Mavzu: «davlat boji» axborot tizimi. Reja «Davlat boji»


«Davlat boji» axborot tizimidan olinadigan ma’lumotlar


Download 23.29 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi23.29 Kb.
#1604246
1   2   3   4
Bog'liq
«DAVLAT BOJI» AXBOROT TIZIMI.

«Davlat boji» axborot tizimidan olinadigan ma’lumotlar
«Soliq inspektorining ish joyi-4» dasturiy mahsulotida respublika, viloyat va tuman (shahar)lar pog‘onasida quyidagi ma’lumotlarning hisobot shakli «Microsoft Excelga» (*.xls) chiqarilishini yo‘lga qo‘yishda, jumladan:
Davlat boji undiruvchi vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan elektron hisobotlarga asosan undirilgan va budjetga o‘tkazilgan davlat boji summalari to‘g‘risida hududlar kesimida 20___ yil _________ holatiga MA’LUMOT (1-ilova) (viloyat va tuman (shahar) lar kesimida);
Davlat boji undiruvchi vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan elektron hisobotlarga asosan undirilgan va budjetga o‘tkazilgan davlat boji so‘mmalari to‘g‘risida vazirlik va idoralar kesimida 20___ yil ________ holatiga MA’LUMOT (ilova-2) (vakolatli organlar kesimida);
Davlat boji undiruvchi vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan elektron hisobotlarga asosan undirilgan va budjetga o‘tkazilgan davlat boji summalari to‘g‘risida to‘lov turlari kesimida 20__ yil ________ holatiga MA’LUMOT (ilova-2) (vakolatli organlar kesimida);
Davlat soliq xizmati organlariga davlat boji tushumlari bo‘yicha elektron shaklda taqdim etgan davlat organlari va tashkilotlari soni to‘g‘risida 20__ yil ________ holatiga MA’LUMOT (ilova-3).


«Davlat boji» axborot tizimi algoritmi va shartlari.
Davlat boji bo‘yicha elektron soliq hisobini jo‘natish, qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha interaktiv davlat xizmatlari Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy web portali orqali quyidagi ko‘rinishda amalga oshiriladi:
Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy web portalida vakolatli organlarga dialog tartibida o‘zbek, rus va ingiliz tillarida soliq hisobini elektron ko‘rinishda shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
Elektron shaklda shakllantirilgan soliq hisobotining himoyasini ta’minlash maqsadida kritografiya himoya vositalari qo‘llaniladi. Soliq hisoboti soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanib, soliq idoralariga yuboriladi.
Elektron shakldagi soliq hisobotini Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy web portali orqali jo‘natilib, soliq hisobotini joylashgan joyidagi davlat soliq inspeksiyasining elektron manziliga kelib tushgan bekor qilib bo‘lmaydigan vaqt soliq hisobotini taqdim etish sanasi va vaqti hisoblanadi.
Elektron shakldagi soliq hisobotini qabul qilib olish vaqtida, Davlat soliq qo‘mitasining dasturiy- apparat vositalari mazkur ma’lumot qabul qilib olinganligi, qabul qilib olingan sanasi va vaqtini ko‘rsatgan holda avtomatik tarzda tasdiqlanishini ta’minlaydi.
Elektron soliq hisobotini qabul qiluvchi Kameral nazorat bo‘limining vakolatli organlaridan qabul qilingan ma’lumotda quyidagilarning mavjudligini tekshiradilar:
hisobotlar shakllarining to‘liqligini ;
hisobotdagi vakolatli organlarning elektron raqamli imzosining mavjudligini (elektron hujjat imzolanayotgan paytda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilib turganligi ham tekshiriladi) ;
hisobotning barcha majburiy rekvizitlari (vakolatli organning idenfikatsion raqami, yuridik manzili, sanalar va shu kabilarni) to‘ldirilganligini ;
hisobot shakllarida nazarda tutilgan barcha ko‘rsatkichlarni to‘ldirishni, agarda mavjud bo‘lmagan holda qator yoki ustiga «x» belgisi qo‘yilganligini.
Hisobotga doir ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda taaluqli kompyuter dasturi orqali quyidagi hisoblangan davlat boji so‘mmalari ko‘rsatkichlari yozuvlarini shaxsiy kartochkaga o‘tkazish va budjet bilan o‘zaro hisob-kitoblariga ko‘ra operatorni taqqoslanishini amalga oshirish uchun Soliq, boshqa majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish va ma’lumotlar bazasini xizmat ko‘rsatish bo‘limiga topshiriladi.
Shundan keyin budjet bilan hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlar ko‘chirilib, soliq qo‘mitasining shaxsiy kartochkalariga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kompyuterdan chiqarilib, belgilangan tartibda hisobotlarni qabul qilish bo‘yicha mas’ul xodimga topshiriladi.
Elektron shakldagi hisobot qabul qilinganligi haqida Davlat soliq inspeksiyasining mansabdor shaxslar tomonidan elektron raqamli imzo qo‘yiladi va imzolangan ma’lumot soliq to‘lovchiga qaytariladi.
Taqdim etilgan elektron soliq hisobotlaridagi ma’lumotlar belgilangan talablarga muvofiq kelmagan taqdirda Davlat soliq inspeksiyasi xodimlar tomonidan, Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda « hisobotga doir mulohazalar » tayyorlanib, mazkur dasturiy mahsul orrqali Soliq inspeksiyasining manssabdor shaxsi tomonidan elektron raqamli imzo qo‘yilib, qayta ishlash uchun vakolatli organga qaytariladi. Bildirilgan mulohazalarni hisobga olgan holda takrora ishlab chiqilgan elektron soliq hisoboti Davlat soliq xizmati idorasiga belgilangan tartibda qayta taqdim etiladi.
Elektron shaklda taqdim etilgan soliq hisobotiga doir ma’lumotlar maxsus ajratilgan kompyuterlarda saqlanadi.
Elektron shakldagi hisobotlarni jo‘natish, qabul qilishva qayta ishlash davomida vakolatli organlar va Soliq idoralari tomonidan Adliya vazirligida 2007 yil 13-avgustda 1702-son bilan ro‘yxatga olingan «Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini elektron shaklda taqdim etishda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari uchun Yo‘riqnoma»ga asosan axborot xavfsizligini ta’minlashi lozim.
Ma’lumotlar olish bo‘yicha kutish vaqti Internet tarmog‘i va kompyuter uskunalarini texnik ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Elektron ko‘rinishda shakllantirilgan hisobotlarni soliq idoralariga yuborish va ularni qabul qilish bo‘yicha xizmatlar bepul hisoblanadi.



Download 23.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling