Mavzu: Differensial Spektrofotometrik analiz. Reja: kirish i– asosiy qism 1 Optik analiz usullari
Download 1.63 Mb.
|
Kurs Ishi (1)
Aylanish spektrlari. Molekulaning aylanish tezligi orti shi bilan uning ichki energiyasi ortadi va darajalar orasidagi masofa ham ko‘payadi. Molekulani birinchi daraja E1dan ik kinchisiga o‘tkazish uchun E1ga nisbatan ikki baravar ko‘proq energiya talab etiladi. Ikkinchi darajadan uchinchisiga o‘tkazish uchun esa E1ga nisbatan uch baravar ko‘proq energiya talab etiladi va h.k. Shunday qilib, qo‘shni darajalar orasidagi energiya farqi aylanish kvant sonining ortishi bilan tezda ortib boradi:
E0→E1→E2(2E1)→E3(3E1)→E4(4E1) Aylanish darajalari orasidagi energiya farqi juda kichkina bo‘ladi, shuning uchun hatto xona haroratida ham molekulalar bir-biri bilan to‘qnashganidagi kinetik energiya ularning aylanish darajalarini qo‘zg‘atishga kifoya qiladi. Shunday qilib, oddiy haroratda ko‘pchilik molekulalar turlicha tezlikda aylanma harakat qiladi. Molekulaning pastroq aylanish darajalarga o‘z-o‘zidan o‘tishi va fotonlar ajratishi kamdan kam sodir bo‘ladi va nurlanish spektrlarini olishning imkoniyati bo‘lmaydi. Molekulalarning aylanish tezligi, odatda, ular to‘qnashganidagina o‘zgaradi. Ammo molekula foton yutib, yuqoriroq aylanish darajasiga o‘tishi mumkin. Buning uchun foton energiyasi ikki aylanish darajalari energiyalarining farqiga teng bo‘lishi lozim. Aylanish spektrlarini gaz holatdagi moddalarda kuzatish mumkin. Suyuq va qattiq jismlarda molekulalararo bog‘lanish mavjudligi tufayli molekulalar mutlaqo aylanmaydi yoki aylanishi juda kamaygan bo‘ladi. Aylanish darajalari bir-biridan katta farq qilib, aniq spektr olishning iloji bo‘lmaydi. Tekshiriluvchi modda molekulasini parchalamay gazsimon holatga o‘tkazish va spektrning uzoq infraqizil sohasida ishlash qiyinligi aylanma spektrlardan foydalanishni juda cheklab qo‘yadi. Keyingi vaqtlarda mikroto‘lqinlar sohasida aylanma spektrlarni radiotexnik usullar bilan olish imkoniyati (radiospektros kopiya) paydo bo‘lganligi munosabati bilan ulardan foydalanish birmuncha kengaydi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling