Mavzu: Davlat xususiy sherikligi asosida aholiga uy joy kommunal xizmat ko'rsatishning samarali omili sifatida


Download 135.16 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi135.16 Kb.
#1556363
Bog'liq
Bekchanov Umidbek]


Mavzu:Davlat xususiy sherikligi asosida aholiga uy - joy kommunal xizmat ko'rsatishning samarali omili sifatida
1. Kommunal xizmatlar sifati – aholi farovonligi va roziligining muhim omili
2. Jahon iqtisodiyotining yangi rivojlanish bosqichi
3. O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
Kommunal xizmatlar sifati – aholi farovonligi va roziligining muhim omili.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-oktabr kuni aholiga sifatli kommunal xizmat ko'rsatish, ko'p qavatli uy-joylar, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarining holati tahliliga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi. 
Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig'ilishda aholiga uy-joy kommunal xizmatlari ko'rsatishni tubdan yaxshilash, uy-joy fondi va ijtimoiy obyektlardan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ish sifatini yuksaltirish va moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko'rib chiqildi. 
Prezidentimiz odamlarning kundalik hayoti, farovonligi, salomatligi va kayfiyatiga bevosita daxldor bu masalalarga doimiy e'tibor qaratib kelmoqda. Shu maqsadda davlatimiz rahbarining 2017-yil 18-apreldagi "Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vazirligi tuzildi. O'tgan davrda vazirlik tomonidan ko'p xonadonli uy-joy fondini saqlash va ta'mirlash, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. 
Davlatimiz rahbarining topshirig'iga muvofiq mutasaddi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ikkita maxsus ishchi guruh tuzildi. 1-ishchi guruh tomonidan Andijon, Farg'ona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida, 2-ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlaridagi holat o'rganildi. 18-iyuldan 30-sentabrgacha davom etgan o'rganishlarda sohadagi muammolarni bartaraf etish bo'yicha belgilangan chora-tadbirlarning har bir shahar va tumanda bajarilishi tahlil qilindi. Asosiy e'tibor ko'p qavatli uy-joy fondi, ijtimoiy soha obyektlari, ichimlik suvi, elektr energiyasi, issiqlik, tabiiy va suyultirilgan gaz ta'minoti, ko'mir yetkazib berish, sanitar tozalash kabi masalalarga qaratildi. Joylarda aholi, mahalla faollari, ta'lim va sog'liqni saqlash muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazilib, ularning talab va takliflari inobatga olindi. 
Jahon iqtisodiyotining yangi rivojlanish bosqichi, globallashuv davrida iqtisodiy inqirozning yechimini topish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, resurslardan oqilona foydalanish va albatta ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarni yanada rivojlantirishni talab etadi. Iqtisodiy o‘sishning eng muhim sharti bu – aholiga sifatli xizmatlar ko‘rsatish va hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashdir. Moliya vazirligi xuzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi barcha sohalarda DXSh asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi yagona vakolatli organ sifatida turli vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Xususan, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi ko‘magi bilan Toshkent shahar hokimligi va Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakilligi direktori Sintiya Mal’vichini bilan birgalikda “Toshkent shahar issiqlik tarmoqlari tizimini uzoq muddatli ijara shartida boshqaruvga topshirish bo‘yicha konsul’tasiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv”ini imzoladi.
Mazkur Kelishuv doirasida Osiy taraqqiyot banki loyihadagi bitimlar bo‘yicha Toshkent shahar hokimligining konsul’tanti sifatida xorijiy kompaniyalardan kelib tushgan takliflarni baholash hamda amaldagi Davlat-xususiy sherikligi to‘g‘risidagi Qonun talablariga ko‘ra, zaruriyat bo‘lganda xorijiy investorlardan kelib tushgan takliflar asosida tender tanlovini o‘tkazib, eng maqbul xorijiy kompaniyani “Toshissiqquvvati” DUK bilan ijara shartnomasini imzolashda ko‘maklashadi. Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida mazkur loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad Toshkent shahar kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy investorlarni keng jalb qilgan holda, issiqlik tarmoqlarini modernizasiyalash va rekonstruksiyalash, tarmoqlardagi bugungi kunda mavjud yo‘qotishlarni butkul bartaraf etish va sohada avtomatlashtirilgan xorijiy informasion texnologiyalarini qo‘llash orqali yuzaga kelayotgan avariya holatlarini oldini olish hamda Toshkent issiqlik ta’minotida zamonaviy menedjment usullari va jarayonlarni qo‘llashdan iborat.
O‘zbekistonda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etildi. Bu Prezidentning 18apreldagi «Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida belgilangan.
Farmonga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, vazirlikni tashkil etishdan maqsad «uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik asosida ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, ko‘p xonadonli uylarni saqlash qoidalariga rioya etilishini texnik nazorat qilish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish, aholiga sifatli uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, shuningdek, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash"ga yo‘naltirilgan. maqsadida tashkil etiladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 4000 dan ziyod xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati 32,4 mingdan ortiq ko‘p xonadonli uylarga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘tgan davr mobaynida aholi nufusi muttasil o‘sib borishiga qaramasdan aholini uy-joy bilan ta’minlash darajasi kishi boshiga 1991 yildagi 12,4 kvadrat metr o‘rniga o‘rtacha 15,2 kvadrat metrga oshdi.
Uy-joy kommunal sohasining bugungi holatini tahlil qilish asosida zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Joylardagi ijro hokimiyati organlari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari faoliyatini yetarlicha muvofiqlashtirmayapti. Ko‘p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish borasida kompleks yondashuvning yo‘qligi aholiga sifatli va kafolatli kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishga to‘siq bo‘lmoqda.
Ko‘p xonadonli uy-joy fondini tegishli darajada saqlashni nazorat qilish tashkil etilmagan, ko‘p hollarda uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qilish va unda aholining xavfsiz yashashi bo‘yicha belgilangan talablar buzilishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Bino va inshootlarni ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarishga oid qoida va muddatlarga rioya etilmayapti, eski uylarni buzish bo‘yicha ishlar olib borilmayapti, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarning holati sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena me’yorlariga to‘liq javob bermaydi.
Aholi sifatli ichimlik suvi va markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan yetarli darajada ta’minlanmayapti.
Farmonga muvofiq, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va uning tarkibida Qoraqalpog‘iston Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi hamda uning tuman (shahar) bo‘limlari tashkil etildi.
Quyidagilar davlat boshqaruv organi sifatida mazkur vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
  • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosati yuritish va idoralararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
  • ko‘p xonadonli arzon uy-joylar qurish davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishini ta’minlash, bunday uy-joylarni, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti ob’ektlarini barpo etish bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajarish, eski va avariya holatidagi uylarni buzishni tashkil etish;
  • uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ekspluatatsiya xarajatlarini belgilash talablariga, ko‘p xonadonli uylardan texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish, ko‘p xonadonli uylarga tutash hududlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq holatda saqlash;
  • aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘liq holda, suv ta’minoti hamda kanalizatsiya ob’ektlarini rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli amalga oshirilishini tashkil etish, soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni ta’minlash;
  • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy etish, jumladan, uy-joy kommunal xo‘jalik ob’ektlarini zamonaviy hisobga olish-o‘lchash priborlari bilan ta’minlash, qurilish-montaj ishlari tannarxini kamaytirish imkonini beradigan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy, sifatli qurilish materiallari va buyumlaridan keng foydalanish;
  • uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga oid me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi hisobga olingan holda, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!


Download 135.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling