Mavzu: Davlat bayrog’i qalbimizda


Download 17.44 Kb.
Sana11.01.2020
Hajmi17.44 Kb.


Mavzu: Davlat bayrog’i qalbimizda.

Dunyoda shunday narsalar borki, ular uchun jon olib–jon beradilar, muqaddas bilib, kuzga surtadilar. Davlat bayrog’i ana shunday ramzlardan biri, davlat suverenitetining muhim belgisidir.

O’zbekistonning Davlat bayrog’i 1991 yil 18 noyabrdan boshlab Vatanimizni jahon xamjamiyatida namoyish etib kelmoqda. Shu kundan e’tiboran yurt farzandlari bu bayroq poyida tiz cho’kib, to jonim bor ekan, Vatanimni, uning timsoli bo’lgan bayrog’imni himoya qilaman, deb kasamyod etadilar.

…Vatan ximoyasi uchun harbiy xizmatga chaqirilgan ug’lonlarimizning xarbiy kasamyod marosimini kuzatganmisiz? Maktabga ilk bor qadam qo’yayotgan jajji bolajonlarning qo’lida bayrokchani xilpiratgancha sinfga kirib kelishlarini-chi? Bunday pallalarda qalb tug’yonga kelib, ko’zlaringda quvonch yoshlari miltillaydi. Shu yurt, shu muqaddas zamin farzandi ekanligingdan faxru g’ururing yanada yuksaladi.

Ayniqsa, Vatanimiz bayrog’i dunyoning eng yuksak minbarlarida mag’rur xilpirayotganini ko’rgan lahzalarda shu bayroq xaqqi Ona-Vatan uchun, uning tinchligi, istiqboli uchun joningni-da qurbon qilishga tayyorligingni xis qilasan.

1992 yil 2 mart kuni O’zbekiston mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo’lib, bayrog’imiz uning peshtoqida xilpiray boshlagan kun barcha vatandoshlarimiz ko’nglida ana shunday tuyg’ular to’lib-toshdi.

Prezidentimiz Islom Karimov BMT minbarida mustaqil O’zbekiston Davlat bayrog’i ostida nutq so’zlagan 1993 yilning oktabrida ham shu xisni tuyganmiz.Eng nufuzli sport musobaqalari – Olimpiya o’yinlarida yurtdoshlarimiz g’alabasi sha’niga bayrog’imiz sarbaland bo’lgan kunlarni eslaylik!Ayniqsa, o’zbek ug’loni Rustam Kosimjonov bundan to’rt yarim yil muqaddam olis Tripolida g’olib chiqib, shaxmat tojini Uzbekistonga olib kelib, olamni xayratu xavasga solgan kunni aytmaysizmi?!

Mustaqil O’zbekiston Prezidenti rahnamoligida tinchlik, xamkorlik va o’zaro tenglik tamoyiliga asoslangan tashqi siyosatga og’ishmay amal qilib kelmoqda. Ichki siyosatda ijtimoiy adolat va konun ustuvorligi bosh maqsad etib belgilangan.

Bayrogimizga diqqat bilan razm solsak, unda millatimizning o’zligi aks etganligini ko’ramiz.

Moviy rang – musaffo osmon va obihayot ramzi bo’lib, yaxshilikni, donishmandlik, halollik, shon-shuhrat va sadoqat, oq rang – tinchlik, poklik, beg’uborlik, soflik, ezgu orzu va umidlar timsolidir. Tabiatning yangilanishi ramzi yashil rangda aks etgan bo’lib, u navqironlik, umid va shodumonlikdan nishona.


Qizil chiziqlar – har bir tirik vujudda jo’shib oqayotgan xayotiy kudrat irmoqlarini ifodalaydi.

“O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’grisida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunida bayrog’imizning qaerlarda va qanday ko’tarilishi qat’iy belgilab qo’yilgan.

Inson qo’li bilan yaratilgan narsalardan faqat bayroq qarshisidagina tiz cho’qiladi. Bu bilan bayroq timsolida o’sha xalqqa, davlatga ehtirom ko’rsatiladi. Hech bir rasmiy tadbir davlat bayrog’isiz boshlanmaydi. Xatto musobaqalarda ishtirok etayotgan sportchi ham bayroq ostida g’oliblik uchun kurash olib boradi. Ochik ummonda suzayotgan kema yohud bepoyon samoda parvoz etayotgan havo laynerida ham albatta muayyan davlat bayrog’ining tasviri tushirilgan bo’ladi.

Respublikamizda davlat ramzlari qonun bilan muhofaza qilinadi. 1994-yilning 22-sentyabrida tasdiqlangan va 1995-yil 1-aprelidan kuchga kiritilgan Jinoyat Kodeksining 215-moddasiga ko’ra davlat ramzlariga xurmatsizlik qilish boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat deb ta’riflanib, unga jazo belgilangan.



Yer yuzida millat va elatlar, xalqlar va davlatlar ko’p. Hammasi o’z bayrog’iga ega va uni qadrlaydi. Lekin dunyoda O’zbekiston bitta. Uning bayrog’i ham yagona. Biz, ana shu bayroq ostida davlatimiz rahbari belgilab bergan ulug’ maqsadlar – yorug’ kelajagimiz sari bormoqdamiz.

Bizni yagona davlat, bir xalq sifatida birlashtirib turgan bunday ramzlar hamisha azizu mukarramdir.
Download 17.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling