Mavzu: Dikarbon kislotalar. Olinishi, malonefiri asosida sintezlar. Qahrabo kislotaning angidridi. Reja
Download 50.27 Kb.
|
9-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayrim vakillari.
Mavzu: Dikarbon kislotalar. Olinishi, malonefiri asosida sintezlar. Qahrabo kislotaning angidridi. Reja: Dikarbon kislotalar olinishi Malonefiri asosida sintezlar Qahrabo kislotaning angidridi 1. Birlamchi spirtlar oksidlanganda dastlab aldegid, so`ngra kislota hosil bo`ladi. Bunda uglerod atomlarining soni o`zgarmaydi: 2. Gemigaloidli uglevodorodlar, orto-efirlar, amidlar, kislota angidridlari va xlorangidridlari gidrolizlanishidan hosil bo`ladi. 3. Ikki sosli karbon kislotalarni qizdirib acetosirka efir asosida sintez qilish orqali va yog`-moylarni gidrolizlab olinadi. Fizik xossalari. Karbon kislotalarning quyi vakillari odatdagi sharoitda o`tkir hidli, suv bilan har qanday nisbatda aralashadigan, sovitilganda oson kristallanadigan harakatchan suyuqliklardir. Molekulasidagi uglerod atomlari soni beshtadan to`qqiztagacha bo`lgan kislotalar (izomoy kislota ham) moysimon suyuqliklar bo`lib, suvda yomon eriydi. Yuqori molekulyar yog` kislotalar hidsiz, suvda erimaydigan qattiq moddalardir. Bir asosli to`yingan karbon kislotalarning asosiy fizik xossalari 9-jadvalda keltirilgan. Karbon kislotalarning deyarli hammasi spirtda va efirda yaxshi eriydi. Kislotalarning molekulyar massasi ortishi bilan qaynash temperaturasi ham ortadi, solishtirma massasi esa kamayadi. Normal tuzilishga ega bo`lgan kislotalar tarmoqlangan kislotalarga qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi. Masalan, valerian kislota CH3-CH2-CH2-CH2-COOH 180°C da, izovalerian kislota 176,7° C da qaynaydi. Molekulasidagi uglerod atomlari soni juft bo`lgan kislotalar uglerod atomlari soni toq bo`lgan kislotalarga qaraganda yuqori temperaturada suyuqlanadi. Kislotalarning molekulyar massasini aniqlash natijasida suyuq holatda ularning molekula massasi ikki aravar ortiqligi ma`lum bo`ladi. Buning sababi kislota molekulalarining o`zaro associlanganligi, ya`ni vodorod bog`lanish hosil bo`lganligidir, buning natijasida tsiklik yoki struktura hosil bo`ladi. Kimyoviy xossalari . 1. barcha karbon kislotalar, anorganik kislotalar kabi kislota xossalariga ega bo`lib, ko`k lakmusni qizartiradi. Kislota gidroksidining .kuchli kislotali xossasi karboksil gruppadagi atomlar elektron zichligining siljishi bilan tushuntiriladi. Karboksil gruppada elektron zichligi elektrofil atomga, ya`ni kislorodga siljigan bo`ladi. Natijada karboksil gidroksilidagi vodorod bilan kislorod orasida bog`laish zaiflashadi va, nihoyat, vodorod atomi proton holida ajralib chiqadi, dissocilanadi. 2. Karbon kislotalar ham xuddi mineral kislotalar kabi metallar, metall oksidlari va ishqorlar bilan reakciyaga kirishib tuzlar hosil qiladi: 3. Karbon kislotalarga fosforning galoidli birikmalari ta`sir ettirilganda shu kislotaning galoid-angidridlari hosil bo`ladi: 4. Karbon kislotalar bilan spirtlar o`zaro reakciyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qiladi. 5. Xlorangidridlarga va murakkab efirlarga ammiak ta`sir ettirilsa, kislota amidlari hosil bo`ladi. 6. Sirka xlor bilan reakciyaga kirishib, radikaldagi vodorod xlorga o`rin beradi Ayrim vakillari. Chumoli kislota H-COOH to`yingan bir asosli kislotalarning eng oddiy vakili. U birinchi marta qizil chumolilardan ajratib olingan, shuningdek ko`pgina o`simliklar (qichitqi o`t, archa), qon va muskul tarkibida ham bo`ladi. Laboratoriya sharoitida xloroformga suyultirilgan ishqor ta`sir ettirib chumoli kislota olinadi: Cianid kislota gidrolizlanganda ham chumoli kislota hosil bo`ladi: Download 50.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling