Mavzu: davlat tushunchasi belgilari mohiyati va tiplari


VAHAKOZO …. DAVLATNING MOHIYATI …


Download 10 Kb.
bet2/4
Sana03.12.2023
Hajmi10 Kb.
#1801727
1   2   3   4
Bog'liq
Rahmonqulova Shalola

VAHAKOZO ….

DAVLATNING MOHIYATI ….

  • Davlatning mohiyati deganda uning mazmuni, maqsadi, davlat hokimiyatining qaysi ijtimoiy-siyosiy guruhlarga mansubligi va u kimning manfaatlariga xizmat qilishi kabi masalalar majmui tushuniladi. Davlatning mohiyati muayyan ijtimoiy guruhning manfaatlariga nisbatan umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini taqozo etadi, bunda davlat ijtimoiy barqarorlik kafili, jamiyatning uzluksiz rivojini ta’minlash mexanizmi sifatida namoyon bo'ladi.

Davlatning mohiyati va ijtimoiy ahamiyati yuzasidan davlat va huquq nazariyasi fani doirasida shakllangan quyidagi nazariyalarni ko‘rsatib o‘tish MUMKUN.

  • TEXNOKRATIK NAZARIYA. Mazkur nazariya XX asrning 20-yillarida vujudga kelgan bo‘lib, 60-70-yillarida ancha keng tarqalgan. Uning tarafdorlari sifatida T. Veblen, D. Barnxeym, G. Saymon, D. Bell va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ushbu nazariya elita nazariyasiga o‘xshab ketsada, u o‘zida ijtimoiy voqelikni muayyan darajada hisobga olishi bilan ajralib turadi.
  • TARIXIY-MATERIALISTIK NAZARIYA. Ushbu nazariya davlatning mohiyati to‘g‘risidagi ta’limotlar tizimida alohida o‘rin egallaydi. U davlatning mavjudligi va taraqqiyotining ko‘pgina jihatlarini tahlil etadi. Ushbu nazariyaning asosida tarixiy materializm va sinfiy kurash g‘oyalari yotadi.

DAVLAT TIPOLOGIYASI ….

  • DAVLATNING TIPI - bu muayyan davlatlarga xos bo'lgan bir xil,|muhim va umumiy belgilar yig‘indisidir. «Tip» atamasi muayyan toifaga mansub predmet yoki hodisalarning umumiy belgilari majmui sifatida talqin etiladi. Xususan, an’anaviy yondashuvga ko‘ra davlatlar muayyan formatsiya va sivilizatsiya doirasida tiplarga ajratiladi.

MISOL UCHUN ……

  • Quldorlik davlati
  • Feodal davlat
  • Sotsialistik davlat
  • Burjua davlati.

QULDORLIK DAVLATI. Yevropada ilk quldorlik davlatlari mil. Avv. IX-VII asrlarda yuzaga kelgan bo‘lsa, misrda undan 20 asr oldin mavjud bo‘lgan. Quldorlik davlatlarining iqtisodiy asosini nafaqat ishlab chiqarish qurollari, vositalari, balki huquq va erkinliklarga ega bo'lmagan qullarning mehnati ham tashkil etgan. Quldorlik davlatining asosiy vazifasi ekspluatatsiya qilinuvchi qullarning qarshiligini bostirish, ularning mehnatidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy vositasi sifatida foydalanish hisoblangan.

  • QULDORLIK DAVLATI. Yevropada ilk quldorlik davlatlari mil. Avv. IX-VII asrlarda yuzaga kelgan bo‘lsa, misrda undan 20 asr oldin mavjud bo‘lgan. Quldorlik davlatlarining iqtisodiy asosini nafaqat ishlab chiqarish qurollari, vositalari, balki huquq va erkinliklarga ega bo'lmagan qullarning mehnati ham tashkil etgan. Quldorlik davlatining asosiy vazifasi ekspluatatsiya qilinuvchi qullarning qarshiligini bostirish, ularning mehnatidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy vositasi sifatida foydalanish hisoblangan.

Download 10 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling