Mavzu: «Devoni Husayniy» sharq kitobat san’atining bebaho namunasi


Download 14.48 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi14.48 Kb.
#1533706
Bog'liq
Документ Microsoft Word (4)


Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi Turaboyeva Mohinur

Mavzu: «Devoni Husayniy» – sharq kitobat san’atining bebaho namunasi



O‘zbek xalqi azaldan xalqi jahon tamaddunida o‘zining munosib o‘rniga ega, buyuk allomalari, mutafakkirlari, fozilu shoirlari bilan munosib hissa qo‘shib kelgan buyuk xalqlar sirasiga kiradi. Bugun har birimiz ajdodlarimiz yaratib qoldirgan bebaho meros namunalari bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Ammo, shu bilan birgalikda, bu ma’naviyat durdonalarini o‘qib-o‘rganish, tadqiq va targ‘ib etish ham bugungi avlodlar zimmasidagi muhim vazifalardandir.
...Tarixda saltanat va she’riyatni yonma-yon qo‘yib, bir qo‘lida qilich, bir qo‘lida qalam tutgan hukmdorlar ko‘p o‘tgan. Xususan, Temuriylar tarixida tab’i nazmga ega bo‘lgan tojdorlar ko‘plab uchraydi. Ushbu sulola vakillari orasidan ko‘plab noziktab’ shoirlar yetishib chiqqan. Husayniy taxallusi bilan she’rlar bitgan Xuroson hukmdori, Temuriylar sulolasining vakili Sulton Husayn Boyqaro ana shunday podshohlar qatoridan o‘rin olgan.
Sulton Husayn Boyqaro Xuroson muzofotida, ayniqsa, Hirotda diniy va madaniy-maishiy binolarni ko‘plab qurdirdi. Bu qurilishlarning asosiy mutasaddisi sifatida Alisher Navoiyni ko‘rsatish joizdir. Shuningdek, shahanshohning yaqin kishilari hamda bek va amirlari o‘z nomlarini abadiylashtirish maqsadida masjid, madrasa, rabot, ko‘prik, hammom va shunga o‘xshash qurilishlar bilan shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishgan.
Alisher Navoiyning ta’kidlashicha, Husayn Boyqaro eski o‘zbek tilining taqdiriga befarq bo‘lmagan, uning rivoji uchun qator chora-tadbirlarni amalga oshirgan. Yozma turkiy tilni rivojlantirish, shu tilda ijod qilishga doir maxsus farmon chiqargan. Bu dadil qadam mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta voqea bo‘lgani shubhasiz.
Husayn Boyqaro forsiy va turkiy tillarda g‘azal bitish iqtidoriga ega bo‘lsa-da, asosan turkiyda «Husayniy» taxallusi bilan ijod etgan.
Buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur ham o‘zining «Boburnoma» asarida sulton Husayn Boyqaro haqida bir qancha fikrlarni bildiradi: «Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajab zamone edi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hirot shahri mamlu edi. Har kishiningkim bir ishga mashg‘ullug‘i bor erdi, himmati va g‘arazi ul erdikim, ul ishni kamolg‘a yetgurgay».
Ayni paytga qadar Husayn Boyqaro ijodiy merosi adabiyotshunos olimlarning ham e’tiboriga tushmay qolmadi. Jumladan, muhtarama ustozimiz, O‘zbekiston Qahramoni Suyima G‘aniyeva 1991 yili Husayn Boyqaro g‘azallarini to‘plab «Jamolingdin ko‘zum ravshan» degan nom ostida nashr etdilar. Mazkur nashr debochasida yozilganidek, Husayniy she’riyatida dunyoviy ruhdagi lirika an’analariga, Alisher Navoiy lirikasiga tayangani ko‘zga tashlanadi. Ayni chog‘da, unda ijodkorning shoirona shuuri, badiiy o‘tkir nigohi ro‘yirost namoyon bo‘ladi.
1995 yili adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov va tarix fanlari doktori Shodmon Vohidovlar «Shoh va shoir Husayn Boyqaro» kitobini chop etishdi. Undan Husayn Boyqaroning falsafiy mavzudagi “Risola”si hamda devoni o‘rin olgan. Tadqiqotchilar bu kitobga Husayn Boyqaro devonining 1968 yilda Qobulda Muhammad Ya’qub Juzjoniy tomonidan nashr qilingan nusxasini asos qilib olishgan.
«Devoniy Husayniy»ning yani bir nusxasi ayni paytda Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburg shahridagi Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanmoqda. 284-raqam ostidagi ushbu qo‘lyozma nasta’liq xatida, sifatli qog‘ozda ko‘chirilgan va shohona bezaklar berilgan. Sahifalariga oltin zarralari sepilgan.
Devonda o‘ta mahorat bilan bilan ishlangan to‘rtta miniatyura, nafis naqshlardan hosil qilingan ikkita zarvaraq, Husayn Boyqaroning turli davrlarda bitilgan 154 ta g‘azali (shundan ikkita g‘azali to‘liq emas) o‘rin olgan.
Ushbu to‘plam garchi «Devoni Husayniy» deb nomlangan bo‘lsa-da, u devon talablariga to‘la-to‘kis javob bermaydi. Zero, devon uning umumiy mazmuni, muallifi, yaralish sabablari haqida qisqacha ma’lumot beruvchi debocha, arab alifbosi asosida tartibga solingan turli janrga oid she’riy asarlardan iborat bo‘lishi lozim edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kitob Husayn Boyqaro va Alisher Navoiyning hayotlik chog‘larida, 1490 yillarda bitilgan. Ayrim g‘azallar to‘la yozilmaganiga qaraganda, ushbu to‘plam tuzilgan chog‘da bu g‘azalar hali tugallanmagan bo‘lgan. Qolaversa, 1968 yili Qobulda nashr qilingan devondagi ellikka yaqin g‘azal bu to‘plamdan o‘rin olmagan.
Bundan xulosa qilish mumkinki, to‘plam hali Husayn Boyqaro devon tartib qilib ulgurmagan bir paytda, nedir munosabat bilan shoshilinch tarzda tuzilgan. G‘azallar matnidagi ayrim imloviy xatolar, ba’zi so‘zlar va baytlar (ehtimol ular keyinchalik qo‘shilgandir)ning tushirib qoldirilgani ham shundan dalolat beradi. Kitob o‘z davrining mashhur kotibi, asosan Hazrat Navoyining qo‘lyozmalarini ko‘rish orqali shuhrat topgan «qiblatul-kuttob» Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko‘chirilgani taxmin qilinadi.
Shu bilan birga mazkur to‘plamda ayrim g‘azallarning Qobul nashrida uchramaydigan parchalarini ham uchratishga muvaffaq bo‘ldik.
Kitob o‘zining shohona badiiy bezaklari, shakl-shamoyili, naqsh va miniatyuralarining bejirimligi bilan sharq kitobat san’atining bebaho durdonasi bo‘la oladi. Shuningdek, bu kitob Temuriy davri madaniyati, xususan, xattotlik, tasviriy san’at va va kitobat san’ati xususida muayyan tasavvur uyg‘otadi.
Ushbu nodir to‘plam tuzilgan vaqtga nazar solsak, unga Hazrat Navoiyning ham muborak nazarlari tushgan bo‘lishi mumkin. Mazkur to‘plamdagi ayrim g‘azallar aynan ul zotning tavsiyalari bilan tahrir qilingan, to‘ldirilgan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Zotan, Husayniyning ko‘plab g‘azallarida Alishar Navoiy ijodiga ixlos va unga intilish yaqqol sezilib turadi.
Husayn Boyqaro turkiy tilda yozishni ragʻbatlantirgan va shunga daʼvat qilgan. Oʻzi ham badiiy ijod bilan shugʻullanib, „Husayniy“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, sheʼriyat majlislari tashkil etib, shoirlarga rahnamolik qilgan. Undan bizgacha sheʼrlar devoni va navoiyga bagʻishlangan "Risola" asari yetib kelgan. „Risola“ asari 1945-yilda turk olimi Ismoil Hikmat tomonidan topilib, ilmiy muomalaga kiritilgan. Shoh shoirning hozirgacha 202 gʻazal, Navoiy gazaliga bogʻlangan 3 muxammas, 6 ruboiy, shuningdek, fors-tojikcha 2 gʻazal 1 ruboiy va bir necha baytlari maʼlum. Gʻazallarining barchasi ramal bahrida. Lekin ular Husayn Boyqaroning tabʼi baland, didi nozik shoir boʻlganligini koʻrsatadi. Navoiy "Majolis un-nafois" tazkirasining 8-majlisini toʻliq Husayn Boyqaro ijodiboʻgʻina bagʻishlab, uning devonidagi 164 gʻazalning matlaʼini keltiradi va u qoʻllagan badiiy timsollar, sheʼriy sanʼatlar, nozik maʼno va ohorli tashbehlar xususida fikr yuritadi. Husayn Boyqaro gʻazallari tilining musiqiyligi va jarangdorligi bilan ajralib turadi.

Foydalanilganadabiyotlarro'yxati:


1. A.Navoiy "Munshoat"
2. "Devoni Husayniy"
3. Z.M.Bobur " Boburnoma"
4. xabar.uz
5. Google.uz
Download 14.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling