Mavzu: Din psixalogiyasining predmeti va obyekti Reja Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. Dinshunoslik fanining sohalari


Download 44.74 Kb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi44.74 Kb.
#1513279
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Din psixalogiyasining predmeti va obyekti

Din sosiologiyasi. Din - jamiyat munosabatlarini, bu munosabatlar ortidan kelib chiquvchi voqyea-hodisalarni o’rganadi. Shu tufayli bu ilm sohasi ijtimoiy diniy muassasalarni, dinning davlat, xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida yuzaga keluvchi ijtimoiy voqyea-hodisalarni, turli din jamoalarining jamiyat bilan bo’lgan munosabatlarini asosiy mavzu sifatida tadqiq qiladi. Demak, din sosiologiyasining mavzusi, jamiyatning asos shakllari va dinning tashqi ko’rinishlari bilan ijtimoiy jarayonlar, ularning tuzilish va qonunlaridan iborat ekan. Boshqacha qilib aytganda bu ilm sohasi, tarix bo’yicha xususiy va mushohadaga suyanuvchi din va jamiyat tadqiqotlarini; dinning ijtimoiy hayotdagi ko’rinishlarini o’rganadi.
Din sosiologiyasi, bir tomondan jamiyat, bir tomondan diniy ilmlarga tayanadi; bu ikki asos ustida yakdillikni keltirib chiqarishga harakat qiladi.
Din psixologiyasi. Bu ilm sohasi, zamonaviy psixologiya bilan birgalikda shakllangan va uning bir tarmog’i holiga aylangan. Din psixologiyasi, avvalo insonga oid bo’lgan diniy hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan o’rganadi. Ya’ni din psixologiyasi dinning psixologik jihatini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning turli ko’rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Natijada u dinning inson ruhidagi asosiy xususiyatlari xatti-harakatlarga bo’lgan ta’siri to’g’risida atroflicha to’xtaladi. Ruh-jasad aloqasi bilan atrof-madaniyat ta’sirlarining barchasini ichida o’rganuvchi diniy e’tiqod, shaxslarning ichki olamidagi turli rivojlanishlarni ko’rsatib beradi. Shu sababli Din psixologiyasi diniy tajribadan boshlagan holda inson turlarini atroflicha o’rganib, xos tipologiyalarni kashf qiladi; buyuk diniy shaxsiyatlarning ichki hayotlari bilan qiziqqan holda ularning ruhiy holatlari bilan shug’ullanadi. Kishining diniy his, tushuncha va yashash tarzi din psixologiyasining asosiy mavzusidir. U shaxsda din tuyg’usi va hissining qanday qilib kelib chiqqanligi va shakllanishini, ihtido (hidoyat topish) yoki inkor hodisalarini, dindan kelib chiqqan ruhiy keskinlik va shubhalarni tadqiq qiladi.
Din psixologiyasi umumiy psixologiyaning barcha metodlaridan foydalangan holda o’ziga taalluqli bo’lgan mavzularni muhokama qiladi. Bu ilm turi, dindorlikning shaxs ruhiyatidagi siljish va ta’sir jarayonining tadqiq qilinishida umumpsixologiyadagi tamal asoslar, berilgan ma’lumotlarga (raqamlar)ga qarab anketalar, testlar va kuzatuvlardan foydalanadi.

Download 44.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling