Mavzu: Debitorlik, kreditorlik qarzlari tahlili


Download 0.75 Mb.
Sana16.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1279298
Bog'liq
mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIYOT FAKULTETI

Fan nomi: Iqtisodiy tahlil


Mavzu: Debitorlik, kreditorlik qarzlari tahlili.
Bajardi: I-81 guruhi talabasi Payziyev islomxoja

2022-yil Toshkent

Debitorlik, kreditorlik qarzlari tahlili.

Debitorlik qarzi - korxonaning aylanmasidan chiqib qolgan va boshqa jismoniy va yuridik shaxslarda turgan mablag‘laridir. Korxonaning o‘z mablag‘lari yoki boshqa korxonalarning mablag‘lari bu qarzlarni qoplash manbai bo‘lib xizmat qiladi.


Kreditorlik qarzi - boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga korxonaning to‘lashi kerak bo‘lgan (muddati yetib kelgan) qarzlariga aytiladi.
Korxonalarning debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini o‘rganishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining yuzaga chiqish sabablarini o‘rganish;
2. Korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatiga baho berish;
3. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining vujudga kelish muddatlari bo‘yicha tasniflagan holda o‘rganish; 4. Debitorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish;
5. Kreditorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishi va dinamik o‘zgarishlariga baho berish;
6. Debitorlik va kreditorlik qarzlarining aylanuvchanligiga baho berish;
7. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining mavjudligini va ularni tugatish yo‘llarini o‘rganish;
8. Qarzlarni kamaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni ko‘rsatib berish va hakozo.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini yuritishda debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini to‘g‘ri boshqarish, ularning dinamik o‘zgarishiga baho berish va aylanishini omilli o‘rganish tahlilning maqsadi hisoblanadi.
Axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Korxonaning «Buxgalteriya balansi” (1-shakl) ma’lumotlari;
2. “Debitorlik va kreditorlik qarzlar haqida ma’lumotnoma”dan;
3. Buxgalteriya hisobining debitorlik va kreditorlik qarzlarini aks ettiruvchi tegishli schyot ma’lumotlari.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini doimiy tahlil etish tо‘lovlar intizomini mustahkamlash, muddati о‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish bо‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, xо‘jalik yurituvchi subyektlar о‘rtasidagi tо‘lovlar va hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliqlar va majburiy tо‘lovlarning о‘z vaqtida tushishini ta’minlash, byudjetga hamda davlat maqsadli fondlariga qarzlarni qisqartirish va ular vujudga kelishining oldini olish imkoni, qarzdorlikni maqsadli boshqarish imkonini beradi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini (qarzlarini) tahlil etish orqali iqtisodiyotning turli bо‘g‘inlarida, sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish hamda barcha xо‘jalik yurituvchi subyektlar hamda bank va moliya muassasalari tomonidan tо‘lov intizomi va hisob-kitoblarning о‘z vaqtida о‘tkazilishini ta’minlash, soliqlar va majburiy tо‘lovlarning tо‘liq tо‘lanishi masalalari bо‘yicha amaldagi qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni yо‘lga qо‘yish imkoni tug‘iladi.
Xо‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari holatini tahlil qilish, korxonalar va tashkilotlarning muddati о‘tkazib yuborilgan qarzlari taqqoslanishini muntazam ravishda tashkil etish hamda ularni qisqartirish bо‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni kо‘rishda subyektlarning rolini, e’tiborini oshirishni talab etadi.
Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan muddati о‘tkazib yuborilgan debitorlik qarzlarning vujudga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik, aylanma mablag‘lardan oqilona foydalanish, ularning saqlanishini va о‘z vaqtida tо‘ldirilishini ta’minlash bо‘yicha ma’sulligini oshirib borish, о‘z navbatida makro iqtisodiy kо‘rsatkichlarni ham yaxshilashga imkon beradi. Bu esa о‘z navbatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Debitor va kreditor qarzdorlik bilan ishlash bir muncha murakkab jarayon. Negaki, ularning ikkinchi tomonga bog‘langanligi doimo ham manfaatliyechimlar chiqarishga imkon bermaydi. Bu borada analitiklar nimalarga ahamiyat qaratishi lozim:
Birinchi navbatda analitiklar korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini monitoring qilishi, moliyaviy aktivlar va passivlarni inventarizatsiyalashni amalga oshirishi lozim. Avvalo, navbatda qarz mavjudligi, uning miqdori, asosi va uni yuzaga kelish muddatlari dalilini aniqlashi lozim.
Ikkinchidan vujudga kelgan qarzlarni sо‘ndirish bо‘yicha yondashuvni tanlab olish lozim. Qonunchilik meyorlari kreditorga о‘z ixtiyoriga kо‘ra sudgacha hal qilish tusidagi choralarni kо‘rishga, sud instansiyalariga sud buyrug‘ini berish tо‘g‘risidagi ariza bilan yoki qarzni undirish tо‘g‘risida da’vo arizasi bilan bevosita murojaat qilishni tanlash imkoniyatini ham kо‘zda tutadi.
Uchinchidan qarzni undirishning tanlangan strategiyasiga (talabnomani qarzdorga yuborish, sudga murojaat qilish uchun hujjatlarni tayyorlash, majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish va h.k.) muvofiq amalga oshiriladigan qarzni sо‘ndirishga qaratilgan aniq harakatlarni amalga oshirish orqali mavjud chigallikni hal etish yoki uni yumshatish choralarini kо‘rish lozim1.
Qonunchilik bilan belgilanishicha, vujudga kelgan paytdan boshlab 90 kun о‘tgan debitorlik qarzi muddati о‘tib ketgan debitorlik qarzi deb tan olinadi. Korxonada buning mavjudligi uning mansabdor shaxslariga 10 dan 15 EKIH miqdorida jarima solishga sabab bо‘ladi3.
Binobarin, muddati о‘tgan debitorlik qarzi korxona boshqaruvchilariga kо‘p muammolar keltirishi mumkin.
Qayd qilish lozimki, belgilangan muddatlarning о‘tishi kontragent tomonidan bajarilishi kerak bо‘lgan paytdan boshlanadi. Binobarin, muammoni hal qilish uchun taraflar shartnomaviy majburiyatlarni bajarish muddatlarini uzaytirish uchun qо‘shimcha kelishuvni rasmiylashtirishlari yetarli bо‘ladi. Qarzdorga nisbatan birdaniga sud muhokamasi tashabbusi bilan chiqish va unga nisbatan majburiy undiruv choralarini qо‘llash umuman shart emas.
Yuzaga kelgan majburiyatlarni uzoq vaqt va zо‘r berib undirishga harakat qilishdan yoki bu harakatlarning befoyda deb tan olgan holda qarz majburiyatlarini bekor qilishdan kо‘ra, uni vujudga kelishini oldini olgan maqbul hisoblanadi. YA’ni qarzdorlik haqida ushbu qarzdorlikning yuzaga kelgandan keyin emas, balki yuzaga kelgunga qadar qayg‘urgan maqbul hisoblanadi. Buning uchun nimalar qilish lozim. Avvalo kontragent bilan tegishli shartnomani rasmiylashtirish bosqichining о‘zidayoq taraflar majburiyatlarining aniq miqdorlari va majburiyatlarni ta’minlash choralarini kо‘zda tutgan holda amalga oshirish mumkin. Bu shartlar qarzdorlik vujudga kelgan taqdirda uni sо‘ndirishning qо‘shimcha kafolati bо‘ladi.
Debitorlar va kreditorlar bizning strategik hamkorlarimiz hisoblanadi. Ularga nisbatan muomalada qonuniy va ijtimoiy normalardan kelib chiqqan holda harakat qilish lozim. Hech kim о‘z hamkorlari bilan munosabatni buzishni xohlamaydi. Shu sababli debitorlik va kreditorlik majburiyatlarni tahlil etishda avvalo kontragentlarning tarkibiga va ularning doimiy faoliyat hamkorligidagi tarixiga muhim ahamiyat qaratish lozim. Avvalo, kontragentlar bilan aloqada qarzdorlikning yuzaga kelish sabablarini о‘zidan va undan keyingina hamkoridan izlash lozim.
Qarzdorlik nafaqat iqtisodiy munosabatlarni, balki jamiyat hayotini, ijtimoiy munosabatlarni ham chigallashtiradi. Korxonaning jismoniy va huquqiy shaxslar bilan bо‘ladigan munosabatlari alohida olingan subyektlarning muammosi emas,balki butun iqtisod va jamiyatning ham muammosi hisoblanadi. Shu sababli, ularning yuzaga kelish, muddatlarining chо‘zilishi, oqlanishi, himoyalanishi kabi masalalargadoimo muhim e’tibor qaratish lozim. Qarzdorlikning oshib ketishi о‘z navbatida korxonalarning moliyaviy holatiga, barqarorligiga, tо‘lovga qobilligiga ta’sir etadi. Natijada korxonaning yashovchanligi, hayotiyligi qiyinlashadi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining yuzaga kelishi bo’yicha quyidagi sabab qatorlarini tarkiblash mumkin:
• o’zaro hisob kitoblarda tomonlarning to’lov lag’qatiga ega emasligi;
• tovarlarni ortib jo’natish va sotishda hisob kitoblarning zamonaviy shakllarining cheklanganligi;
• mulk va unga egalik qilishda mas’ullik hissining yuqligi;
• o’zaro shartnomaviy munosabatlarning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi;
• daromadlarni tan olish yuzasidan korxonalar tarmoq xususiyatidan kelib chiqilmaganligi;
• xarajatlar tarkibiga kiruvchi ish va xizmatlarni hisobga olishda qat’iy hujjatlashtirish mezonlarining yo’qligi;
• kredit tashkilotlari bilan mijoz o’rtasida bo’ladigan munosabatlarda korxonalar faoliyatini baholashning uslubiy asoslaridagi kamchiliklar;
• sug’urta tashkilotlari bilan korxonalar o’rtasidagi munosabatlarda qat’iy davlat qonunchilik mexanizmining mavjud emasligi va h.k. sabablarni kiritish mumkin.
Kreditorlik majburiyatlarining to’lash muddatlari bo’yicha quyidagi tarkibini berib o’tish mumkin: -To’lash muddati kelgan majburiyatlar; -To’lash muddati o’tib ketgan majburiyatlari. Yil kalendar davrining taqsimi bo’yicha kreditorlik majburiyatlarining quyidagi shakllarini berish mumkin:
- 1 oygacha bo’lgan majburiyatlar;
- 1 oydan 2 oygacha bo’lgan majburiyatlar;
- 2 oydan 3 oygacha bo’lgan majburiyatlar;
- 3 oydan 6 oygacha bo’lgan majburiyatlar;
- 6 oydan 1 yilgacha bo’lgan majburiyatlar;
- 1 yildan ortiq mududatga bo’lgan majburiyatlar.




Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling