Mavzu: "Davlat tili"da ish yuritish fanining maqsad va vazifalari


Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosi. Boshqacha aytganda, til—tafakkurning borliq shakli. Til --


Download 38.06 Kb.
bet3/3
Sana23.01.2023
Hajmi38.06 Kb.
#1111480
1   2   3
Bog'liq
Annamuratova Karomat Davlat tilida ish yuritish

Tafakkur zohiriy olamning inson miyasida umumlashgan, til bilan ifodalanadigan in’ikosi. Boshqacha aytganda, til—tafakkurning borliq shakli. Til -- hali voqelanmagan, imkoniyat tarzidagi, ma`lum jamiyat a`zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi.
Nutq shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo`lishi, voqelanishidir. Nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi.
Nutq faoliyati kishilarning bir-birlariga tushunarli bo‘lgan til vositasida o‘zaro fikr almashishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga oshadi: og‘zaki tarzda va yozma tarzda.
1989-yilning 21-oktabrida «Davlat tili to‘g‘risida» gi qonunning qabul qilinishi bilan davlat va jamiyat boshqaruvining barcha sohalarida o‘zbek tilida ish yuritish hamda o‘zbek hujjatchiligini takomillashtirishga katta imkoniyat ­yaratildi. 1990-yil 19-fevralda 30 moddadan iborat bo`lgan “Davlat tili to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi, biroq mustaqillikka erishilgandan so‘ng o‘z­gartish hamda qo‘shimchalar­ kiritish zarurati yuzaga kel­di. Natijada 1995-yil 22-dekabrda ushbu qonunning 24 moddadan iborat yangi tahriri qabul qilindi. Bu qonunning 1-moddasida hamda Konstitutsiyaning 4-moddasida yozilganidek, ”O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir”. Davlat tili haqida Qonunning 8-moddasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinadi va e’lon etiladi. Bu hujjatlarning tarjimalari boshqa tillarda ham e’lon qilinadi.Yuqorida aytganimizdek, qonunning 9-moddasi esa: Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi. Zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta’minlanadi, deyilgan. Demak, davlat tilida ish yuritishning huquqiy maqomi qonunda belgilab qo‘yildi. O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda davlat tili, shuningdek qatnashchilardan o‘zlari tanlagan tillar anjumanning ish tili hisoblanadi. Davlat tili asosan, o‘zining suveren huquqiga ega bo‘lgan mamlakatlarda qonun chiqarish, ijroiya va sud hokimiyatlari faoliyatida ish yuritish uchun qonun yo‘li bilan belgilab qo‘yilgan rasmiy til davlat tili hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. – Toshkent, 2000.


2. Mahmudov N. va bosh. Ish yuritish asoslari. – Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
3. Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent, 2015.
4. To‘xliyev N. Ish yuritish. – Toshkent, 2017.

Internet saytlari





  1. www.pedagog.uz

  2. www.ziyonet.uz

  3. www.edu.uz

Download 38.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling