Mavzu: davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti ijrosi hisobining tashkiliy va uslubiy jihatlari kirish Reja


Download 82 Kb.
bet2/2
Sana11.09.2023
Hajmi82 Kb.
#1675526
1   2
Bog'liq
DAVLAT BYUDJETI VA DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARI BYUDJETI IJROSI HISOBINING TASHKILIY VA USLUBIY JIHATLARI

Asosiy qism
1. Davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari ularning xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan doirada va maqsadlarda amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar — tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar;
moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati — moliyaviy hisobotlarda taqdim etilgan ma’lumotlar uchun qo‘shimcha axborot. Moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xatida izohlar, hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlarning kengaytirilgan ko‘rinishi va hisobotlarda ko‘rsatib o‘tilmagan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi;
sof aktivlar/kapital — davlat maqsadli jamg‘armalarining aktivlaridan uning barcha majburiyatlari chegirilgandagi qoldig‘i. Sof aktivlar/kapital salbiy yoki ijobiy bo‘lishi mumkin.
3. Davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlar smetasini normativ-huquqiy hujjatlar hamda mazkur Nizom talablari asosida mustaqil ravishda tuzadilar.
Davlat maqsadli jamg‘armalarining hududiy bo‘limlari tomonidan hududiy bo‘limlar xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi tuziladi va tasdiqlanadi hamda davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan ularning xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi tuziladi va tasdiqlanadi hamda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan ro‘yxatga olinadi.
4. Davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlar smetasi (bundan buyon matnda xarajatlar smetasi deb yuritiladi) bir moliya yili muddatiga tuziladi va amal qiladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlari budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
5. Xarajatlar smetasini tuzishda mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari, ayrim tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadigan narx va tariflar:
davlat maqsadli jamg‘armalari (moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan davlat maqsadli jamg‘armalaridan tashqari) bo‘yicha — mazkur smetalar tuzilayotgan moliya yilining 1-yanvarida amalda bo‘lgan shartlarda;
moliya yili mobaynida yangidan tuzilgan davlat maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha — mazkur jamg‘arma faoliyat ko‘rsatishi boshlangan oyning 1-sanasi holatiga ko‘ra hisobga olinadi.
6. Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida davlat maqsadli jamg‘armalarining qo‘shimcha xarajatlari yuzaga kelganda, ularning xarajatlar smetasiga budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari hamda mazkur Nizomda belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritiladi.
7. Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi so‘mda tuziladi.
8. Davlat maqsadli jamg‘armalari va ularning hududiy bo‘limlari tomonidan “UzASBO” dasturiy majmuasi (bundan buyon matnda dasturiy majmua deb yuritiladi) orqali davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi, shuningdek ularga o‘zgartirishlarni ko‘rib chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Moliya vazirligining Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimiga (bundan buyon matnda DMBAT deb yuritiladi) jo‘natiladi.
9. Davlat maqsadli jamg‘armalari va ular hududiy bo‘limlarining xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi va jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi bosh buxgalter (uning o‘rinbosari) va moliya-iqtisod bo‘linmasi boshlig‘i (shtat jadvaliga muvofiq moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha mutaxassisi) yoxud uning vazifalari yuklatilgan xodim tomonidan imzolanadi hamda rahbar yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi va har biriga xos “QR” kodlar qo‘yilib, DMBAT tizimida ro‘yxatga olinadi.
10. Davlat maqsadli jamg‘armalarining oylar va choraklar kesimidagi xarajatlari ularning daromadlaridan oshib ketishiga, agar mazkur xarajatlar davlat maqsadli jamg‘armalarining yil boshidagi qoldiq mablag‘lari bilan qoplanmasa, yo‘l qo‘yilmaydi.
11. Davlat maqsadli jamg‘armalarining davriy moliyaviy hisoboti quyidagi hisobot turlarini o‘z ichiga oladi:
davlat maqsadli jamg‘armalarining moliyaviy hisobotlari;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlariga daromadlarning tushumlari to‘g‘risidagi hisobot;
davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot.
12. Moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlari salbiy qoldiqqa ega bo‘lsa, u holda hisobotlarda ushbu ko‘rsatkichlar “minus” belgisi bilan aks ettiriladi.
13. Moliyaviy hisobotlarda ko‘rsatiladigan axborotlar tushunarli, sodda va to‘liq bo‘lishi lozim.
14. Xarajatlar smetasi davlat maqsadli jamg‘armalari va ularning hududiy bo‘limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi va moliya yilining o‘ninchi martidan kechiktirmay tasdiqlanadi.
IV guruh “Boshqa xarajatlar” bo‘yicha xarajatlar yoyilmasi mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan xarajatlar smetasining ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
15. Xarajatlar smetasi davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan ularga tegishli moliya yili uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida tuziladi.
Moliya yili uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hajmi davlat maqsadli jamg‘armalariga davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan yetkaziladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalarining hududiy bo‘limlariga moliya yili uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hajmini yetkazish tegishli davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan amalga oshiriladi.
16. Davlat maqsadli jamg‘armalarining budjet loyihalari, xarajatlar smetasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari ko‘rsatkichlariga va tejamkorlikning qat’iy rejimini hisobga olgan holda mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
17. Xarajatlarni hisoblab chiqarishda quyidagilarga amal qilinishi zarur:
davlat maqsadli jamg‘armasining qonunchilikka muvofiq asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlariga;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlarining normativlariga;
tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlari va tariflariga.
Jumladan:
xarajatlar smetasiga ish haqi uchun jamg‘armadan ajratiladigan mablag‘lar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan lavozim maoshlari, ularga qo‘shimcha haq to‘lash va ustamalar hamda amaldagi namunaviy shtatlar va shtat normativlariga rioya etilgan holda kiritiladi. Ishbay shaklda bajariladigan ishlar uchun ish haqi, moliya yiliga xarajatlar smetasida nazarda tutilgan shunday ishlarning hajmidan kelib chiqib xarajatlar smetasiga kiritiladi;
ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy soliq to‘lovi to‘lanadigan barcha to‘lov summalaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ish beruvchining barcha xodimlarining o‘tgan yilgi ish haqining haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
xo‘jalik xarajatlari, jumladan kommunal xizmatlar uchun xarajatlar har bir tashkilotga ko‘rsatiladigan xizmat doirasida o‘tgan hisobot davridagi haqiqiy xarajatdan kelib chiqib yoki belgilangan limit (jismoniy hajmlar) doirasida hamda narx va tariflarni hisobga olgan holda hisoblanadi;
telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflardan kelib chiqib hisoblanadi;
davlat maqsadli jamg‘armalarining binolar, inshootlar, transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek boshqa mulk ijarasi bilan bog‘liq xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan xarajatlar me’yori, limitlar va natural ko‘rsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi;
xizmat safarlariga xarajatlar tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan vazifalardan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda o‘zgacha ko‘rsatkichlar va uslublar qo‘llanilishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar yoki Moliya vazirligi tomonidan tekshiriladi.
18. Davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha ular tomonidan jamg‘armani saqlash, yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tuzilgan xarajatlar smetasidan tashqari belgilangan tartibda jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish bo‘yicha xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin.
19. Davlat maqsadli jamg‘armalari va ular hududiy bo‘limlarining xarajatlar smetasi dasturiy majmuada ularning rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan elektron raqamli imzo bilan ushbu sana ko‘rsatilgan holda tasdiqlanadi. Bunda, xodimlar ish haqi jamg‘armasining summasini ajratgan holda smetada xarajatlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi.
20. Davlat maqsadli jamg‘armalari va ularning hududiy bo‘limlari tomonidan xarajatlar smetasi ko‘rib chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun u tasdiqlangan kundan kechiktirmay DMBAT tizimi orqali tegishli organlarga yuboriladi.
Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2020-yil birinchi yarim yillik ijrosi “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan byudjet parametrlari doirasida hamda Prezidentimizning koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, global inqiroz oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan qabul qilingan farmon va qarorlari, qolaversa, Hukumat va Inqirozga qarshi kurashish komissiyasining qarorlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan.
Dunyo miqyosida kechayotgan global oʻsish surʼatlari pasayishi jarayonining mamlakat iqtisodiyotga ham taʼsir etishi natijasida 2020-yil birinchi yarim yili yakuniga koʻra, yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 255,3 trln. soʻmni, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 % ni tashkil etgan.
Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjet 2020-yil birinchi yarim yili daromadlari 71,6 trln. soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 28,8 foiz, xarajatlari esa 80,5 trln. soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 32,4 foizni tashkil etgan.
Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida Davlat byudjetining 2020-yil 6 oylik daromadlari 58,2 trln. soʻmga yoki tasdiqlangan yillik parametrlarga nisbatan 45,3 foizga ijro etilgan. Hisobot davrida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga koʻp mablagʻ tushirilishiga erishilgan.
Davlat byudjetining 2020-yil birinchi yarim yilligi xarajatlari 64,9 trln. soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan. Natijada 23,1 trln. soʻm miqdoridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda 5,0 trln, soʻm miqdoridagi ish haqiga nisbatan ajratmalar toʻliq va muddatida moliyalashtirilgan.
Qolaversa, oʻtgan 6 oy davomida iqtisodiyot xarajatlariga Davlat byudjetidan 9,0 trln. soʻm yoki jami xarajatlarning 13,9 foizi, investitsiya xarajatlariga esa 6,0 trln, soʻm yoki jami xarajatlarning 9,2 foizi sarflangan.
Hisobot davrida sogʻliqni saqlash, nafaqa va moddiy yordam toʻlovlari, iqtisodiyot va investitsiya xarajatlarining oʻsishi yuqori boʻlishiga mamlakatda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va pandemiya sharoitida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlari boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlar asosiy omil boʻlgan.
Xususan, 2020-yilning 1-iyul holatiga Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 5,6 trln. soʻmlik koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, tadbirkorlikni va aholi bandligini koʻllab-quvvatlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar moliyalashtirilgan.
Bundan tashqari, hisobot davrida mahalliy byudjet mablagʻlarini mustaqil boshqarishni mustahkamlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini kafolatlangan moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlash, mahalliy hokimliklarni mahalliy byudjetlarni shakllantirishda va mablagʻlardan samarali foydalanishda masʼuliyati va javobgarligini oshirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilgani qayd etildi.
Xususan, joriy yilning birinchi yarim yilida mahalliy byudjetlarning daromadlar prognozi jami 10,2 trln. soʻm etib belgilangan va reja amalda 12,9 trln. soʻmga ijro etilgan. Bunda asosan hududlarda yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, kam quvvatli korxonalarning ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, yangi va qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish va legallashtirish, soliq qarzini qisqartirish, kameral oʻrganishlar oʻtkazish orqali belgilangan prognoz rejalar ijrosi taʼminlangan.
Majlisda mahalliy byudjetlarning hududlar boʻyicha umumiy daromadlar prognozi bajarilgan boʻlsa-da, ammo ayrim soliq turlari boʻyicha belgilangan reja-topshiriqlari bajarilmagani taʼkidlandi. jumladan, joriy yilning 1-iyul holatiga mahalliy byudjetlarga soliqlardan qarzdorlik 2,9 trln. soʻmni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 112 mlrd. soʻmga oshgan. Mahalliy byudjetlarning Davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi 22,1 foizni, uning jami xarajatlardagi ulushi 31,1 foizni tashkil qilgan.
Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasining tarqalishi, karantin choralarining qoʻllanilishi natijasida mahalliy byudjetlar xarajatlariga ham bir qator oʻzgartirishlar kiritilgani taʼkidlandi.
Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy byudjetlar xarajatlaridan qariyb 1 trln. soʻmga maqbullashtirilgan. 2020-yilning 27-28-aprel kunlari kuchli shamol oqibatida Buxoro viloyatida zarar koʻrgan aholi va iqtisodiy-infratuzilma obyektlariga 164 mlrd. soʻm hamda 1-may kuni “Sardoba suv ombori” toʻgʻonida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatida jabrlangan aholini qoʻllab-quvvatlash va infratuzilmani tiklash xarajatlariga joriy yilning yarim yilida 500 mlrd. soʻm qoʻshimcha mablagʻlar yoʻnaltirilgan.
Qolaversa, 2020-yil 1-apreldan boshlab 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 10 foizga oshirilgan. Ushbu tadbirlar natijasida, joriy yil yakuniga qadar ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam oluvchilar soni 657,8 ming (+ 60,3 ming) ta oilani tashkil etib, ularga qoʻshimcha nafaqalarni toʻlash uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan 211,8 mlrd. soʻm mablagʻ nazarda tutilgan boʻlib, shundan 91,3 mlrd. soʻm moliyalashtirib berilgan.
Shuningdek, hisobot davrida aniqlangan kamchiliklarga eʼtibor qaratildi. Jumladan, aniqlangan qoʻshimcha daromadlarga nisbatan 51,7 mlrd. soʻmlik mablagʻlarning byudjetga undirilishi taʼminlanmagan.
Shu bilan birga, pandemiya sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarining oʻz muddatida tushmaganligi natijasida yuzaga kelgan vaqtinchalik kassa uzilishi oldini olish hamda belgilangan xarajatlarni oʻz vaqtida moliyalashtirish maqsadida hisobot davrida mahalliy byudjetlarga respublika byudjetidan 626 mlrd. soʻm byudjet transfertlari ajratilgan.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, hozirgi davr byudjet mablag'laridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu mazkur tizim taraqqiyotimizga katta hissa qo'shish bilan birga xalqqa ma'lumotlarni ochiq-oshkora, shaffof yetkazish mexanizmini yo'lga qo'yishga ham xizmat qiladi.
Foydalanilgan manba: www.lex.uz
Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling