Mavzu: Davlatning kelib chikishi va mohiyati


Download 105 Kb.
bet2/2
Sana23.04.2023
Hajmi105 Kb.
#1388649
1   2
Bog'liq
1 Huquqshunoslik fanining-predmeti-maqsadi-va vazifalari (2)

Unitar davlat bu oddiy, yaxlit davlat. Bunday davlat viloyat, oblast. okrug, voyevodstvo, rayon, tuman deb turlicha nomlanadigan ma'muriy-hududiy birliklarga bo'linadi. Bunday davlatda bitta parlament, bitta hukumat, bitta prezident bo'ladi. Unitar davlat odatda bir millatli bo'ladi.
Unitar davlat belgilari quyidagilardan iborat:

  • butun mamlakat miqyosida bir xil bo'lgan vakillik. ijroiya va sud organlari bo'ladi;

  • bitta konstitutsiya; yagona qonunchilik tizimi;

  • yagona fuqarolik;

  • yagona pul birligi;

  • barcha ma'muriy-hududiy birliklar uchun umumiy bo'lgan soliq va kredit siyosati;

  • unitar davlatlar tarkibiy qismlari suverenitetga ega emas (ya'ni torn ma'nodagi davlatlar emas);

  • yagona armiya mavjudligi.

Federativ davlat murakkab, ittifoqdosh davlat. Odatda u bir qancha davlatlarning birlashuvidan hosil bo'ladi. Birla-shganidan keyin bu davlatlar federatsiya a'zolari yoki subyektlari bo'lib qoladilar. Ular turlicha atalishi (shtatlar, o'lkalar. respublikalar) va o'z ma'muriy-hududiy bo'linmalariga ega bo'lishi mumkin.
Federatsiyada hokimiyat idoralarining ikki tizimi amal qiladi: federal darajada va federatsiya subyektlari darajasida. Federal darajada ham. federatsiya subyektlari darajasida ham prezident, parlament. hukumat bo'lishi mumkin.
Federativ davlat belgilari: federatsiya hududi uning subyektlari hududidan tashkil topadi; oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federal davlat organlariga tegishli bo'ladi;
federatsiya subyektlari va federatsiyaning o'zi o'rtasidagi vakolatlar ittifoq konstitutsiyasi bilan belgilanadi; federatsiya subyektlari o'z konstitutsiyasi, o'zlarining oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega;
federatsiyaning oliy qonun chiqaruvchi (vakillik) idorasi ikki palatali tuzilishga ega (federatsiya a'zolarining manfaatlarini ifoda etuvchi qo'shimcha palala mavjud).
Konfederatsiya — o'z suvereniteti va mustaqilligini saqlab qolgan holda u yoki bu maqsadga erishish uchun birlashgan davlatlar ittifoqi. Konfederatsiyada yagona hudud, yagona fuqarolik bo"Imaydi. Har birdavlat xalqaro huquqning teng huquqli subyekti bo'ladi.
Konfederatsiya belgilari quyidagilardan iborat:

  • mustaqil davlatlarning muayyan maqsadlarga erishish uchun birlashgan ekanligi:

  • konfederatsiya — mustahkam bo'lmagan tuzilma;

  • yagona hududning yo'qligi (konfederatsiya uning a'zolari bo'lgan davlatlar hududidan tashkil topadi);

  • yagona fuqarolikning bo'lmasligi;

  • konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqish huquqiga egadirlar;

  • konfederatsiya subyektlari ittifoq hokimiyati qonun hujjatlarini nullifikatsiya qilish (e'tirof etmaslik yoki qo'Ilamaslik) huquqiga egadirlar;

  • konfederatsiya vakolatiga uncha ko'p bo'lmagan (urush va tinchlik, xalqaro siyosat va hk.) masalalarni hal etish kiradi;

-konfederatsiya byudjeti uning a'zolariningixtiyoriy badallaridan tashkil topadi.
Konfederatsiya tuzilishidagi davlatlarning odatda umri qisqa bo'ladi. Ular ko'p sohalar bo'yicha birlashib federatsiyaga aylanib ketadi yoki parchalanib unitar davlat holatiga qaytadi. Hozirda konfederativ davlatga misol qilib o'zida bir necha davlatlarni birlashtirgan Yevropa Ittifoqini keltirish mumkin.
Siyosiy tuzum — davlat hokimiyatini amalga oshirish usul va yo'llarining majmui bo'lib, mamlakatdagi siyosiy vaziyatni, ya'ni jamiyatdagi siyosiy erkinlik darajasini va shaxsning huquqiy holatini bildiradi.
Demokratiya (yunoncha «xalq hokimiyati») — inson siyosiy va fuqarolik huquqlarining tengligini, fuqarolarning davlat hokimiyati idoralarini tuzishda va ularning faoliyatida faol ishtirok etishini. xalq irodasini demokralik hokimiyatning yagona manbai deb bilishni anglatadi. Xalq hokimiyatchiligi ikki shaklga ega: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya.
Vakillik demokratiyasi xalqning o'z hokimiyatini vakillik idoralari, ya'ni demokralik hokimiyatning va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish idoralarining saylab qo'yiladigan organlari orqali amalga oshirilishini bildiradi. Bevosita demokratiya xalqning demokratik hokimiyat masalalarini hal etishda umumxalq ovoz berishi (referendum) yo'li bilan to'g'ridan-to'g'ri ishtirok etishidir.
Demokratik tuzum belgilari:

  • shaxsning iqtisodiy sohada erkinligi;

  • inson va fuqaro huquqlari va erkinliklarining e'lon qilinishi va kafolatlanishi:

  • barcha shakllardagi va torn ma'nodagi demokratiya;

  • hokimiyat vakolatlarining bo'linishi;

  • ijtimoiy hayotda fikrlar xilma-xilligi (plyuralizm), ijtimoiy birlashmalarning ko'pligi;

-qonunustunligi.
Agar davlatda demokratik tuzum hukmron bo'lsa, demak, bu davlatda fuqarolar umume'tirof etilgan huquq va erkinliklardan to'la foydalanadilar, davlat esa ularni nafaqat tan oladi. balki har tomonlama kafolatlaydi va himoya qiladi.
Bunday davlatda mafkuraviy va siyosiy xilma-xillik konstitutsiya bilan mustahkamlab qo'yiladi, siyosiy partiyalarning faoliyatiga ruxsat etiladi. Siyosiy partiyalar oliy va mahalliy hokimiyat idoralariga deputatlarni saylashda ishtirok etish orqali iloji boricha ko'proq a'zolarini hokimiyat idoralariga kiritishga harakat qiladilar. Qoida tariqasida, demokratik saylovda g'alaba qilgan siyosiy partiyalar hukumatni tuzish va shu tariqa o'z siyosatini o'tkazish huquqiga ega bo'ladilar.
Antidemokratik tuzumga xos xususiyat shundaki, bunday tuzumda davlat idoralari hokimiyatni amalga oshirish chog'ida demokratik prinsiplar va qoidalarga rioya etmaydilar, ularni doimo yoki tez-tez buzadilar. Bunday siyosiy tuzumda fuqa-rolarning huquq va erkinliklari poymol etiladi, qo'pol ravishda buziladi, muxolafat bartaraf etiladi (ba'zan juda shafqatsizlik bilan), ba'zida esa parlament singari demokratik institutlar yo'q qilinadi.
Aksildemokratik tuzum belgilari quyidagilardan iborat:

  • davlatning huquqdan ustunligi;

  • davlatning jamiyat hayoti barcha sohalarini nazorat qilishi;

  • davlatning shaxs manfaatlariga befarqligi;

  • jamoat tashkilotlarining davlatlashtirilishi;

  • ijtimoiy hayotning butunlay harbiylashtirilishi;

- kam sonli millatlar manfaatlariga e'tibor berilmasligi.
Aksildemokratik tuzumlar ichida fashistik va totalitar tuzumlarni
ko'rsatish mumkin.
Fashistik tuzumda har qanday muxolafat yo'q qilinadi, biron irqning hukmronligi e'lon qilinadi, boshqa hududlarni bosib olish uchun yoi ochiladi. 1933—1945-yillardagi fashistlar Germaniyasi va o'sha davrdagi fashistlar Italiyasi fashistik tuzumli davlatlarga misol bo'la oladi.
Totalitar tuzum bir partiyaning hukmronligi, huquq va erkinlik-larning poymol etilishi, ko'pincha esa ularning yoppasiga buzilishi, o'zgacha fikrlashga qarshi kurash, saylovchilarning saylovda muqobil deputatlarni saylash imkoniyatining bo'imasligiga asoslangan boshqaruvi deb ta'riflanadi. Totalitar davlat misoli sifatida sobiq Sovet Ittifoqini keltirish mumkin.
Siyosiy tuzum davlat shaklining insonning jamiyaldagi mavqeini belgilovchi eng muhim elementidir.

АДАБИЁТЛАР:


1. Ўзбекистон Республикаси Конспиудияси, Т., 1992 й.


2. X. Р. Рахмонқулов. Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик Кодексининг 1-ва 2-қисмларига умумий,тавсиф ва шарҳлар, 2 хилд, Т., 1997-1999 й.
3. И. Б. Зокнров. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик ҳуқуқн, дарс-лик, 1-етсм, 1996 й.
4. Узбекиспш Реагу&шкасинит Фуқар4)лик ҳуқуқи, дарслик, 2-Kfiot, T., 1999 й.
5. Гражцанское право, Учебннк, часть 1, Издание вгорое (под. ред. А. П. Сергеева, Ю. К. Толстого) М., 1996 г.
6. Словарь гражданского правз под. ред. В. В. Зелеского. М., 1998 г.
Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling