Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/40
Sana17.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1097307
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Мавзу 1.



Mavzu 1.Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish 
Reja: 
1.Makroiqtisodiy tahlil va uning vositalari.
2.Turli davrlar uchun maʼlumotlarning solishtirma tahlili.
3.Mamlakatlararo yoki oʼzaro tahlil.
4.Mamlakatlararo tahlilni amalga oshirish negizida mamlakatlardagi iqtisodiy 
holatni taqqoslash. 
1.Makroiqtisodiy tahlil va uning vositalari. 
Makroiqtisodiy tahlil iqtisodiyotda sodir bo’layotgan o’zgarishlarga 
makroiqtisodiy ko’rsatgichlar orqali xolisona baho berib, iqtisodiyotda kutilmagan 
hodisalarning oldini olish va tegisho’li chora-tadbirlarni ko’rish uchun zarur 
bo’lgan tadbirlarni ishlab chiqishni maqsad qilib qo’ygan. 
Iqtisodiy jarayonlar tahlili ham har bir iqtisodiy hodisani u mikro darajada 
bo’ladimi, mezo yoki makro darajadami o’rganishni taqozo qiladi. Shu tufayli 
mazkur fan bugungi kunda ham o’ta dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. 
Makroiqtisodiy tahlil fanining predmetini o’rganishning zarurligi, bu bo’yicha turli 
qarashlar mavjudligi, iqtisodiyotni modernizasiya va diversifikasiya qilish hamda 
innovasion jarayonlarga mos raqamli iqtisodiyotga xos bo’lgan ta’rifini ishlab 
chiqish, korxonalardan tortib, butun iqtisodiyotni boshqarishdagi o’rni va 
vazifalarini ko’rsatib berish, obyektiga aniqlik kiritish, ularning metodi va 
metodologik jihatlarini asoslash kabi bir qancha masalalarni nazariy jihatdan 
o’rganishini mazkur fanning obyektiv zarurligini taqozo qiladi. 
Makroiqtisodiy tahlil fanining predmeti tom ma’noda obyektni o’rganishga 
qaratilgan iqtisodiy va huquqiy munosabatlar bilan bog’liq xo’jalik faoliyatidir. 
Ammo buxgalteriya hisobi, statistika, moliya va kredit, audit, marketing, 
menejment kabi fanlarning ham predmeti keng ma’noda xo’jalik faoliyatidir. Bu 
fanlar ham xo’jalik faoliyatida sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning 
u yoki bu jihatini o’rgatadi. Demak, har bir fanning, shu jumladan makroiqtisodiy 
tahlil fanining o’ziga xos va mos jihatini unga tegishli predmetni aniqlab olish 
lozim. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida xo’jalik faoliyatida sodir bo’layotgan 
barcha ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni o’z ichiga oladigan fan iqtisodiyotga oid 
fanlardir. Ammo makroiqtisodiy tahlil fani bu jarayonlarning sodir bo’lish paytini 
emas, balki uning natijasi va kelajagini o’rganadi. Obyektda sodir bo’ladigan 
iqtisodiy jarayonlar, uning rejasida ko’zda tutilgan ma’lumotga asoslansa
jarayonning sodir bo’lishini qonuniy jihatdan hujjatlashtirish bilan buxgalteriya 
hisobi, statistika kabi fanlar shug’ullanadi. Shu jarayonlarning natijasi ma’lum 
davrlarda (oy, chorak, yil) jamlanib boriladi va turli xisobotlarda o’z aksini topadi. 
Tahlil esa aynan ana shu tuzilgan xisobotlarga, jamlangan hujjatlarda ifoda etilgan 
boshqa ma’lumotlarga asoslanadi. 
Hisobdagi ma’lumotlar statistikada jamlanadi va ushbu ma’lumotlar 
makroiqtisodiy tahlil faniga axorot uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Erkin 
iqtisodiyot sharoitiga mos makroiqtisodiy tahlil fanining predmeti yaratilmog’i 


lozim. Bizning fikrimizcha, u quyidagi talablarga javob berishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Birinchidan, u erkin iqtisodiyot sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan 
korxonalarning xo’jalik faoliyatini o’zida ifodalashi kerak. 
Ikkinchidan, asosan makroiqtisodiy tahlilda o’z yechimini topadigan 
obyektiv va subyektiv omillar ta’sirini aniqlash zarurligi ko’rinib turishi lozim. 
Uchinchidan esa, makroiqtisodiy tahlil o’z chegarasiga, faoliyat doirasiga 
ega bo’lish uchun butun xo’jalik faoliyatidan o’ziga tegishli sohani ajratib 
ko’rsatishi maqsadga muvofiq. Bunga, bizning fikrimizcha, korxonalar xo’jalik 
faoliyatida sodir bo’lgan, bo’layotgan va bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar 
va xodisalar natijasining ma’lumotlar manbaida ifodalangan axborotlarni olishni 
kiritish mumkin. 
Bu borada o’zimizning chop qilgan adabiyotlarimizda
1
ham aytgan edik. Uni 
takomillashtirib yuqorida keltirilgan xulosalardan kelib chiqib makroiqtisodiy 
tahlil fani predmetiga quyidagicha ta’rif berish mumkin. Makroiqtisodiy tahlil 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling