- Belgilangan miqdorlardagi ijtimoiy soliq tushumlari
- Jismoniy shaxslar ayrim toifalarining yagona ijtimoiy to‘lovlari
- Boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag‘larning 85 foizi
- Muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari
- Imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobiga o‘tkaziladigan yuridik shaxslar mablag‘lari
- Dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadigan yagona ijtimoiy to’lov
- Hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar
- O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilganligi uchun olingan mablag‘larning 60 foizi
- Yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast etkazilgan xodimga etkazilgan zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar
Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining asosiy yo‘nalishlari - Davlat pensiyalarining barcha turlari
- Qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni to‘lash
- 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lovlar
- Qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar
Do'stlaringiz bilan baham: |