Mavzu: Davlatga qarashli bólmagan mtt larni tashkil qilish Reja


Download 400.39 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi400.39 Kb.
#1537634
1   2   3
Bog'liq
Davlatga qarashli bólmagan MTT larni tashkil qilish

2. MTM da murabbiy va tarbiyachilarga zarur bo’lgan shaxsiy xislatlari byicha pedagogik mahoratiga qo’yilgan talablar.



  • murabbiy va tarbiyachilarning bolalarni tushuna olish va bola shaxsiga hurmat bilan qarash bilan bog’liq hislatlari;

  • murabbiy va tarbiyachilarning o’z tarbiyalanuvchilariga tarbiyaviy va ruhiy (ertak, hikoya, hikoyat, hikmatlar va donolar fikrlarini aytish orqali) ta’sir o’tkaza olishga doir xislatlari;



  • murabbiy va tarbiyachilarning o’z atrofdagilariga, ayniqsa o’z tarbiyalanuvchilariga ibrat-namuna bo’la olishi, ya’ni “Ibrat-namuna hayot dorilfununi” tizimidagi ma’lumotlar bilan qurollanggan holda mashg’ulotlar o’tkaza olishiga oid xislatlari.

MTM dagi murabbiy va tarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga ularning bolalar jamoasidagi vazifalari, ularning ish faoliyatidagi fidoyiligi, bolasevarligi, bolaning istiqboliga qiziqishlari bilan aniqlanadi. Umuman olganda, MTM da faoliyat yurituvchi murabbiy va tarbiyachilar quyidagidek psixo-fizologik xususiyatlarga ham ega bo’lishi kerak: mustahkam sog’liq, sog’lom fikrlilik, jismoniy baquvvatlilik, irodalilik, chidamlilik, ishchanlik, g’ayratlilik, bayroqdor bo’lishga ishtiyoqlilik va hokazo. Shuningdek, ular konstruktiv, analitik va ijodiy fikrlashlarga ham qodir bo’lishlari kerak. Ularga konstruktiv fikrlash ishni oqilona rivojlantirish va odilona tashkil qilish uchun kerak bo’lsa, analitik fikrlash bolaning mehnat va rasm chizish ko’nikmalarini hosil qilishini nazorat qilish va ular natijalarini tahlil qilish uchun kerak bo’ladi va nihoyat ijodiy fikrlash – bu kasbiy faoliyat jarayonidagi har qanday topshiriq yoki vazifani mustaqil hal qilish hamda ularning istiqbollarini ko’ra bilishda juda kerak bo’ladi. Bulardan tashqari ushbu jarayonda murabbiy va tarbiyachilarning nutq madaniyati ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ular o’z nutq madaniyatiga ham talabchan bo’lishlari kerak. Ularga qo’yilgan talabni quyidagicha ifodalasak bo’ladi:

  • Murabbiy va tarbiyachining muloyim, jozibador, bolalarni o’ziga tortuvchi ohangda gapira olishi kerak;

  • Murabbiy va tarbiyachining o’z ovozini xohlagan paytda va holatda boshqara olishi, rostlay olishi va o’z ovoziga muloyimlik ruhi va ta’sirchanlik ruhi beraolishi kerak;

  • Murabbiy va tarbiyachi bolalarga muomala borasida katta hajmdagi so’z boyligiga ega bo’lishi kerak va ular ichidan har bir bolaga mos va xos chiroyli muomala qila olishi kerak;

  • Murabbiy va tarbiyachi bolalarga biror narsa yoki voqyea haqida so’zlab berganda ifoda etilayotgan jarayon ichiga kirib keta olishi, uni jonli ifoda etishi, ya’ni nutqda obrazli va hayojonli harakatlarni ifoda etishda aktyorlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak;

  • Murabbiy va tarbiyachilar bolalar oldiga chiqqanda “qog’ozsiz” (ya’ni faqat o’qish orqali emas) chiqishga odatlanish kerak, aks holda bolalar tezda zerikib qoladi;

  • Murabbiy va tarbiyachilar bolalar oldiga chiqqanda imo-ishoralardan oqilona foydalanishi kerak, aks holda bolalar sizga “artist”, degan taxallus qo’yib yuboradi.

MTM dagi tarbiyachi va murabbiylar o’zlarining kasbiy mahoratiga qo’yilgan talablarga amal qilsa, quyidagidek yutuqlarga erisha oladi:

  • bolalar bilan ishlashda ularning tarbiyasi va rivojlanishiga qayg’uradi, hamda ularga ishonish orqali bolalarning faollik va ijodiy qirralarini namoyon qila oladi. Bunda bolalarni tushuna olish qobiliyati ularning pedagogik mahoratiga o’ta muhim sifatiy ko’rsatkichdir;

  • ular tashkilotchilik faoliyati orqali bolalarda mashg’ulotga qiziqishni, jamoaviy ishlarni tashkil etishda bolalarga ijobiy-jamoaviy ta’sir etishni, bollarda havaskorlik va tashabbuskorlik hamda javobgarlik hislarini shakllantira oladi. Bunday holatda ularning o’zidagi bor energiyani boshqalarga o’tkaza olishi va o’z bilim, ko’nikma, malakalarini to’liq ishga solib bolalarga ta’sir o’tkazishi o’ta muhimdir;

  • ularning bolalar jamoasida ishlashiga bo’lgan moyilligi, qiziqishi, layoqati va fidoyiligi tufayligina bolalar jamoasining ma’naviy jihatdan bilimliligi ta’minlanadi, bolalardagi ijodiy faoliyat va tashabbuskorlikka ijobiy turtki bo’ladi;

  • ularning o’z-o’zini baholay olishi va shu asosda o’zini boshqarishi o’z tarbiyalanuvchilaridagi sabr toqatlilik, tanqidiy fikrni to’g’ri qabul qilishlik, o’z-o’ziga talabchanlik, chegaralilik, mehnatdan qo’rqmaslilik kabi insoniy sifatlarni shakllantirishga asos bo’lishi mumkin;

  • ularning bolalar bilan ishlashdagi muomalada kirishuvchanligi va bolalarga bo’lgan samimiyligi hamda muloyimligi bolalardagi barcha bilan muloqot qila olishligini, bolalarning tezda o’z o’rtoqlari bilan til topisha olishligini, erkin muloqot qila olishligini, sezgirlikni, mehribonlikni, o’zaro hamkor bo’lishlikni va shu kabilarni shakllantirishga samarali ma’naviy asos bo’la oladi;

  • ularning barcha yangilikni tez anglay olishi va bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir ish turidan ikkinchisiga tez o’ta olishi bolalardagi quyidagi insoniy jihatlarni shakllantirishga namunaviy-ma’naviy asos bo’la oladi: bolalarda o’rtoqlarining his hayajonlariga qayg’udosh bo’lish shakllana boradi; o’tkir zehinli va sinchkov bo’ladi; o’z e’tibori va diqqatini tezlik bilan biror narsaga qarata oladi hamda u haqda fikr yurita oladi; imo-ishora, rolga kirishuvchanlik, go’zal harakatlar qilish va zavqlilik kabi hislatlarni o’zida namoyon qila oladi; har qanday holatda va sharoitda ham o’z hissiyotlarini jilovlashni amalga oshira oladi; turg’unlik va chidamlilik, ya’ni bolalar o’zini idora qilib, tezlik bilan o’zini bosa oladi; hissiy munosabatlarni jilovlay oladi, ya’ni xoholab kulmaydi, baqirib gapirmaydi, qo’pol muomala qilmaydi, birovni kamsitmaydi, birovning asabiga tegmaydi va xullas ular o’zaro munosabatlarda ma’naviyatli bo’lib yetishadi.


Download 400.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling