Mavzu: Davlat byudjeti daromadlari ijrosi hisobi


Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2023 yilda 9,5 foiz


Download 0.92 Mb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1468275
1   2   3   4
Bog'liq
Abduraimov Farrux Bux-120

Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2023 yilda 9,5 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Mazkur rivojlanish ko‘rsatkichlariga har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish maqsad qilingan.
2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq ravishda, soliq-budjet siyosatini amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:

  1. budjet siyosatining ijtimoiy yo‘naltirilganligini, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoyani rivojlantirishga;

  2. hududlar, ayniqsa mahallalarning dolzarb muammolarni hal qilish, suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, atrof muhitni va tabiatni muhofaza qilishni ta’minlash;

  3. yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlashni kengaytirish;

  4. tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatida sof raqobat muhitini yaratilishiga zamin yaratish, bosqichma-bosqich soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish;

  5. birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan javobgarligi, hisobdorligi va vakolatlarini, davlat budjeti barqarorligini ta’minlash maqsadida, ilg‘or xorijiy tajribadan hamda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining tavsiyalaridan kelib chiqqan holda budjet xarajatlari samaradorligini oshirish ustuvor vazifalar sifatida belgilab olindi.

Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, 2023 yil uchun davlat budjeti daromadlari (Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olmagan holda) 232,1 trln so‘m, xarajatlari esa 227,9 trln so‘m miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari 41,3 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 70,2 trln so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda. Bunda, davlat maqsadli jamg‘armalariga respublika budjetidan 29,9 trln so‘m transfertlar ajratish belgilandi.

Xususan, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari 37,8 trln so‘m, xarajatlari 53,5 trln so‘mни tashkil etgan holda Davlat budjetidan 15 trln so‘m miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Davlat moliyasini boshqarishning xalqaro standartlariga muvofiq budjet qamrovini oshirish hamda to‘liqligini ta’minlash maqsadida, 2021 yildan boshlab tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga rejalashtirilayotgan xarajatlar konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga kiritildi. 2023 yilda ushbu xarajatlar 7,8 trln so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.


Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2023 yil uchun konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligiнинг yuqori chegarasi 32,5 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdorida belgilanmoqda.
Bunda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari 24,7 trln so‘m yoki prognoz qilinayotgan yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2,3 foiz miqdorida taqchillik bilan rejalashtirilgan. Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalarining taqchilligi davlat ichki va tashqi qarzlarini jalb qilish hamda budjetlarning yil boshiga qoldiq mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining xarajatlari qonun loyihasida 65 ta birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilari (vazirlik va idoralar) kesimida tasdiqlanmoqda.
Moliya yili yakuniy sanasi holatiga O‘zbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldig‘ining miqdori joriy yil yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60 foizдан oshmasligi belgilab qo‘yilmoqda (10-modda).
Bunda, 2023 yil uchun hukumat nomidan va respublika kafolati ostida tashqi qarzni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd AQSh dollari, shundan Davlat budjetini qo‘llab quvvatlash uchun — 2 mlrd AQSh dollari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun — 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli қоғозларининг cheklangan sof hajmini — 17 trln so‘m (2022 yil uchun dastlab 6 trln so‘m, keyinchalik 12 trln so‘m bo‘lgan) miqdorida belgilash, bunda, moliya yili davomida chiqariladigan hamda joriy yilda so‘ndiriladigan O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlarini cheklangan sof hajmga kiritmaslik taklif etilmoqda.
Avvalroq, Qonunchilik palatasi 2023 yilgi davlat budjetini 3 soatdan kam vaqt ichida (3 o‘qish vaqtini jamlaganda) muhokama qilgani va tasdiqlagani haqida xabar berilgandi. Qonun loyihasining o‘zi qariyb bir hafta oldin quyi palataga kiritildi va jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilmadi. Hujjat deyarli bir ovozdan, tanqidsiz qabul qilindi.
Ma’lumot bazasi: Davlat byudjeti daromadlari oshdimi? (aniq.uz)
D avlat byudjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki YaIMning 23,8%i miqdorida belgilandi. Ulardan soliq tushumlari 68,5 trln so‘m, shu jumladan foyda solig‘i – 43,7 trln so‘m, aylanmadan olinadigan soliq – 2,7 trln so‘m, JShDS – 22 trln so‘mni tashkil etadi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling