QQS – 15%; foyda solig‘i – 15%; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 12%; aylanmadan olinadigan soliq – 4%. Foyda solig‘i stavkasi 15%, dividendlar tarzidagi foyda bo‘yicha soliq stavkasi 5% darajasida saqlanib qolindi. Amortizatsiyaning yillik cheklangan normasi va investitsiyaviy chegirma miqdori o‘rtacha 2 baravarga oshiriladi. Davlat byudjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln so‘m, shu jumladan foyda solig‘i – 43,7 trln so‘m, aylanmadan olinadigan soliq – 2,7 trln so‘m, JShDS – 22 trln so‘mni tashkil etadi. Davlat byudjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln so‘m, shu jumladan foyda solig‘i – 43,7 trln so‘m, aylanmadan olinadigan soliq – 2,7 trln so‘m, JShDS – 22 trln so‘mni tashkil etadi. Bilvosita soliqlar bo‘yicha daromad summasi 73,2 trln so‘m, shu jumladan QQS – 53,3 trln so‘m, aksiz solig‘i – 15 trln so‘m, bojxona boji – 4,8 trln so‘mni tashkil etadi. Resurc va mol-mulk solig‘i 25,7 trln so‘mni tashkil qiladi. Konsolidatsiyalashgan byudjet xarajatlari 280, 13 trln so‘mni tashkil etadi. Davlat byudjeti xarajatlari 188, 91 trln so‘m, davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlari – 58, 18 trln so‘m, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larining sarflanishi – 7, 73 trln so‘m miqdorida prognozlashtirilmoqda. Davlat budjetining funksiyalari: Davlat budjetining funksiyalari: 1.YaIM qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi: Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning qiymati jamiyatdagi umumiy ehtiyojlarni qondirish zaruriyati tufayli qayta taqsimlanadi. 2. Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish funksiyasi: Davlat budjeti orqali iqtisodiy jarayonlar tartibga solinadi, iqtisodiyot tarmoqlari va markazlashgan investitsiyalar moliyalashtiriladi, xo‘jalik subyektlari va davlat o‘rtasidagi taqsimlash proporsiyalari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |