Mavzu: Davlat daromadlari va xarajatlarini boshqarish


Davlat daromadlari va xarajatlarining boshqarish masalalari


Download 0.51 Mb.
bet7/8
Sana24.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1653541
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi J RamazonovMM 51 2 Davlat daromadi va xarajatini boshqarish

3. Davlat daromadlari va xarajatlarining boshqarish masalalari.

O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fantexnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va usullarini o'zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab etiladi.


Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya tizimining bosh bo'g’ini - davlat budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil etish tizimidagi islohotlar, xususan budjet ijrosida kassali tizimdan jahon amaliyotida sinalgan va o'zining ijobiy natijalarini bergan davlat budjetining g’azna ijrosiga o'tish amalga oshirilmoqda.
Jahon tajribasida davlat budjeti ijrosining bir nechta shakllari amal qiladi:
 Davlat budjetining kassaviy ijrosi;
 Davlat budjetining g’azna ijrosi;
 Davlat budjeti ijrosining aralash tizimi.
Davlat budjetining kassaviy ijrosi amalda bo’lgan sharoitda Markaziy bank va uning topshirig’iga muvofiq tijorat banklari davlat budjetining kassa ijrosini amalga oshiradilar. Davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish (g’azna ijrosiga o’tmasdan oldingi tizimda) O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga oshirilar edi. Lekin, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida budjet ijrosida bank tizimidan foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqardi:
 budjet daromadlari va xarajatlari to'g’risidagi axborotlarning yetarli darajada operativ (tezkor) emasligi;
 daromadlarning bank hisobraqamlariga tushishi va budjetning hisobraqamlarida aks ettirilishidagi uzilishlarning mavjudligi bois budjet resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi;
 Soliq daromadlarining budjet tizimi bo'g’inlari o'rtasida taqsimlanish jarayonlarini samarali tartibga solish va daromadlar tushumini jadallashtirishning zarurligi;
 budjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan to'lovlar summalari ko'rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag’larning tushumi va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi;
 budjet tashkilotlarining hisobraqamlarida ishlatilmayotgan budjet mablag’larining turib qolishi;
 budjet mablag’larining ajratilishi bilan ularning so'nggi iste'molchilarga yetib borishigacha bo'lgan vaqtning uzoqligi;
Sanab o'tilgan holatlar davlat budjetining kassaviy ijrosidan g’azna ijrosiga o'tishning zarurligini belgilab berdi.
G’aznachilikda davlat budjeti mablag’larini boshqarish shundan iborat bo'ladiki, g’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va g’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat budjeti mablag’larini, davlat budjetining xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo'naltirish, shuningdek, davlat budjeti bo'sh mablag’larini bank depozitlari va boshqa aktivlarini vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika budjetiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetga, shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalariga budjet ssudalari berish yo'li bilan boshqarib boradi. G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o'tkazish yagona g’azna hisobraqamidan yoki g’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat budjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobraqamlariga o'tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasi hukumati va Xalqaro valyuta jamg’armasi o'rtasida 2002 yilda imzolangan Memorandumda iqtisodiy islohotlarni kengaytirish va chuqurlashtirish ishlari bilan birgalikda davlat xarajatlarini boshqarishni takomillashtirish masalalariga katta e'tibor qaratilgan. Ular qatorida respublikada g’aznachilik tizimini joriy qilinishi eng muhim vazifa deb e'tirof etilib, u hukumatimizning yaqin kelajakdagi davlat moliyasi siyosatining negizini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish ishlari 2002-2006 yillarni qamrab oladi. Mana shu munosabat bilan 2002 yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 apreldagi 144-sonli «Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish choratadbirlari to'g’risida»gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil qilindi va u hozirda ish olib bormoqda. 23 Loyihaning asosiy maqsadlari bu davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish, Davlat budjetini tayyorlash jarayonini isloh qilish va Davlat budjeti ijrosini g‘aznachilik shakliga o‘tish orqali budjet mablag‘larini samarali sarflanishini ta’minlashdan iboratdir.
Davlat moliyasini boshqarish isloh qilish uchun Hukumat tomonidan ajratilgan mablag‘lardan tashqari Jahon banki tomonidan — 14,2 mln. dollarlik kredit, Yaponiya hukumati tomonidan — 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan — 2,8 mln. dollar va Islom taraqqiyot banki tomonidan — 0,2 mln. dollarlik grantlar ajratilgan.
Respublikada davlat moliyasini isloh qilish dasturi xarajatlarni samarali boshqarish, pul-kredit intizomini mustahkamlash va ajratmalarni oldingi vazifalarni nazarda tutgan holda taqsimlash, budjet ijrosi va budjet nazoratini samarali ta’minlash, uning tiniqligini oshirish va davlat mablag‘larini ishlatganligi uchun hisobotni takomillashtirishga yo‘naltiriladi. Mazkur maqsadlarga erishish uchun budjet ijrosi va uni tayyorlashni takomillashtirish, shu jumladan, g‘aznachilik tizimini joriy qilish va uni barcha zaruriy jihozlar, axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirildi.
Mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo'lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo'lib hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazoratning boshqaruv tizimining asosiy elementi bo'lgan umumiy nazorat tizimidagi muhim o'rni va ahamiyati shundaki, birinchidan, moliya o'zi iqtisodiy kategoriya sifatida ob'ektiv tarzda nazorat funksiyasini bajaradi; ikkinchidan, bozor iqtisodiyotida moliyaviy munosabatlarning roli oshib boradi. Barcha uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonlarini, xo'jalik yuritishning barcha pog’onalari, davlat boshqaruvining barcha darajalarini qamrab olar ekan moliyaviy nazoratning universal quroli sifatida amal qiladi.
Moliyaviy nazorat - davlat tomonidan tashkil etilgan, nazorat o'tilish vazifalari yuklatilgan davlat yoki mustaqil jamoat organlari tomonidan hukumat, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatining samaradorligini aniqlashga qaratilgan nazorat tizimidir. Davlat budjetini shakllantirish va sarflashdagi rezervlarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik printsiplaridan chetga og’ish va ularni buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi.
Nazorat maqsadi - tuzatish choralarini ko'rish, aybdorlarni javobgarlikka tortish va buzishlarning oldini olishdan iborat. Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning ob'ekti bo'lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi Davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta'minlashga xizmat qilmog’i lozim.
Mamlakatimizda davlat budjeti g’aznachilik ijrosi tizimining joriy etilishi bilan budjet mablag’larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan amalga oshiriladigan dastlabki va joriy nazorat kuchaymoqda.
O'zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasi doirasida g’aznachilik tizimini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Unda birinchi navbatda davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimini yaratish ko'zda tutilgan. Mazkur dasturning amaliyotga tadbiq etilishi davlatning budjet, budjetdan tashqari mablag’larining real vaqtda to'liq hisobga olinishini, davlat budjeti ijrosi jarayoning tizimli nazorat qilinishi davlat budjeti mablag’larining yagona g’azna hisob raqamiga tushgan vaqtdan boshlab davlat buyurtmasining so'nggi pudratchi hisob raqamiga kelib tushguncha bo'lgan bo'lgan davrda samarali boshqarilishini ta'minlaydi.
Istiqboldagi vazifa budjetning g’azna ijrosini yaratish doirasida davlatning moliyaviy resurslarini samarali va oqilona boshqarish shuningdek budjet mablag’lari ustidan samarali nazorat o'rnatishni taminlash hisoblanadi.
Budjet mablag’larining ishlatilishi bo’yicha nazorat qilish jarayonida budjet xarajatlarining dastlabki nazorati katta va muhim o'rin tutadi. Dastlabki nazoratga quyidagilar kiradi: budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan smeta xarajatlarining to'g’ri va aniq hisob-kitoblarga tayangan holda tuzilishi, budjet tashkilotlariga mablag’larni moliyalashtirishdan oldin tuziladigan hujjatlarning to'g’ri va aniq qilib tuzilishi, ya'ni avvalo ushbu qilingan xarajatlarga smeta xarajatlarida belgilanishi hamda belgilangan limitlar doirasidan oshib ketmasligi, xarid qilingan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlarning haqiqiyligi va ularning narxlarining to'g’ri kelishi va boshqalar.
Bularning barchasini inobatga olib shunday qulay nazoratni amalga oshirish lozimki bunda budjet tashkilotlarining huquq va vakolatlarini qisqartirmagan holda mahalliy hokimiyat organlarining qonunga zid ravishda asosiz aralashuvlarini bartaraf etuvchi va xarajatlarning samaradorligini yanada oshiruvchi tartib ishlab chiqish kerak. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida davlat bosh islohatchi sifatida cheklangan moliyaviy resurslar yordamida yuzaga kelgan moliyaviy ehtiyojlarni qondirish uchun tasdiqlangan budjet mablag’larining samarali va maqsadli foydalanishini nazorat qilishi lozim.

Xulosa

Xulosa qilib aytadiga bo’lsak iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti daromadlarini oshirish, budjet balansini bir me’yorda ushlab turish, davlat budjeti mablag’larini aniq maqsadli yo’naltirish va ulardan samarali foydalanish rivojlanayotgan davlatlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.


Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, bugungi rivojlanish jarayonida, yuqorida keltirib o’tilgan ishlarni amalga ishirish jarayoni ketayotganini ko’rishimiz mumkin. Bitiruv malakaviy ishimizning bu qismida biz yuqorida amalga oshirilgan tahlil va tadqiqot natijalariga asoslangan holda davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida chiqarilgan asosiy xulosalar va ishlab chiqilgan tavsiyalarni, qisqacha tarzda aks ettirishga harakat qilamiz.
Ular quydagilardan iborat: Davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirishda tarqoq xoldagi tijorat banklarida ochilgan xisob raqamdan, markazlashgan tartibda Markaziy bankda ochilgan yagona g’azna xisob raqamidan xarajatlarni amalga oshirish tashkil etildi.
Budjet intizomini ta’minlashda budjet mablag’larini belgilangan miqdorda shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi ma’sul bo’lsa, budjet mablag’laridan samarali foydalanish yuzsidan esa O’zbekiston Respublikasi G’aznachilik boshqarmasi va O’zbekiston Respublikasi Nazorat – taftish boshqarmasiga katta ma’suliyat yuklandi.
Amalda bo’lgan tasdiqlangan budjet xarajatlari miqdori va budjet tashkilotlarining smeta xarajatlari doirasida xarajatlarini moliyalashtirishdan budjet tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro’yxatga olish orqali,xar bir budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan taminlash amaliyotiga utildi.
Budjet mablag’laridan oqilona foydalanishda samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki budjet jarayoning asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy 84 nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar xarajatlari, to’lovlarini amalga oshirish doirasida dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirish imkoniga ega bo’ldi. Bu o’z navbatida mablag’larni ishlatilishini nazorat qilish imkonini berdi.
Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar tovarlar (ish, xizmatlar) xarid qilishi bo’yicha ma’lum o’rnatilgan narxlarini shakllantirish va shu asosda xarajatlarni amalga oshirish tartibi o’rnatildi. Natijada budjet mablag’larini suiste’mol qilinishini oldini olish imkoniyati yaratildi.
Davlat budjeti g’azna ijrosini taminlovchi tizimlashgan operativ organ faoliyatiga asos solindi. Bu esa muayyan vaqt xolatiga budjet xarajatlari ijrosi bo’yicha tezkor ma’lumotlarni olish, bo’sh turgan pul mablag’larini zaruriy xarajatlarni amalga oshirish uchun yo’naltirish imkonini beradi.


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling