Mavzu: Davlat budjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzulishi
Download 20.47 Kb.
|
esse
Mavzu: Davlat budjeti ijrosi bo’yicha buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzulishi KIRISH Mamlakatimizda barqaror va samarali iqtisodiyotni shakllantirish borasida amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar bugungi kunda o’zining natijalarini namoyon etmoqda. Jumladan, qisqa vaqt ichida byudjet tizimida aalga oshirilayotgan islohotlar natijasida g’azna ijrosi joriy qilindi, byudjetdan moliyalashtiriluvchi tashkilotlarni moliyalashtirishning byudjetdan tashqari manbalariga alohida e’tibor qaratilmoqda, hisob va hisobot tizimi zamonaviy axborot tizimlari joriy qilindi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish talablariga javob bera oladigan hisob tizimini yaratish muhim o’rin tutadi. Chunki jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz bergan va berayotgan tub o’zgarishlar, ularni miqdor jihatdan ifodalash va sifat jihatdan tavsiflash, nazorat va tahlil qilish hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlar olishda asosan hisob tizimiga murojaat qilinadi. Shu o’rinda alohida ta’kidlash lozimki, davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining hisob yuritish tizimi va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash tartibini bozor munosabatlari talablari asosida qayta ko’rib chiqish, rivojlantirish va takomillashtirib borish davlatimiz byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadidir. Bugungi kunda byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan bog’liq me’yoriy-huquqiy xujjatlarni yaratilishi va amaliyotga tadbiq etilishi, byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi ijrosining buxgalteriya balansiga doir mavjud nazariy bilim va tushunchalarni chuqur tahlil qilish orqali ularni optimallashtirish hamda davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi sharoitida katta ahamiyat kasb etadi. 1 Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya balansi bu tashkilot mablag’larini ularni turlari va tashkil topish manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruxlashdir. Byudjet tashkilotlari balansi tarkibi aktiv va passiv qismlardan iborat bo’lib, aktiv tomoni nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar, debitorlar bo’limlaridan iborat. Balansni passiv tomoni kreditorlar, moliyaviy natijalar bo’limlaridan iborat. Byudjet tashkilotlari byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar ijrosi bo’yicha balansni choraklik va yillik holatda tuzadi va topshiradi. Yillik balans hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga tuziladi. Choraklik balans hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga tuziladi. Yillik va choraklik balanslarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Tushuntirish xatida byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha xarajatlar smetasi ijrosi jarayoniga ta’sir qilgan asosiy omillar, jumladan, byudjetdan ajratilgan mablag’larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan bo’lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish sabablari va vaqti, yo’l qo’yilgan muddati o’tgan qarzdorlikni undirish bo’yicha ko’rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlar va ularning sarflanishi to’g’risida ma’lumotlar, shuningdek hisobot davrida kirim qilingan va sarflangan qog’oz to’g’risidagi ma’lumotlar, kamomadi aniqlangan va o’g’irlangan pul mablag’lari va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar summasi va hisobotlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa tushuntirishlar keltiriladi. Bundan tashqari, hisobot yilining birinchi choragi bo’yicha moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarini (jumladan, tugallanmagan qurilish va o’rnatiladigan asbob-uskunalarni) qayta baholash bo’yicha axborotlar ochib beriladi. Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o’rinbosari (birinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o’rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-iqtisod bo’limi boshlig’i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod bo’yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanadi. 23 Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko’rsatkichlarto’ldirilishi kerak. Tashkilotlarda tegishli aktivlar, passivlar va operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo’yiladi. Balans Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma (ro’yxat rakami 2169, 2010 yil 22 dekabr) (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 yil, 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 308-son shakldagi «Bosh-jurnal kitobi» (keyingi o’rinlarda «Bosh-jurnal kitobi» (308- shakl) deb yuritiladi) va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlari asosida tuziladi. 2 Byudjet muassasalari buxgalteriya balansining tarkibiy tuzilishi tahlili Balans (1-shakl)ni tuzishdan oldin barcha mavjud memorial order-lar bilan rasmiylashtirilgan buxgalteriya provodkalarini dastlabki hujjatlarga muvofiq holda to’g’ri tuzilganligi hamda «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl)ga to’g’ri yozilganligi, subschyotlar bo’yicha oylik aylanmalar va hisobot davri oxiriga «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl) bo’yicha qoldiqlar to’g’ri hisoblanganligi tekshirib chiqiladi. Hisobot davri oxiriga «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl)dagi chiqa-rilgan qoldiqlar balansning «Yil (chorak) oxiriga» ustuniga ko’chirib yoziladi. Debitor va kreditor qarzlarni hisobga oluvchi subschyotlarda debitorlar va kreditorlar summalari o’zaro hisobga olmagan holda, ya’ni, mavjud debitorlar balansning aktiv qismida, kreditorlik qarz esa, passiv qismida ko’rsatiladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirishda Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risidagi yo’riqnoma (ro’yxat raqami 2169, 2010 yil 22 dekabr) (O’zbe-kiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 51-son, 502-modda) bilan tasdiqlangan 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. «Yil boshiga» ustuni bo’yicha ko’rsatkichlar o’tgan hisobot yili balansining «Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha ko’rsatkichlarga aynan bir xil holda ko’chiriladi. Agarda, tashkilot hisobot yilining 1 yanvaridan keyin tashkil topgan bo’lsa, u holda balansning ushbu «Yil boshiga» ustuni to’ldirilmaydi. 23. Balansning aktiv qismidagi «Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha: «1-§. Asosiy vositalar va boshqa uzok muddatli nomoliyaviy aktivlar» paragrafining «Asosiy vositalar: Boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati» qatorida tashkilotlarning hisobot davri oxiriga mavjud barcha asosiy vositalari, shu jumladan, ijaraga berilganlari ham dastlabki (tiklanish) qiymati bo’yicha aks ettiriladi. Qayta baholash natijalari bo’yicha aniqlangan asosiy vositalarning tiklanish qiymati yillik va choraklik balanslarda «Yil boshiga» ustunida kasr chizig’i bilan (maxrajida) aks ettiriladi; 30 «Eskirish summasi» qatorida asosiy vositalarning balans tuzilgan hisobot davri oxiriga hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi; «Qoldiq (balans) qiymati» qatorida asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati bilan eskirish qiymati o’rtasidagi farq (010-qatorda aks ettirilgan asosiy vositaning dastlabki (tiklanish) qiymatidan 011-qatorda aks ettirilgan eskirish summasini ayirmasi) aks ettiriladi; «Nomoddiy aktivlar» qatorida tashkilotning hisobot davri oxiriga mavjud nomoddiy aktivlarining qiymati ko’rsatiladi; «2-§. Noishlab chiqarish aktivlari» qatorida ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lmagan kapital xarajatlar, jumladan, erni obodonlashtirish bo’yicha xarajatlar (040-subschyot) aks ettiriladi; «3-§. Tovar-moddiy zaxiralar» qatorida hisobot davri oxiriga mavjud bo’lgan tayyor mahsulot, qurilish materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, doridarmon va yarani boglash vositalari, inventar va xo’jalik jihozla-ri, yonilg’i, yoqilg’i-moylash materiallari, mashina va asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari va boshqa tovar-moddiy zaxiralari qoldiq summalari ko’rsatiladi, balansdan tashqari 10 «Foydalanishdagi inventar va xo’jalik ji-hozlari» va 12 «Eskirganlarining o’rniga berilgan transport vositalarining ehtiyot qismlari» schyotlarida aks ettirilgan tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari bundan mustasno; «4-§. Nomoliyaviy aktivlarga qo’yilmalar» qatorida o’rnatish uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar, tugallanmagan qurilish, asosiy vositalar-ga boshqa xarajatlar, nomoddiy aktivlarga boshqa xarajatlar, tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar va tovar-moddiy zaxiralarga boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi subschyotlarning «Bosh-jurnal kitobi» (308-shakl) bo’yicha hisobot davrining oxiriga qoldiq summasi aks ettiriladi; «Moliyaviy aktivlar» bo’limida mavjud hisobvaraqlardagi pul mablaglari, akkreditivlar, kassadagi nakd pul qoldiqlari va boshqa pul mablaglarining, shuningdek g’aznachilik bo’linmalaridagi shaxsiy hisobvaraqlardagi pul mablag’larining qoldiq summalari aks ettiriladi; 31 «Debitorlar» bo’limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo’yicha qoldiq summalar (debitorlik qarzlar) aks ettiriladi. 24. Balansning passiv qismidagi «Yil (chorak) oxiriga» ustuni bo’yicha: «Kreditorlar» bo’limida yil (chorak) oxiriga barcha hisob-kitoblar bo’yicha qoldiq summalar (kreditorlik qarzlar) aks ettiriladi; «Moliyaviy natijalar» bo’limida tashkilotning joriy yilga moliyaviy natijalari (300 - 343 qatorlar), shuningdek yakuniy moliyaviy natijala-ri (350 - 356 qatorlar) har bir daromad (tushum)larning turlari bo’yicha alohida holda aks ettiriladi. Bunda, joriy yilga moliyaviy natijalar (300 - 343 qatorlar) bo’yicha ko’rsatkichlar yillik balansda aks ettirilmaydi. «Balansdan tashqari schyotlar» bo’limida hisobot davri oxiriga aks ettirilgan balansdan tashqari schyotlar summasi ko’rsatiladi. Balans (1-shakl) tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi, mazkur Qoidalarning 146-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Balansni to’g’ri tuzish bo’yicha talablarining bajarilishi ustidan nazorat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari balans ma’lumotlarining to’liqligi, to’g’riligi hamda o’z vaqtida taqdim kilinishi yuzasidan javobgardirlar. XULOSA Byudjet tashkilotlarida nazoratni tashkil qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 393-son qarorida taftish va tekshirishni asosiy vazifalari aniqlangan. Byudjet mablag’larini kelib tushishi va sarflanishi, byudjetdan tashqari mablag’lardan foydalanish, davlat mulki bo’lgan mulkdan, daromadlarni taftish hamda tekshirish rejali tartibda, rejadan tashqari tartibda amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarida rejali taftish va tekshirishlar nazorat taftish bosh boshqarmasi uchun O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri, nazorat taftish 32 boshqarmasi uchun esa nazorat taftish bosh boshqarmasi boshlig’i tasdiqlagan yillik ishlar rejasi asosida amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlarida nazoratni tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha nazorat taftish bosh boshqarmasi va nazorat taftish boshqarmasi taftishchilar ishi ustidan uslubiy rahbarlik hamda nazoratni amalga oshiradi, amaliy yordam ko’rsatadi. Taftish va tekshiruvlarni o’tkazish muddati, taftish guruhi tarkibi, har bir taftish va tekshiruvni aniq vazifasidan, taftish qilinayotgan tashkilotning xususiyatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Byudjet tashkilotlarida taftish va tekshiruvlarni o’tkazish muddati – 30 kungacha qilib belgilangan. Birinchi marta belgilangan muddat taftish guruhi rahbari (taftishchi) tomonidan asoslansa, u holda muddati uzaytirilishi mumkin. Taftishda o’tgan 3 kalendar yili moliyaviy faoliyatini, oldingi taftish o’tgandan keyingi davrni o’z ichiga oladi. Byudjet tashkilotlari taftish va tekshirilayotganda xarajatlar smetasini bajarilishi taftish qilinadi, bunda kassa va g’aznachilikda ochilgan har bir schyot bo’yicha operatsiyalar bilan bog’liq hujjatlar, o’tgan taftishdan keyingi davrdan hozirgi taftishgacha bo’lgan davr, agar suiiste’molchiliklar aniqlansa, undan ko’proq davrni o’z ichiga olishi mumkin. Byudjet tashkilotlaridagi mavjud reja, hisobot, statistik ma’lumotlar hamda materiallar batafsil o’rganiladi. Taftish va tekshirishga kirishdan oldin taftish guruhi rahbari o’zining vakolati doirasida tegishli moliya va g’aznachilik organlari rahbarlariga taftish va tekshirish belgilanganligi to’g’risida axborot beradi. Buxgalteriyani taftish va tekshiruv o’tkazishda guruh rahbari markazlashgan buxgalteriya to’g’risidagi nizom va uning tarkibi, uning shtati, tashkilotning xarajatlar smetasi bo’yicha umumiy summasi bilan tanishib chiqadi. Bundan tashqari, buxgalteriya xodimlari o’rtasida xizmat vazifalarini taqsimlanishi va hujjatlar aylanishi bilan tanishadiPul mablag’lari va moddiy qiymatliklarning buxgalteriya hisobini yuritish belgilangan tartibga rioya qilinishi, ularga qoravullikni tashkil etilishi, korxonadagi propusk tizimi holati, korxona hududidan moddiy qiymatliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tekshiriladi; Buxgalteriya hisoboti va balanslarni hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi, turli xatoliklar hamda qo’shib yozishning oldini olish, topshiriqlarni bajarish ko’rsatkichlari faktlarini buzib ko’rsatilishi tekshiriladi. Download 20.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling