Mavzu: davlat va nodavlat maktabgahata'lim muassasalarining o'ziga xosliklari reja
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish
Download 43 Kb.
|
DAVLAT VA NODAVLAT MAKTABGAHATA\'LIM MUASSASALARINING O\'ZIGA XOSLIKLARI
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatga tuziladi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri: davlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi; bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlaydi; davlat maktabgacha ta’lim muassasasi nomidan faoliyat ko‘rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi; davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi; davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi; o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi; davlat maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limiga kiritadi; davlat maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihoz, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etadi; davlat maktabgacha ta’lim muassasasining moliya-xo‘jalik faoliyatiga javob beradi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tegishli fuqarolar yig‘iniga taqdim etadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’limning innovatsion shakllarini rivojlantirish maqsadida pedagogik kengash faoliyat ko‘rsatadi. Pedagogik kengash a’zolarini saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida belgilanadi. Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish faoliyatini tartibga soladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi. Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling