Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet51/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Birinchidan, ma’muriy huquq normalarini qo‘llash davlat boshqaruvi subyektlarining hokimiyat vakolatini amalga oshirishborasidagi faoliyati bo‘lib, uning vositasida jamiyat hayoti ijtimoiy munosabatlarning turli subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning aniq tashkiliy asoslarini belgilash yo‘li bilan tartibga solinadi.
Ikkinchidan, huquqni qo‘llash doim aniq huquqiy munosabatlar doirasida amalga oshiriladi. «Huquqni qo‘llashga doir munosabatlar» deb ataladigan bu huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquqiy holati turlicha bo‘ladi. Mazkur munosabatlarda huquqni qo‘llashning davlat-hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan
subyekti ayniqsa faol rol o‘ynaydi.
Uchinchidan, huquqni qo‘llash borasidagi faoliyat doimo qonun bilan belgilangan alohida shakllarda amalga oshiriladi.
To‘rtinchidan, huquqni qo‘llash doim uning subyekti tomonidan amalga oshiriladigan individual-huquqiy hujjat (huquqni qo‘llashga doir hujjat) qabul qilish orqali ro‘yobga chiqariladi. Qonuniylik, adolatlilik va maqsadga muvofiqlik ma’muriy huquq normalarini qo‘llashning asosiy talablaridir. Ma’muriy-huquqiy normalarni amalga oshirishda ko‘rsatilgan munosabatlarning barcha subyektlari o‘z ma’muriy-huquqiy maqomiga muvofiq ishtirok etadi. Huquq manbai deganda huquq normalarini ifoda etish, rasmiylashtirish va mustahkamlash shakli tushuniladi. Bu yerda dialektika nuqtai nazaridan huquq normasi — mazmunni,
normativ-huquqiy hujjat (qonun, farmon, qaror va boshqalar) — shaklni aks ettiradi. Yuridik adabiyotlarda huquq shakli bilan huquq manbai sinonim tushunchalar sifatida talqin etiladi. Shundan kelib chiqib, ma’muriy huquq manbalari deganda ma’muriy-huquqiy normalarni aks ettirishning tashqi shakli tushuniladi. Amalda turli davlat organlarining bunday huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan yuridik hujjatlari, ya’ni normativ-huquqiy hujjatlar nazarda tutiladi.
Ma’muriy-huquqiy normalarning rang-barangligi ular aks ettirilgan va ifodalangan manbalarning turli-tumanligini hamnazarda tutadi. Ma’muriy huquq manbalari (shakllari) jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Aksariyat normalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy-huquqiy yo‘nalishga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Bu, masalan, ro‘yobga chiqarish asosan davlat boshqaruvi sohasida amalga oshiriladigan fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini mustahkamlovchi (21, 24-25, 27, 30-
36-moddalar); davlat organlarining vakolatlarini belgilovchi (68-
73, 78-80, 93, 99-105-moddalar) konstitutsiyaviy normalar. Konstitutsiyaga ijro etuvchi hokimiyat faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar kiritilgan. Ular jumlasiga, xususan, O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyat tizimini belgilovchi 98, 99-102-moddalarning normalari,
shuningdek ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirish tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining maqomi, uning funksiyalari va vakolatlarini, ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari, boshqa davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari tartibini belgilovchi normalari kiradi.
2. O‘zbekiston Respublikasining, shuningdek Qoraqalpog‘iston
Respublikasining qonunchilik hujjatlari. Bu yerda konstitutsiyaviy qonunlar va qonunlar ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Ma’muriy huquqning mazkur manbalari orasida «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonunni, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni, davlat boshqaruvi masalalariga doir boshqa bir qator qonunlarni qayd etish mumkin.
Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining maqomi, tarkibi va uni shakllantirish tartibini, Hukumatning vakolatlarini, uning faoliyatini tashkil etish masalalarini, Hukumat va davlat hokimiyati organlarining o‘zaro munosabatlarini, Vazirlar
Mahkamasining faoliyatini ta’minlash masalalarini o‘z ichiga oladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning vazifalariga inson va jamiyat farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlash, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning o‘z vaqtida va obyektivko‘rib chiqilishi, shuningdek bunday huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalash kiradi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi qanday harakat yoki harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik
hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanday ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi. Ma’muriy-huquqiy normalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat organlarining qonunchilik hujjatlarida ham o‘z ifodasini
topishi mumkin.
3. Ma’muriy huquq manbalari orasida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining normativ farmonlari ayniqsa muhim rol o‘ynaydi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94- moddasida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qonun osti hujjatlarning yuqori cho‘qqisida turadi. Prezident farmonlari normativ va individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Farmonlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq va ular ijrosi yuzasidan chiqariladi. Prezidentning davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi figura sifatida davlat
mexanizmida tutgan qat’iy o‘rni uning farmonlarining normativhuquqiy
hujjatlar tizimida egallaydigan yuksak mavqei va rolini belgilab beradi.
Prezident farmonlari yuridik kuchi va ahamiyati jihatidan qonundan keyingi o‘rinda turadi. Prezident farmonlari yuksak nufuzliligi tufayli mamlakat
iqtisodiyotining, aholi ijtimoiy hayotining hamda davlat boshqaruvining
qonunlar va hukumat qarorlari bilan qamrab olinmagan talaygina dolzarb masalalarini tez va samarali hal etish imkonini beradi. Prezident farmonlari strategik va dasturiy xarakterga ega bo‘lib, ularda Hukumat, u yoki bu vazirlik, davlat qo‘mitasi muayyanyirik murakkab masalani qanday hal etishi kerakligining aniq rejasi va yo‘l-yo‘riqlari belgilab beriladi. Farmonlar Vazirlar Mahkamasi
va davlat boshqaruvining boshqa bo‘g‘inlari faoliyatiga rahbarlik qilishning samarali vositasidir. Biroq, farmonlar hukumat qarorlari o‘rnini egallab olmaydi. Har ikki turdagi bu hujjatlar Konstitutsiya va qonunda belgilangan vakolatlar doirasida chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada davlat nazorati tizimini takomillashtirishning ba’zi chora-tadbirlari
to‘g‘risida» gi 1994-yil 16-fevral, farmoni, «Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» gi 2003-
yil 9-dekabr farmoni, shuningdek, vazirliklar va davlat qo‘mitalarini
tashkil etishga oid hujjatlar, masalan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida» gi (1997-yil 8-iyul), «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida» gi (1998-yil 24-iyul) farmonlari va boshqalar ma’muriy huquq manbalari sifatida alohida
ahamiyatga molik.
4. Ma’muriy huquq manbalari qatoriga O‘zbekiston Respublikasi

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling