Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi
Download 1.03 Mb.
|
8-sinf Kimyo 2017
Yangi darsning bayoni.
Elektronlar yadro atrofida ma’lum shakldagi bulutlarni hosil qilib pog‘onachalarda taqsimlanadi. Elektronlarning pog‘onachalarda taqsimlanishi ularning energiya miqdorlariga bog‘liqdir, ya’ni qanchalik elektron yadroga yaqin bo‘lsa, uning energiya miqdori shunchalik kichik qiymatga ega bo‘ladi. Elektronlar minimal energiyaga muvofiq keladigan holatni olishga intiladi. Pauli prinsipiga mos holda yadro atrofida joylashadi. Oldingi mavzulardan sizga ma’lumki, har qaysi elektron qavatda joylanishi mumkin bo‘lgan elektronlar soni N=2n2 formula bilan aniqlanadi. Birinchi yoki K qavat atom yadrosiga eng yaqin elektron qavat bo‘lib, n=1 bo‘ladi, bunga ko‘ra N=2∙12=2 ta elektron harakatlanadi. Ikkinchi elektron qavatda 8 ta, uchinchi elektron qavatda 18 ta, to‘rtinchi elektron qavatda esa 32 ta elektron joylasha oladi. Barcha elementlar (I-davr elementlaridan tashqari) atomlarining tashqi elektron qavatlarida 8 tadan ortiq elektron bo‘lmaydi. Inert gazlarning (geliydan tashqari) tashqi qavatlari 8 ta elektron bilan to‘lgan. Shuning uchun ham bu gazlar kimyoviy jihatdan barqaror. D.I.Mendeleyev davriy jadvalida bosh guruhcha elementlarining tashqi energetik qavatida elektronlar soni guruh raqamiga teng bo‘ladi. Qo‘shimcha (yonaki) guruhcha elementlarining tashqi qavatidagi elektronlar soni 2 tadan oshmaydi. Bir elementdan ikkinchi elementga o‘tish vaqtida qo‘shilayotgan elektronlar tashqi qavatdan oldingi qavatga qo‘shiladi. Bunda ns2 · np6 bilan to‘lib turgan bo‘ladi, elektronlar esa nd pog‘onachani egallab boradi. Marganes atomining tuzilishi quyidagicha: Mn(+25) 2, 8, 13, 2. elekt ron formulasi esa quyidagicha 1s2 · 2s2 · 2p6 · 3s2 · 3p6 · 3d5 · 4s2. Pauli prinsipiga binoan har qanday atomda barcha kvant soni bir xil bo‘lgan ikkita elektron bo‘lishi mumkin emas. Demak, har bir orbitalda uchta kvant son-n, l, m (bosh kvant son, orbital kvant son, magnit kvant son) qiymatlari bir xil bo‘lishi mumkin, ammo spin kvant soni (s) farq qiladi, ya’ni qarama-qarshi spinli ↑↓ elektronlar bo‘ladi. Pog‘onachalarda elektronlarni to‘lib borishi V.M.Klechkovskiy (1900-1972) qoidasiga asosan aniqlanadi. Bunga ko‘ra elektronlar quyidagi tartib da elektron pog‘onachalarni to‘ldirib boradi. 1s2 → 2s2 → 2p6 → 3s2 → 3p6 → 4 s2 → 3d10 → 4p6 → 5s2 → 4d10 → 5p6 → 6s2 → 4f14 → 5d10 → 6p6 → 7s2 → 5f 14 → 6d10 → Elektron pog‘onachalardagi yacheykalarga elektronlarni to‘lib boorish tartibi Xund qoidasiga amal qiladi. Elektronlar avval yacheykalarni toq holatda to‘ldiradi. Masalan, 2p yacheykalarni har birini toq elektronlar egallab bo‘lgan, qo‘shilayotgan elektronlar toq elektronlarni juftlab boradi. 2p-energetik pog‘onacha oltita elektron bilan to‘ldi. Navbatdagi electron esa Klechkovskiy qoidasiga binoan 3s energetik pog‘onachaga o‘tadi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling