Mavzu: Davlat kreditining subyektlar oʻrtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat ekanligi Reja


Davlat krediti va bank kreditining asosiy farkli jihatlari


Download 20.78 Kb.
bet2/3
Sana22.09.2023
Hajmi20.78 Kb.
#1685055
1   2   3
Bog'liq
Davlat krediti

Davlat krediti va bank kreditining asosiy farkli jihatlari.




Davlat krediti

Bank krediti

Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlar

Davlat, tijorat banklari, aholi, xujalik yurituvchi subyektlar

Tijorat banklari, xujalik yurituvchi subektlari, aholi

Кредитдан фойдаланиш мақсадлари

Budjetning defitsitini moliyalashtirish uchun foydalanilishi, unda siyosiy ustkurtmalar va jamiyatning moliyaviy munosabatlarini bir qismini aks ettiruvchi budjet mablag‘lari xarakati bilan belgilanadi.

Ishlab chiqarish fondlarini doiraviy aylanishida va moddiy boyliklar yaratilishi ishtirok kiladi.

Kredit foizining asosiy manbalari bo‘yicha.

Budjetning daromadlari va mablag‘lari

Xujalik subektlarining foydasi.

Davlat karzlarini va uning foizlarini koplash manbalari sifatida budjet mablag‘lari kullaniladi. Davlat krediti milliy boylikning va yalpi ichki mahsulotning qiymatining ikkilamchi taqsimlanishini ta’minlaydi.
Давлат кредит муносабатларига Ялпи миллий маҳсулотни бирламчи taqsimlash jarayonida shakillangan daromadlarning va pul fondlarining bir qismi tug‘ri keladi. Asosiy bunday moliyaviy resurslar aholi, korxona va muassasalarining bush turgan mablag‘lari bulib hisoblanadi.
Davlatning kushimcha moliya resurslarini shakillanishi- aholi, korxona va muassalarning vaktinchalik bush turgan pul mablag‘laridan jalib qilish davlat kredit munosabatlarining bir tomoni bulib hisoblanadi. Ikkinchi tomoni bu kushimcha jalb qilingan resurslar qaytarilishi, tulovchanligi bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Jalb qilingan kredit resurslari bo‘yicha daromadlar budjetning daromadlari hisobiga kreditorlarga beriladi.
Davlat kimmatli kogozlari egalari doirasi soliq tulovchilarning doirasi bilan tug‘ri kelmaydi. Agarda shunday tasavvur kilsak, soliq tulovchilarning koptingenti kimmatli kogozlar egalari koptingentlar bilan teng bulsada, lekin ularning strukturaviy tug‘ri kelmasligi mavjud buladi; ya’ni xar bir kimmatli kogozlar egalaridan budjetga soliq tulovchilarning xajmi ularning davlat kredit munosabatlaridan olayotgan daromadlari darajasiga tug‘ri kelmaydi. Demak, davlat krediti munosabatlarining ikkinchi bir tomoni u qayta taqsimlash xarakteriga egaligidir.
Davlat krediti munsabatlarinig obyektiv asoslari, jamiyatning ehtiyojlarini kondirish miqdori va davlat budjet daromadlarini bunday ehtiyojlarni tulakonli kondirish imkoniyatining doimiy ravishda mavjud bulmaslik bilan bog‘liq ziddiyatlar bilan belgilanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solish, davlatning ijtimoiy siyosati, mamlakat mudofasi bo‘yicha xarajatlarva boshqarish funksiyalarni amalga oshirish juda katta miqdordagi markazlashgan pul mablag‘larini talab kiladi. Shuningdek, davlat budjetining daromadlari yoki bulmasa soliqqa tortish darajasi Uzbekiston Respublikasida urnatilgan qonunchilik bo‘yicha aniq miqdorlarda cheklangan. Shuning uchun ham davlat bunday xarajatlarni moliyalashtirish uchun aholi, korxona va tashkilotlar pul mablag‘laridan foydalanadi.
Davlat kredit munosabatlarini amalga oshirishning ikkinchi obektiv asosi sifatida budjet daromadlarini shakllantirish va xarajatlarining davri dinamikasi hisoblanadi. Chunonchi, budjet daromadlarini favkulodda kupaytirish imkoniyati davlat uchun juda kiyin. Umuman, budjetning asosiy daromad manbai hisoblanuvchi, soliqlarning sezilarli kupaytirish mantikan mumkin emas. Soliqqa tortishning klassik nazariyalari soliq ogirligini meyordan oshirish budjet uchun kushimcha daromadlarni shakllantirishga emas balki aksincha daromadlarni hamayib ketishiga olib keladi. Budjetning xarajatlari esa doimiy ravishda tebranib turadi ya’ni rejalashtirilgan budjet xarajatlari turli xil ko‘zda to‘tilmagan vokealar natijasida kupayib ketishi mumkin. Masalan, xarbiy xarakatlar bulishi, tabiy ofatlar natijasida budjet xarajatlari ortishi mumkin. Bunday holatlar natijasida budjet uzining bir sur’atlarda shakllanayotgan daromad bazasi hisobiga xarajatlarni koplash imkoniyatiga ega bulmaydi. Bunday xarajatlarni koplashda davlat yana aholi, korxona va tashkilotlar hamda boshqa xorijiy subyektlar mablag‘larini jalb qilishga majbur buladi.
Davlat kreditining samarali kullanilishi davlatning kushimcha moliyaviy resurslarining shakillanishi va davlat budjeti hamomadining koplanishi darajasi davlat moliyasining va mamlakatdagi pul muomilasini monetor usullari bilan solishtirilgan holda davlatning daromad va xarajatlarning balansliligini vujudga keltiradi.
Davlat kreditining vujudga kelish imkoniyatlari yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlarining kullanilish vakti va shakillanishi xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Aholi qulida xar doim vaktincha bush pul mablag‘lari gonorar olish, premiya, ta’til puli, vasiyatnoma olish, quyilgan pullar uchun foizlar olish natjasida paydo buladi. Aholi uzlarining uzok vakt mobaynida kullaniladigan va narxi baland mahsulotlarga ehtiyoji bor bulganligi uchun pul mablag‘larini tuplaydi. Aholining majburiyat jamg‘armalari bir xil paytlarda mamlakat iqtisodiyotining nobalansliligi va mahsulot defitsitiga olib keladi.
Yuridik shaxslarning vaktinchalik bush turgan pul mablag‘lari kopital quyilmalarning ishlab chiqarishga va ijtimoiy sohalarga quyilishi natijasida vujudga keladi. Shuningdek, vaktincha bush pul mablag‘lari bulib zaxira fondlari ham hisoblanishi mumkin.
Davlat krediti uzining manbalariga kura ichki va tashki turkumlarga bulishimiz mumkin. Asosiy davlat daromadlarining ulushi milliy valyutada amalga oshiriladi, shuning uchun ichki davlat krediti foydalirok buladi. Shuning uchun davlat kushimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezganda avvalo ichki moliyaviy potensialga asoslangan holda kredit munosabatlarini shakllantiradi. Ammo, xalqaro mehnat taqsimoti kengayishi, ilmiy texnik goyalar va texnologiyalarni uzaro almashishlari, xorijiy mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishlar natijasida xalqaro davlat krediti munosabatlari intensiv ravishdagi rivojlanishiga olib keldi.
Davlat kreditining amal qilishi davlat karzlarini vujudga kelishiga olib keladi. Hozirgi sharoitda aksariyat iqtisodchilar davlat karzlarini turlicha talkin kiladilar. Masalan, V.M. Rodionova( davlat karzlarini 2 turga ajratadi: kapital davlat karzlari va joriy davlat karzlari. «Kapital karzlar deganda hamma chiqarilgan va qaytarilmagan davlatning karz majburiyatlari va ularning hisoblangan foizlari bilan umumiy summasi deb ta’kidlaydi. Joriy karzlar esa, davlatning hamma kushimcha karz majburiyatlari bo‘yicha daromad tulash va tulov muddati kelgan majburiyatlarni qaytarish bo‘yicha xarajatlarni uzida aks ettiradi»- deb ta’kidlaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, davlat karzlari bizning fikrimizcha olingan kreditlar fakat uz vaktida tulanmagan hollardagina davlat karzlariga aylanadi. Shuning uchun ham xar qanday kreditlarni biz davlat karzlari sifatida kurishimiz mumkin emas. Xaddan ziyod kup kredit olish olingan kreditlar bo‘yicha foizli daromadlarni tulash va kredit amortizatsiyasini qaytarish imkoniyatini yukolishiga olib keladi va natijada davlat karzlari vujudga keladi.
Davlat krediti hamma barcha kredit munosabatlarini amalga oshirilishining umumiy natijalari bulib hisoblanadi. Uning absalyut darajasi, o‘sish dinamikasi davlatning iqtisodiy va moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bu esa davlatning moliyaviy resurslarining o‘sishiga davlat kreditining ta’sir etishi bulib, u mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishining tezlatishga olib keladi ya’ni kredit munosabatlari davlat tadbirkorlik faolligini o‘sishiga olib keladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning bush turgan pul mablag‘larining tuplanishi va davlat krediti jamg‘armalarining tug‘ri shakillanishiga, aholinig korxonalarning, tashkilotlarning daromad va xarajat balanslashiga sharoit yaratib beradi, davlatda pul aylanishinig meyorlashtirish rejalaridan biri bulib xizmat kiladi. Mamlakatda tug‘ri kredit siyosatining yuritilishi davlat kredit operatsiyalarining kullanilishi, bush turgan pul mablag‘larini muomaladan olishga olib keladi.
Davlat krediti kimmatli kogozlar egalarining, jamg‘arma banklariga pul mablag‘larini kuygan yuridik va jismoniy shaxslarning pul daromadlarining o‘sishi manbai buladi.
Yuqorida aytilganlar ishchi kollektivlariga ham takluklidir. Demak, davlat yoki ishchi guruxlar kimmatli kogozlarga uz mablag‘larini kuyadi, natijada ishlab chiqarishga va ijtimoiy sferani rivojlantirish uchun yirik quyilmalar quyiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat krediti - iqtisodiy hamkorlikni, tinchlikni va davlatlararo tushunchalarni kullab kuvvatlash rejasi va asosi bulib xizmat kiladi.
Karzlarni tulashda va foizlarni tulashda davlat budjeti daromadlarini ishlab chiqarishdan ajratib olinishiga olib keladi va ishlab chiqarish va jamiyatning intelektual potensialiga ta’sir etib, kelajak avlod bu jarayonlar uchun javobgardir.

Download 20.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling