Mavzu: Dialektika falsafiy metod sifatida


Download 184.27 Kb.
bet4/5
Sana14.05.2023
Hajmi184.27 Kb.
#1458715
1   2   3   4   5
Bog'liq
Falsafa

Xegel birinchi bo‘lib taraqqiyotning asosiy qonunlarini: sifat va miqdor o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonunini, qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi qonunini, inkorni-inkor qonunini ta'riflab berdi. Xegel dialektikaning asosiy prinsiplarini: hodisalarning universal aloqasi prinsipini, qarama-qarshiliklar birligi prinsipini, dialektik inkor orqali rivojlanish prinsipini dialektik tafakkur normasi sifatida ta'riflab berdi. K.Marks va F.Engels dialektika bilan materializmni birga qo‘shib, dialektik materializm nazariyasini yaratdilar va uni bilish jarayonlariga, tabiat va ijtimoiy hayot hodisalariga tatbiq etdilar.

  • Xegel birinchi bo‘lib taraqqiyotning asosiy qonunlarini: sifat va miqdor o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonunini, qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi qonunini, inkorni-inkor qonunini ta'riflab berdi. Xegel dialektikaning asosiy prinsiplarini: hodisalarning universal aloqasi prinsipini, qarama-qarshiliklar birligi prinsipini, dialektik inkor orqali rivojlanish prinsipini dialektik tafakkur normasi sifatida ta'riflab berdi. K.Marks va F.Engels dialektika bilan materializmni birga qo‘shib, dialektik materializm nazariyasini yaratdilar va uni bilish jarayonlariga, tabiat va ijtimoiy hayot hodisalariga tatbiq etdilar.
  • Hozirgi zamon falsafasida dialektika falsafiy bilimning muhim elementi sifatida mavjuddir. Falsafada dialektika g‘oyalarini ishlab chiqishda ekzistensional dialektika va messianlik dialektikasi kabi bir qator yo‘nalish-larni ko‘rsatish mumkin. Eksistensial dialektika inson «Men»ining rivojlanish qonuniyatini tushunishga urinadi. Messianlik dialektikasi o‘z ta'limotiga praktika tushunchasini asos qilib oladi va butun dunyoga sotsiologiya kategoriyalari nuqtai-nazaridan qaraydi. XX asr dialektik falsafasining ma'lum yo‘nalishlaridan biri mashhur Frankfurt maktabining namoyondalaridan biri T.Adornoning negativ dialektikasidir. Bu maktabning asosiy g‘oyasiga ko‘ra, rivojlanish buzishdir, hammani va hamma narsani inkor etishdir.

Download 184.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling