Mavzu “Dinamik makroigtisoiyot” faniga kirish
Download 21.76 Kb.
|
1-mavzu (2)
Mavzu-1. “Dinamik makroigtisoiyot” faniga kirish. Iqtisodiy tahlilning predmeti bir-biri bilan u yoki bu aloqada, doimiy harakat va rivojlanishda bo‘lgan predmetlar va hodisalarning to‘plamidan iborat bo‘lgan tadqiqotchilikdir. Bu aloqalar xilma-xildir va qismni butunicha hamda aksincha munosabatlarda, tengliklar va tengsizliklarda, aniq yoki noaniq o‘zaro bo‘ysunuvchilikda, bir-birini taqozo qilishda va o‘zaro bog‘liqlikda o‘z aksini topadi. Birining holatining o‘zgarib ikkinchisiga o‘tishi aks etuvchi o‘zaro munosabat tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy hodisalarni mantiqiy-uslubiy va gneseologik bilishdir. Mamlakatning iqtisodiy holatini, o‘tkazilayotgan joriy chora-tadbirlar zarurligini, samarasini baholashda Dinamik makroiqtisodiyot juda katta ahamiyatga ega. Tahlilning muhim vazifalaridan biri mamlakatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni modellashtirish sifatini oshirish, o‘tkazilayotgan iqtisodiy siyosatning natijalarini aniqlash. Dinamik makroiqtisodiyot asosiy ilmiy-amaliy yo‘nalishlardan biri bo‘lib makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlab berishga yordam beradi. “Dinamik makroiqtisodiyot” fani makroiqtisodiyot doirasida nazariy va amaliy masalalarni o‘rganish va uni mo‘‘tadil rivojlantirishning echimlarini topishda hamda “iqtisodiyot” ta’lim yo‘nalishi mutaxassislarining shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chiqishda keng foydalaniladi1. Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g‘risida bilimlar berish hisoblanadi. Fanning vazifasi – talabalarni iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlilini amalga oshirish; iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish; ularga milliy hisoblar tizimi(MHT)ga ko‘ra asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usullarini o‘rgatish; mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini prognozlashtirish; iqtisodiy qonunlarning byudjetsoliq, pulkredit sohalarida amal qilish xususiyatlarini ko‘rsatish; talabalarda makroiqtisodiy jarayonlarni, iqtisodiy operatsiyalarni tahlil qilish asosida ularni samarali boshqarish bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish; prognozlashning barcha usullaridan keng foydalanishni bilgan holda, iqtisodiyotning aniq bir sohasida rivojlanishni prognozlash va ularni rivojlantirish yo‘llari to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Download 21.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling