Mavzu: Differensial Spektrofotometrik analiz. Reja: kirish i– asosiy qism 1 Optik analiz usullari


Download 1.63 Mb.
bet10/25
Sana09.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1469492
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Kurs Ishi (1)

2 – Rasm. Optik zichlikning modda konsentratsiyasiga bog‘liqligi.
Buger–Lambert–Ber qonunidan foydalanish shartlari va cheklanishlar.
A = ε c l tenglamaga binoan optik zichlikning konsentratsiyaga bog‘liqligi grafik jihatdan koordinata boshidan boshlanuvchi to‘g‘ri chiziq shaklida ifodalanadi (2-rasm).
Buger–Lambert–Ber qonuni faqat suyultirilgan eritmalar uchun ma’lum sharo`ltda mutlaq to‘g‘ri keladi. Bu shartlar quyidagilardan iborat:
1. Bu qonun monoxromatik nurdan foydalanilganda to‘g‘ri natijalar beradi. Bunda tenglamani quyidagicha yozish mumkin:

Bu yerdagi λ, A va εning qiymatlari to‘lqin uzunligi λ bo‘lgan monoxro matik nurlanishga daxldorligini ko‘rsatadi.
2. Eritmada begona elektrolitlar ning bo‘lishi tekshirilayotgan eritma dagi molekulalarning deformatsiyalanishini yuzaga keltirishi mumkin. Natijada ushbu birikmalarning yorug‘lik yutishi o‘zgaradi.
3. Yorug‘lik yutilishiga gidroliz, kompleks hosil bo‘lishi, ora liq mahsulotlar hosil bo‘lishi, molekulalarning tautomer o‘zgarishlari, solvatlanish kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu hodisalarning barchasi eritmaning pH iga bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi.
4. O‘lchashlar vaqtida harorat juda bo‘lmaganida bir necha gradus chegarasida do`lmiy saqlanib qolishi kerak.
Buger–Lamberg–Ber qonunidan chetlanish asboblarga, tegishli omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Ular yorug‘lik oqimining yetarli darajada monoxromatik bo‘lmasligi bilan bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha fotoelektrokolorimetrlarda ishlanganda kuzatiladi. Bunday asboblarda monoxromatlashga yordam beradigan yorug‘lik filtrlari muayyan to‘lqin uzunliklari oralig‘idagi nurlanishni o‘tkazadi. To‘lqin uzunligining anchagina keng oraliqlarida nurlanishni o‘tkazuvchi odatdagi yorug‘lik filtrlari ishlatilganida o‘lchash natijasi integrat yutishga taalluqli bo‘ladi. Yutuvchi moddaning konsentratsiyasi ortib borgan sari yutish chizig‘ining konturi yoki spektr ma’lum qismining konturi o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun ayni qismga mos keluvchi to‘lqin uzunligi oralig‘ida o‘lchangan yutilish konsentratsiya ortishiga to‘la mutanosib bo‘lmaydi. Bunday hodisalar ko‘pincha sariq rang li eritmalarda va eski turdagi asboblar ishlatilganda sodir bo‘ladi.


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling