Mavzu: Dengiz va okean faunasini tashkil etish
Download 0.86 Mb.
|
Munisa Jalolova.
Dengiz iqlimiga quruqlikning taʼsiri katta. Tropiklardagi Dengizlar ustida temperaturaning oʻrtacha yillik amplitudasi 15° (Fors qoʻltigʻi), oʻrtacha kengliklarda esa 30° va undan ortiq (Yapon dengizi). Dengiz yuzasidagi suv temperaturasining amplitudasi oʻrtacha va subtropik kengliklardagi Dengizlarda eng katta (mas, Oʻrta dengizda 17° gacha), ekvator atroflaridagi Dengizlarda esa eng kichik (mas, Sula-vesi dengizida 2° dan kam) boʻladi. Geografik oʻrniga qarab baʼzi Dengizlar yuzasining temperaturasi qoʻshni okean yuzasinikiga qaraganda yuqoriroq boʻladi (mas, Qizil dengiz), baʼzi Dengizlar yuzasining temperaturasi esa okean yuzasinikidan pastroq boʻladi (mas, Oxota dengizi).
Dengizlarda shoʻrlik va temperatura turlicha taqsimlanganligi sababli suvning zichligi ham turlicha, mas, Boltiq dengizida 1,0100, Qizil dengizda 1,0287 (ochiq okeanda zichlik 1,0210—1,02725). Dengiz yuzasida suvning zichligi mavsumlarga qarab sezilarli darajada oʻzgarib turadi.Dengizlarda shoʻrlik va temperatura turlicha taqsimlanganligi sababli suvning zichligi ham turlicha, mas, Boltiq dengizida 1,0100, Qizil dengizda 1,0287 (ochiq okeanda zichlik 1,0210—1,02725). Dengiz yuzasida suvning zichligi mavsumlarga qarab sezilarli darajada oʻzgarib turadi.Dengizlarda zichlikning mavsumiy oʻzgarib turishi natijasida, mavsumiy vertikal sirkulyasiya kuchli boʻladi. Suv yuzasidagi zichlik katta boʻlgan dengizlarda vertikal sirkulyasiya dengiz tubigacha yetib boradi.Oqimlar Dengizlarda kam. Quruklikdan quyilgan suvlar, atmosferadagi siklonlar, Yerning aylanishidan vujudga kelgan buruvchi kuch taʼsirida oqimlar aylanma harakat qiladi. Ularning yoʻnalishi Shimoliy yarim sharda soat mili yoʻnalishiga qarshi, Jan. Yarim sharda esa soat mili yoʻnalishi boʻylab boʻladi.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling