Mavzu: Davlatning pul kredit siyosati, maqsadi va dastaklari Mundarija: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 120.4 Kb.
bet4/8
Sana19.06.2023
Hajmi120.4 Kb.
#1612397
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Davlatning pul kredit siyosati, maqsadi va dastaklari 4334

MxV PxQ doirasida ishlab chiqarilgan tovarlar va hizmatlar miqdori.
2. Miqdoriy nazariya tarafdorlari pul aylanish tezligining doimiyligi
to’g’risidagi qarashga ma’lum bir ma’noda yon bosish kerak, deb hisoblaydilar.
Pulning miqdoriy nazariyasiga ko’ra, baholar darajasi muomaladagi pul miqdoriga
proporsionaldir. Bunday sharoitda baholar darajasining o’zgarishi pul taklifining
o’zgarishiga ma’lum bog’liqlikda bo’ladi. Pul taklifida YAMMning nominal hajmi
o’rtasidagi sabab va oqibat bog’lanishi foiz stavkasi orqali amalga oshiriladi. Pul
taklifining YAMMga ta’sir etish mehanizmi aslida yashiringan bo’lib, M.Fridmen
ushbu mehanizmni "aktivlar portfeli" degan oraliq kategoriyani kiritgan holda
tushuntiradi. Pul taklifining monetarcha tahlilidan kelib chiqadigan muhim
hulosalardan biri shundaki, iqtisodiyotni barqaror tarzda rivojlantirib borish pul
massasining bir tekis, doimiy sur’atda o’sib borishini ta’minlashni talab qiladi.
Monetarchilar yuqorida bayon etilgan g’oyalarga asoslangan holda, Markaziy bank
pul taklifini tartibga solish imkoniyatlariga ega, degan hulosaga keldilar.


2. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining strategik va taktik
maqsadlari.
Pul-kredit ta’limotlarining asosiy masalalaridan biri monetar siyosatning
maqsadli ko’rsatkichlarini to’g’ri tanlash masalasi hisoblanadi. Jahon iqtisodiy
amaliyotidan ma’lumki, monetar siyosatning asosiy yo’nalishlari muhokama
qilinayotganda Markaziy bankning mas’ul mutaxassilari asosiy e’tiborni
mamlakatda iqtisodiy o’sish, narxlar, foiz stavkalari, moliya va valyuta
bozorlarining barqarorligini ta’minlash hamda mustahkamlash kabi bir qator
masalalarga qaratadilar.
Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishda mamlakatda amalga
oshirilayotgan makroiqtisodiy, monetar va fiskal siyosatning muvofiqligini
ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Aks holda qo’yilgan maqsadlarga
muvaffaqiyatli darajada erishib bo’lmaydi.
Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirish va uning maqsadlariga
erishishda yetarli darajada samara berishi mumkin bo’lgan bir yoki bir-necha
maqsadli ko’rsatkichlarni tanlab olishi muhim ahamiyatga egadir. Odatda markaziy
bank monetar siyosatning oraliq maqsadi sifatida pul agregatlaridan, jumladan, pul
massasi yoki pul bazasidan foydalanadi.
Markaziy bank monetar siyosatni amalga oshirayotganda yakkayu-yagona
monetar ko’rsatkichga asoslanmasligi kerak. Chunki har bir ko’rsatkich ma’lum
kamchiliklarga ega bo’lishi bilan birga, ular iqtisodiyotdagi ma’lumotlarni to’liq
o’zida aks ettira olmaydi. Masalan, markaziy bank monetar ko’rsatkichlardan biri
pul massasi orqali iqtisodiyotda pulga bo’lgan real talab va taklifni aniqlash,
monetizatsiya darajasi, pulning aylanish tezligi yoki pul massasining inflyatsiyaga,
almashuv kursiga, foiz stavkalariga va umuman iqtisodiyotga qay darajada ta’sir
etishi kabi ayrim masalalarni aniqlashi mumkin, holos.
Shuningdek, iqtisodiy konyunkturaning o’zgarishi, makroiqtisodiy va
moliyaviy ma’lumotlar hamda bank tizimining monetar siyosat pirovard
maqsadlariga ta’sir etish ko’lami kabi ma’lumotlarga ega bo’lish markaziy banklar
uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O’z navbatida, monetar siyosatning asosiy
yo’nalishlarida makroiqtisodiy siyosatning maqsadlari, iqtisodiy konyunkturaning
tahlili, jumladan, real sektor, davlat byudjeti, investitsiya, tashqi savdo aylanmasi,
to’lov balansi, asosiy makroiqtisodiy va monetar ko’rsatkichlar holati, bank
tizimining rivojlanishi kabi bir qator ma’lumotlar mujassamlashgan bo’ladi. Ushbu
ma’lumotlarni tahlil qilish asosida markaziy bank inflyatsiyaning yoki pul
massasining maqsadli ko’rsatkichlarini belgilab oladi va unga erishish uchun o’z
ihtiyoridagi barcha vosita hamda usullardan samarali foydalanadi.
Markaziy bank pul massasi ustidan qat’iy nazoratni o’rnatish orqali valyuta
kursining barqarorligiga erishish mumkin. Ammo bank tizimining va moliya
bozorining likvidliligi kamayib ketadi. Moliya vazirligi esa harajatlarni oshirish
orqali, bir tomondan iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, ikkinchi tomondan, moliya
bozorida foiz stavkasining ko’tarilishiga, iqtisodiyot real sektorida
investitsiyalarning kamayishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda shunga o’xshash ziddiyatli holatlar iqtisodiyotni, jumladan,
bank tizimi va moliya bozorlarini erkinlashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi,
almashuv kursi bo’yicha cheklovlarni olib tashlash natijasida kuchayadi. Bunday
salbiy holatlarni bartaraf etish uchun makroiqtisodiy va monetar siyosatning
moslashuvchan bo’lishini talab etadi.
Jahon bank amaliyotiga muvofiq pul aylanish tezligi nominal yalpi ichki
mahsulotning o’rtacha yillik pul massasiga nisbati orqali aniqlanadi. Klassik
iqtisodiy maktab vakillarining nominal YAIMning pul massasi hajmining
tebranishlari ta’siri ostida o’zgarishi to’g’risidagi hulosalari shunga asoslanganki,
pulning aylanish tezligini (PY/M) yetarli darajada doimiy deb hisoblash mumkin.
Ularning hulosasidan farqli o’laroq, biz pul aylanish tezligini doimiy, deb
hisoblamaymiz. AQSH iqtisodiyoti misolida 1915 yildan 2016 yilgacha bo’lgan
uzoq davr mobaynida M1 va M2 pul agregatlari bo’yicha pulning aylanish tezligi
dinamikasi tahlil pul aylanish tezligining barqaror emasligini ko’rsatdi. Shuning
uchun uni doimiy deb bo’lmaydi.
Bu tebranish ikkala Jahon urushi va Buyuk depressiya davrida
iqtisodiyotning nobarqarorligi bilan ham izohlanadi. Jumladan, o’tgan asrning 50-
yillaridan keyin pulning aylanish tezligi tobora o’sib borgan. Hatto shunda ham
sezilarli darajada tebranishlar kuzatilgan.
Xususan, 1981 -1982 yillarda M1 (YAIM/M1) pul agregati bo’yicha pul
aylanish tezligining foizdagi o’zgarishi manfiy, ya’ni - 2,5 foizni tashkil etgan
bo’lsa, 1980-1981 yillarda esa u 4,2 foizga o’sgan. O’rtadagi 6,7 foizlik farq
nominal YAIMning 6,7 foizga kamayganligini ko’rsatmoqda, agar pulning
aylanish tezligi 1980-1981 yillardagi darajada saqlanib qolganda edi, o’rtada
bunday farq bo’lmas edi. Uning kamayishi 1981 -1982 yillardagi jiddiy iqtisodiy
inqiroz bilan bevosita bog’liqdir.6
Umuman, AQSH iqtisodiyotida 1982 yildan keyin M1 pul agregati bo’yicha
pul aylanish tezligining tebranishi yanada kuchaydi, pulga bo’lgan talabni empirik
tarzda o’rganayotgan tadqiqotchilarni bir-oz tashvishlantirib qo’ydi. M2 pul
agregatidagi pulning aylanish tezligi esa M1 pul agregatidagi pulning aylanish
tezligiga nisbatan ancha barqarorroq bo’lib qoldi. Bu esa Federal Rezerv
Tizimining (FRT) o’z monetar siyosatda M1 pul agregatidan maqsadli ko’rsatkich
sifatida foydalanishdan voz kechib, uning o’rniga M2 pul agregatiga o’tish bilan
izohlanadi.
Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) ma’lumotlari asosida olib borilgan holda
natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi paytda bir qator rivojlangan
mamlakatlarda, jumladan AQSH, Germaniya va Kanadada ham XX asrning 70- va
80-yillarida M1 pul agregati bo’yicha pul aylanish tezligining tebranish darajasi
juda katta va nobarqaror bo’lgan. Ushbu ko’rsatkich 1963 yilda, Germaniya va
Kanadada mos holda 6,1 va 6,3 martani, AQSHda 3,8 martani tashkil etgan.
Keyingi yillarda esa ushbu ko’rsatkichning tebranish darajasi tobora kattalasha
boshlagan. Jumladan, 1982 yilga kelib pulning aylanish tezligi Kanadada 9,4
martani, Germaniyada 6,2 va AQSHda 6,4 martani tashkil etgan7.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, XX asrning 90-yillariga qadar M2 pul
agregati bo’yicha pul aylanish tezligi M1 pul agregatiga nisbatan barqarorroq
bo’ldi. Masalan, AQSHda 1963 yilda M2 pul agregati bo’yicha pul aylanish
tezligining quyi chegarasi 1,52 martani tashkil etgan bo’lsa, oradan 20 yil o’tib,
ushbu ko’rsatkich sezilarsiz darajada o’zgargani holda 1,55 martani va 1993 yilda
esa 1,76 martani tashkil etgan. O’ttiz yil davomida esa M2 pul agregati bo’yicha
o’rtacha pul aylanish tezligi 1,64 martani tashkil etgan8.
Biroq 90 - yillarning boshlarida M2 pul agregatida pul aylanish tezligining
nobarqarorligi tufayli Federal Rezerv Tizimining 1993 yilning iyulida monetar
siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishda pul agregatlaridan, shu jumladan, M2
pul agregatidan foydalanishni to’htatishga majbur qildi.
Ta’kidlash joizki, horijiy mamlakatlarda bank tizimi, moliya bozorlarining
yuksak darajada rivojlanganligi, iqtisodiyotning o’sishiga mos ravishda
muomaladagi pul massasining oshib borayotgani pul aylanish tezligining
sekinlashishida muhim omil bo’lmoqda.
Hozirgi paytda rivojlangan davlatlar bank amaliyotida oraliq maqsad sifatida
yalpi pul massasi, ya’ni - M2 pul agregatidan foydalanilmoqda. Shuni alohida
ta’kidlash lozimki, Germaniya federativ respublikasida 1990-1992 yillar
mobaynidagi qisqa muddatli vaqt oralig’ida M2 pul agregatidan M3 pul agregatiga
ko’rsatkich sifatida o’tildi. Buning asosiy sababi shu bo’ldiki, ikki nemis
davlatining qo’shilishi munosabati bilan naqd pul muomalasi va iqtisodiy faollik
o’rtasidagi bog’liqlik kuchaydi.
Rivojlangan, rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar M2 pul
agregatidan foydalansa-da, so’nggi paytlarda o’z monetar siyosatlarini ko’proq
narxlar barqarorligini ta’minlashga yo’naltirmoqdalar. Inflyatsiya esa asosiy
maqsadli ko’rsatkich bo’lib qolmoqda. Chunki inflyatsiya darajasi past bo’lgan
mamlakatlarda barqaror iqtisodiy o’sish, monetizatsiya darajasining sezilarli
darajada oshishi va pul aylanish tezligining tobora sekinlashib borish jarayonlari
kuzatilmoqda.
Ma’lumki, monetar siyosatning kelgusi yilga mo’ljallangan asosiy
yo’nalishlari ishlab chiqilayotganda Markaziy bank asosiy e’tiborni hukumat
tomonidan qo’yilgan qator maqsadlarga: iqtisodiy o’sish, inflyatsiya, valyuta kursi,
foiz stavkalari, to’lov balansi, moliya, xususan pul va valyuta bozorlarining
barqororligini ta’minlashga qaratadi. Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda
Markaziy bank monetar siyosatning oraliq, operatsion va pirovard maqsadlarini
belgilab oladi. Buning uchun Markaziy bank bir yoki bir necha ko’rsatkichni
tanlab olishi mumkin. Pul-kredit siyosatning maqsadi ochiq va yopiq tarzda
bo’lishi mumkin. Pul kredit siyosatning maqsadi ochiq bo’lsa, siyosatning maqsadi
ommada e’lon qilinadi9.
Markaziy bank pul agregatlarini samarali nazorat qilish va tartibga solish
uchun monetar siyosatning oraliq maqsadidan foydalanadi va odatda rezerv
pullarni tanlab oladi. Operatsion maqsad - sifatida pul massasi yoki kredit hajmini
tanlaydi. Pirovard maqsad sifatida esa - narxlarning barqarorligini, YAIMning real
o’sishini ta’minlash kabi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni tanlab oladi.
Hozirgi paytda inflyatsiya darajasi va milliy valyuta kursini barqaror ushlab turish
monetar siyosatning pirovard maqsadlari hisoblanadi.
Monetar siyosatni amalga oshirishda Markaziy bank, eng avvalo, pul taklifi
miqdorini iqtisodiyotning pulga bo’lgan real talabiga muvofiqlashtiradi,
muomalada ortiqcha pul massasi paydo bo’lishining va inflyatsiyaning kelib
chiqishini oldini olishga qaratilgan choralarni ko’radi. Chunki markaziybanklarning bosh maqsadi - milliy valyuta va narxlarning barqarorligini
ta’minlashdan iborat. Buning uchun ular pulga bo’lgan talab va taklifning
muvozanatini saqlagan holda, pul massasi miqdorini samarali tartibga solish
hisoblanadi.
Yuqoridagi chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilayotganligi, bank
tizimi va moliya bozorining, xususan, pul, qimmatli qog’ozlar va valyuta
bozorining barqaror rivojlayotganligi, o’z navbatida, monetar siyosat
samaradorligini yanada oshirish imkonini bermoqda.
Ayni paytda MDH davlatlarida, jumladan O’zbekistonda ham monetar
siyosatning ochiq bozordagi operatsiyalar, valyuta siyosati, majburiy zahira
talablari, foiz siyosati, depozit operatsiyalari kabi bir qator bilvosita vositalaridan
samarali foydalanilmoqda. Shuningdek, tijorat banklarining bo’sh pul
mablag’larini maxsus depozitlarga va Markaziy bankning qimmatli qog’ozlariga
jalb qilish bo’yicha operatsiyalar ham muntazam ravishda o’tkazilmoqda. Ushbu
operatsiyalar 1 kunlik, 1 haftalik, 2 haftalik depozit auksionlari ko’rinishida
amalga oshirilmoqda. Ushbu vositalar, o’z navbatida, Markaziy bankka monetar
siyosat samaradorligini oshirish imkonini bermoqda.
Monetar siyosatning bilvosita vositalarini qo’llash xususida mamlakat
Prezidenti I.A.Karimov, jumladan, shunday deydilar: "Kassa rejalarini nazorat
qilish singari eskirgan usullardan voz kechib, yalpi pul massasini boshqarishning
foiz stavkalari kabi bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan, zamonaviy, tez
moslashuvchan uslublari joriy etilgani bu boradagi muhim qadam bo’ldi" 10.
Shu sababli, XX asrning 70-yillari boshidan 80-yillarining ohiriga qadar
rivojlangan mamlakatlar barqaror iqtisodiy o’sishni va moliyaviy barqarorlikni
ta’minlash maqsadida, pul-kredit siyosatini amalga oshirishda bevosita
vositalardan asta-sekin voz kechib, ochiq bozordagi operatsiyalar, zahira talablari
kabi bir qator bilvosita vositalarga o’ta boshladi. Bilvosita vositalarga o’tish
jarayoni ko’pchilik mamlakatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Jumladan,
Kanada 1967 yilda, Frantsiya va Buyuk Britaniya 60-yillarning ohirida, 90-
yillarning boshlarida Belgiya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya,
Finlandiya, Shvetsiya, AQSH, Yaponiya, Germaniya, Yangi Zelandiya, Chili,
Meksika bilvosita vositalarilardan foydalanishga o’tishdi. Ushbu davlatlarning
integratsiyalashuvi, o’z navbatida, pul-kredit siyosatini amalga oshirishda bilvosita
vositalardan foydalanish usullarini bir-biriga yaqinlashtirishga imkon berdi.
Ta’kidlash joizki, o’sha paytda ayrim mamlakatlar islohotlarda
chekinishlarga ham yo’l qo’yib, ba’zi bevosita cheklovlarni qo’llashni davom
ettirgan holda, ma’lum muddatda bevosita vositalardan foydalanishga qaytgan
edilar. Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya va Frantsiyada 1990 yilga qadar kredit
uchun ayrim bevosita cheklovlar qo’llanildi. Yaponiyada foiz stavkalarini cheklab
qo’yish va kreditlash mexanizmiga nisbatan tavsiyalar berish kabi ahloqiy ta’sir
o’tkazish usuli uzoq vaqt saqlanib qolib, 1991 yilda rasman bekor qilindi27.
Umuman, bilvosita usullarga o’tish jarayoni rivojlangan mamlakatlarda oson
kechdi. Birinchidan, ularda moliya bozori yetarli darajada rivojlangan bo’lib,
Markaziy bank bilvosita vositalardan yanada kengroq foydalana boshladi.
Ikkinchidan, makroiqtisodiy holat asosan muvozanatlashgan edi. Uchinchidan, foiz
stavkalari tez-tez cheklanganligiga qaramasdan, odatda ular bozor muvozanatini
ta’minlovchi darajaga yaqin edi va jiddiy nomutanosibliklarni keltirib chiqarmadi.
Rivojlanayotgan davlatlarda esa ma’lum institutsional va iqtisodiy shartsharoitlar yo’qligi tufayli ishlab chiqarishning pasayishi, yuqori darajadagi
inflyatsiya, byudjet taqchilligi, to’lov balansi muvozanatining buzilishi kabi bir
qator makroiqtisodiy muammolarni hal etishga to’g’ri kelgan edi. Bilvosita
vositalarini to’liq qo’llashga o’tish, o’z navbatida, mamlakatda jiddiy iqtisodiy va
tuzilmaviy islohatlarni amalga oshirishni talab qiladi. Monetar siyosatning
bilvosita vositalariga o’tish jarayoni turli davlatlarda turlicha bo’lishi mumkin. Bu
borada Xalqaro valyuta fondining mutaxassislari quyidagi fikrni bildirishgan:
"Monetar siyosatning bilvosita vositalarini to’liq joriy qilish o’tish iqtisodiyotining
tugallanganligini anglatadi. O’z navbatida, foiz stavkasi bo’yicha cheklovlar bekor
qilingan va Markaziy bankning maqsadli kreditlari umumiy kredit hajmining 25
foizidan oshmagan taqdirdagina monetar siyosatning bilvosita vositalariga o’tish
jarayoni tugallangan hisoblanadi28. Umuman horijiy davlatlar monetar siyosatning
bilvosita vositalariga o’tishda moliya tizimini isloh qilish va erkinlashtirish, qat’iy
monetar va fiskal siyosatni yuritish, moliya bozorlarini rivojlantirish, keng
qamrovli xususiylashtirishga yo’naltirilgan qator islohotlarni o’tkazdi

Download 120.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling