Мавзу: Диққат режа


Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. Shaxsning irodaviy sifatlari


Download 0.87 Mb.
bet43/72
Sana27.03.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1300128
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72
Bog'liq
1-ma\'ruza. Psixologiya nazariyasi va tarixi fanidan

Irodaviy harakatlar va uni boshqarish. Shaxsning irodaviy sifatlari.
Iroda-avvalo kishining o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘z intilishlari, hissiyotlari va ehtiroslarini bosa bilishi demakdir. Iroda kishining o‘z- o‘zini idora qila olishi, o‘z xulqi va faoliyatini anglab, bilib tartibga solish va boshqara olish qobiliyati demakdir.
Kishining ichki to‘siqlarni yenga olish, o‘zini boshqarish va o‘z ustidan hukmronlik qila olish qobiliyati odatda ichki iroda deb yuritiladi. Kishi irodaviy zo‘r berish yo‘li bilan tevarak-atrofdagi voqelikda uchraydigan tashqi to‘siqlarni yengishi zarur bo‘ladi. Kishi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga qarshilik qilayotgan to‘sqinliklarni yengib o‘tadi, voqelikni o‘z maqsadiga muvofiq ravishda o‘zgartiradi va uni o‘z ehtiyojlariga moslashtiradi. Insonning to‘siqlarni, tashqi qiyinchiliklarini yenga olish qobiliyati tashqi iroda deb ataladi.
Ammo irodani faqat shartli ravishda ichki va tashqi deb ikkiga bo‘lish mumkin. Inson irodasi bitta, lekin u tashqi olamdagi o‘zgartirish va boshqarishga qaratilishi bilan birga shaxsiy, sub’ektiv holatlarni va jarayonlarni boshqarishga qaratilishi ham mumkin. Modomiki, shunday ekan, tashqi to‘sqinliklarni yengish ichki to‘sqinliklarni yengish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Inson tashqi olamga ta’sir etar ekan, tashqi olam hodisalarini boshqarish bilan bir vaqtda o‘zini, o‘z organizmini, qo‘l-oyoq muskullarini ham boshqaradi, ularning tarangligini kuchaytiradi yoki susaytiradi; ularning harakatlarini uyg‘unlashtiradi, butun organizmning moslashish vaziyatini vujudga keltiradi va zarur paytda bu vaziyatni o‘zgartiradi va hakozo. Shu bilan birga ixtiyoriy harakatlar, asosan mehnat faoliyatida odamning ixtiyoriy faollik ko‘rinishlarini to‘xtatib va bosib turishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun odamning irodaviy zo‘r berishi va ixtiyoriy harakatlari tashqi to‘sqinliklarni yengishga qaratilishi bilan bir vaqtda organizmning ichki ahvolini ham o‘zgartiradi. Inson tevarak-atrofdagi voqelikni o‘zgartirar ekan, o‘zini-o‘z vujudini ham o‘zgartiradi.
Irodaviy harakatlar bajarilgandan keyin ularga baho beriladi. Qaror ijro etilgandan keyin, ba’zan esa qarorni bajarish jarayonida ham ko‘pincha harakatlarga baho berish, qarorni qanday ijro etilganligiga baho berish kerak bo‘ladi. Qarorni ijro etish yuzasidan qilingan baho berish qabul qilingan qarorni hamda qilinadigan ishni ma’qullash, oqlash yoki qoralashdan iborat bo‘ladi. Bu baho qabul qilingan qaror yoki bajarilgan harakatlardan mamnun bo‘lish yoki mamnun bo‘lmaslik tufayli kelib chiqqan maxsus hissiy kechinmalarda ifodalanadi. Salbiy baho ko‘pincha qilingan ishlarga pushaymon bo‘lish, achinish, uyalish va afsuslanish kabi hislar tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Qilinayotgan yoki qilinadigan ishlarga beriladigan baho qabul qilingan qarorni yoki bajarilgan harakatlarni ma’qullovchi, oqlovchi yoki qoralovchi maxsus hukmlarda ifodalanadi.
Kishining xarakterini ta’riflaganimizda falon kishi dadillik qildi, rost gapirdi demasdan, balki bu odam dadil, rostgo‘y, to‘g‘riso‘z deb ataymiz. Buning ma’nosi shuki dadillik va rostgo‘ylik, to‘g‘riso‘zlik shu odamning xususiyatlaridir, xarakter xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik, rostgo‘ylik, to‘g‘riso‘zlik xislatlariga ega ekanligini namoyon qildi deb aytamiz. Kishi xarakterini, xislatlarini bilib olgach, uning biron ish-harakatda qanday yo‘l tutishini ancha aniq bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling