Mavzu: Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish-iqtisodiyotni tartibga solish vositasi


Download 211.78 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi211.78 Kb.
#1533562
  1   2   3
Bog'liq
Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish-iqtisodiyotni tartibga solish vositasi.


Mavzu: Davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish-iqtisodiyotni tartibga solish vositasi.
Reja:

  1. Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli.

  2. Davlat mulkini xususiylashtirish.

  3. O‘zbekiston Respublikasining korxona va obyektlarni xususiylashtirish statistikasi.


Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli.
Bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish borasida davlat muhim vazifalarni bajaradi. Davlat iqtisodiyotga faol aralashib, bozor mexanizmining amal qilishiga ko`maklashadi, raqobatchilik muhitini yaratib, aholini salbiy oqibatlardan himoyalash chora-tadbirlarini ko`radi. Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishdan ko`zlangan asosiy maqsad bozor munosabatlarini muayyan va ma`lum yo`nalishlar asosida rivojlantirib, iqtisodiy taraqqiyot sur`atlarini jadallashtirish va aholi turmush darajasini oshirish choralarini ko`rishdan iboratdir.
Rejali iqtisodiyot tizimidan xalos bo`lgan O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish davlatning bosh vazifasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonini davlat bosh islohotchi sifatida boshqarib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov: “Murakkab o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi bo`lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko`zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo`lishi, iqtisodiy taraqqiyotning etakchi yo`nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o`zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ruyobga chiqarishi kerak”, – deb ta`kidlagan edi.
Davlatimizning bozor iqtisodiyotini tartibga solish bo`yicha rivojlangan mamlakatlarda hozirgacha to`plangan boy tajribalarni o`rganishi va ularni respublikamizning o`ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda tadbiq etishining maqsadga muvofiqligi bugungi kunda hech kimda shubha tug`dirmaydi.
Bozor munosabatlari sharoitida baho (narx)lar iqtisodiyotni tartibga solishning muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bunda baho bozor pasangisi, regulyatori bo`lib, ikki asosiy vazifani bajaradi. Birinchidan, u resurslar, tovarlar va xizmatlar iste`molini cheklaydi va ikkinchidan, tovar ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) uchun rag`bat vazifasini o`taydi.
Ishlab chiqarish jarayonida iste`mol tovarlari, ko`rsatiladigan xizmatlar qanchalik kamyob bo`lsa, ularning bahosi shunchalik yuqori bo`lib, shunga muvofiq ravishda ularni xarid qilish cheklangan bo`ladi. Boshqacha aytganda, tovarlar va xizmatlar ularning narxlariga binoan iste`mol qilinadi, taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Narxlarning o`zgarib turishi, ya`ni ko`tarilib yoki pasayib turishi ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatiga ta`sir ko`rsatadi. Binobarin, biron-bir tovar (xizmat) narxining o`sishi, uni ishlab chiqarish hajmining ko`payishiga, ushbu tarmoqqa muayyan tovar bozoriga yangi ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishiga sabab bo`ladi. Bozor iqtisodiyotida faqat foyda olishni ta`minlaydigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchi uchun foyda keltirmaydigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilmaydi. Muayyan tovar narxining pasayishi, uni ishlab chiqarish foydani ta`minlay olmay qolganligidan dalolat beradi. Bunday tovarlarni ishlab chiqarish kamayib boradi, ushbu tarmoq va bozorni ishlab chiqaruvchilar tark eta boshlaydilar. Demak, narxning bozor pasangisi, regulyatori vazifasini o`tashi tufayli ishlab chiqaruvchilar foydasiz yoki kam foyda keltiradigan tarmoqdan yuqori foyda keltiradigan tarmoqqa, sohaga o`tib turadi. Yuqori foyda keltirayotgan tarmoq yoki bozorlardagi iqtisodiy sub`ektlar o`zgalarning kirib kelishiga to`sqinlik qiladilar. Iqtisodiy sub`ektlar aniq tovarlar bozorida o`z mavqelarini saqlash, mustahkamlash, yaxshilash maqsadlarida o`zaro raqobatga kirishadilar.

Download 211.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling