Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja


fanining predmeti deganda, innovasion va raqmli iqtisodiyot sharoitida


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/40
Sana17.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1097307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Мавзу 1.

fanining predmeti deganda, innovasion va raqmli iqtisodiyot sharoitida 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) 
omillar ta’sirida sodir bo’lgan, bo’layotgan va bo’ladigan ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar va xodisalar natijalarining ma’lumotlar manbaida (reja, hisob, 
statistik hisobot va boshqalarda) ifodalangan ko’rsatkichlar tizimi (sistemasi) 
orqali, uning holati va rivojlanishiga baho berish va yaxshilash yo’llarini 
ishlab chiqishni o’rganish tushiniladi. 
Makroiqtisodiy tahlil fanining obyekti uning predmeti qayerlarda amalga 
oshishini ko’rsatishi lozim. Makroiqtisodiy tahlil fanining predmeti, hozirgi bozor 
munosabatlariga asoslangan erkin iqtisodiyot sharoitida, ko’p mulkchilikga 
asoslangan barcha huquqiy va jismoniy shaxslarning xo’jalik faoliyatida sodir 
bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o’z ichiga olsa, uning obyekti ham 
xuddi shu jarayonlar, deb qaralmoqda. Ushbu masala bo’yicha bir qancha olimlar 
fikrlari bir-biriga o’xshash. Ammo ularning fikrlarini nazariy jihatdan tahlil 
qilmasdan, o’z fikrimizni ifodalash bilan cheklanishni lozim, deb topdik. 
O’quvchilar masalaning mohiyatini o’zlari tushunib yetishlariga ishonchimiz 
komil. 
Makroiqtisodiy tahlilning obyekti deganda, uning qaysi makonda 
(makro-, mezo- yoki mikro-, ya’ni xo’jalik yurituvchi subyektlarda) amalga 
oshirilishi tushuniladi. Shu tufayli makroiqtisodiy tahlil fanining predmeti amalga 
oshadigan obyektlariga davlat va jamiyatda sodir bo’layotgan iqtisodiy 
jarayonlarni misol keltirish mumkin. Shu bilan birga, quyi subyektlar jumlanan: 
jamoat tashkilotlari, korporasiyalar, birjalar, korxonalar, firmalar, tashkilotlar, 
birlashmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlar ham har biri tarmoqlarga 
birlashadi va shu orqali makro darajadagi iqtisodiy jarayonlarning asosiga kiradi. 
Makroiqtisodiy tahilning vositalari quyidagi modellardir: ekonmetrik, vaqtli 
qatorlar, imitasion, umumiy muvozanat. Yuqorida aytilgan modellar milliy 
1
Пардаев М.К. Иљтисодий таҳлилнинг предмети, методи ва унда љўлланиладиган усуллар. Самарљанд, 
СамКИ,1999, - 3 бет. Пардаев М.К. Иљтисодий таҳлилнинг назарий асослари. - Самарљанд, СамКИ, 1999, - 3 
бет. Пардаев М.К. Иљтисодий таҳлил назарияси. Дарслик, Самарљанд «Зарафшон» нашр - 2001. 


xisoblar tuzilmasi va doirasida joriy, o’zgarmas narxlarda o’sish va qo’shimcha 
o’sishning suratlarida tuziladi. 
Makroiqtisodiy modellar iqtisodiy ko‘rsatkichlar va jarayonlar o‘rtasidagi 
miqdoriy, sabab-oqibat bog‘lanishlarini matematik formula, grafik va chizmalar 
ko‘rinishida ifodalaydi.4 Bunga yalpi talab – yalpi taklif (AD-AS) modelini, Keyns 
xochini, Fillips egri chizig‘ini, IS-LM modelini, iqtisodiy o‘sishning Domar, 
Xarrod va Solou modellarini i keltirish mumkin. Bu modellarni bir vaqtning o‘zida 
ham grafik ko‘rinishda, ham algebraik formula ko‘rinishida tasvirlash mumkin . 
Algebraik formulalar kabi makroiqtisodiy modellar ham ikki, uch yoki bundan 
ko‘p o‘zgaruvchili bo‘lishi mumkin. AD-AS modelida yalpi talab va yalpi taklif 
hajmlarining baholarning umumiy darajasi dinamikasi ta’sirida o‘zgarishi va 
makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi o‘rganilsa, Fillips egri chizig‘i 
yordamida ishsizlik va inflatsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tadqiq 
qilinadi. 

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling