlari. So'rov xati. Iltimos xati


Download 52 Kb.
bet2/15
Sana05.05.2023
Hajmi52 Kb.
#1427838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Dalolatnoma

Qonuniy aktlar


Qonunda nazarda tutilgan tartibda tuzilgan hamda muayyan yuridik oqibatlarni yuzaga keltiruvchi turli xil boshqa hujjatlar ham dalolatnoma hisoblanadi. Ular muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bogʻliq biron-bir boʻlib oʻtgan (sodir boʻlgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuziladi. Bunday dalolatnomalar deyarli barcha hollarda pul mablagʻlari va moddiy boyliklarga bogʻliq boʻladi, binobarin ular koʻproq tadbirkorlik, moliya-xoʻjalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qoʻllanadi.
Ular:

  • tegishli taftish oʻtkazilgandan keyin,

  • rahbarlik almashinayotganda,

  • moddiy boyliklarni bir xususiy yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga oʻtkazishda,

  • qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin,

  • mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan oʻtkazish chogʻida,

  • qimmatdor buyumlarni hisobdan oʻtkazish yoki hisobdan chiqarishda,

  • tovarlarni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilib olishda,

  • baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda,

  • sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida,

  • xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini oʻrganishda va boshqa hollarda tuziladi.



Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Tasnifnomada mutlaqo bir xil guruhlantirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlantirish mumkin. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar quyidagicha tasniflanadi:
2. Mazmuniga ko‘ra sodda va murakkab hujjatlar farqlanadi:
Sodda hujjat – bir masalani o‘z ichiga oladigan hujjatdir. Bularga ariza, e’lon, tilxat, kafolatxativa boshqalar kiradi.
Murakkab hujjat – bir necha masalani o‘z ichiga olgan hujjatdir. Bularga shartnomalar ma’lumotnoma, rejalashtirilgan hisobot hujjatlari va boshqalar kiradi.
3. Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy, qolipli hujjatlar farqlanadi.

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling