Mavzu: Dinamikaning asosiy vazifasi. Nyutonning I qonuni (inersiya qonuni). Reja
Download 250 Kb.
|
1 2
Bog'liqDinamika
Mavzu: Dinamikaning asosiy vazifasi. Nyutonning I qonuni (inersiya qonuni). Reja: Dinamikaning asosiy vazifasi. Nyutoning I qonuni (inersiya qonuni). Ishqalanish kuchlari. 1. Dinamika – jismlarning harakatini va harakatni vujudga keltirgan sabablar (kuch)ni e’tiborga olib, birgalikda o’rganuvchi mexanikaning bo’limidir. Dinamika so’zi grekcha «dinamis» so’zidan olingan bo’lib, kuch degan ma’noni bildiradi. Dinamikaning asosiy vazifasi harakatlanayotgan jismga ta’sir etuvchi kuch bilan shu jism massasi orasidagi bog’lanishni ifodalovchi harakat qonunlarini aniqlashdan iborat. Dinamikaning asosini, ingliz olimi I.Nyutonning 1687 yilda aniqlagan uchta qonuni tashkil etadi. Nyutonning qonunlari tajribalarda topilgan juda ko’p faktlarni umumlashtirish natijasida maydonga kelgan. Nyutonning I qonuni har qanday sanoq sistemada ham o’rinli bo’lavermaydi. 2. Tekis va to’g’ri chiziqli harakatlanayotgan (yulduzlarga nisbatan) sanoq sistemasiga i n e r s i a l sanoq sistemasi deyiladi. Bunday sanoq sistemalari juda ko’p bo’lishi mumkin, chunki biror inersial sistemaga nisbatan tekis va to’g’ri chiziqli harakatlanayotgan har qanday sistema inersial sistema bo’ladi. Inersial sistemalarga nisbatan tezlanish bilan harakatlanayotgan sanoq sistemalari n o i n e r s i a l sistemalar deyiladi. Barcha inersial sistemalarda mexanik jarayonlar mutlaqo bir xil o’tadi degan qoida 1636 yilda G.Galiley tomonidan aniqlangan bo’lib, Galileyning nisbiylik prinsipi deb ataladi. Galiley bu prinsipni sokin dengizda tekis va to’g’ri chiziqli harakat qilib borayotgan kema kayutasida bo’ladigan mexanik jarayonlar misolida tushuntirgan. XX asr boshlariga kelib, faqat mexanik jarayonlargina emas, balki issiqlik, elektr, optik va tabiat hodisalari ham barcha inersial sanoq sistemalarida mutlaqo bir xil o’tishi aniqlandi. Shu asosda A.Eynshteyn 1905 yilda umumiy nisbiylik prinsipini aniqladi, bu prinsipni keyinchalik Eynshteyn nisbiylik prinsipi deb nomlanadi: Barcha inersial sanoq sistemalarida barcha fizik jarayonlar mutlaqo bir xil o’tadi. N’yuton qonunlari va dinamikaning boshqa qonunlari faqat inersial sanoq sistemalarida o’rinlidir. Amalda Yer bilan bog’langan koordinatalar sistemasini yetarli darajada aniqlik bilan inersial sistema deb qabul qilinadi. Download 250 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling