Mavzu: dinshunoslik. Din madaniyat fenomeni. Buddaviyik va xristian dini tarixi va falsafasi
Download 341.67 Kb.
|
MUSTAQIL ISH
MUSTAQIL ISH Mavzu: DINSHUNOSLIK. Din madaniyat fenomeni. Buddaviyik va xristian dini tarixi va falsafasi. Tekshirdi: Mavlonov O‘tkir Bajardi: Xusanova Nozima KAF sirtqi bo`lim 2- kurs 204- guruh talabasi MAVZU: DIN MADANIYAT FENOMENI. BUDDAVIYLIK VA XRISTIANLIK DINI FALSAFASI. REJA:
Din, dinshunoslik, din falsafasi, teologiya, teosofiya, xudojo`ylik tushunchalarining mohiyati, qadimgi va milliy dinlarning tasnifi. Dunyo mamlakatlari va O`zbekistonda vijdon erkinligi va diniy e`tiqod haqidagi qonun qabul qilinishining ijtimoiy madaniy ahamiyati. Buddaviylik dinining paydo bo`lish tarixi, asosiy ta`limotlari, oqimlari va manbalari. O`zbekirtonda buddaviylik dinining tarixiy ildizlari va hozirgi zamon. Xristianlikning paydo bo`lishi, asosiy yo`nalishlari, ta`limotlari va manbalari. Hozirgi davrda xristian dinining rivojlanishi va dunyo davlatlaridagi o`rni. MAVZU: DINSHUNOSLIKDAGI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR. Dinshunoslik – dunyoda mavjud mavjud dinlar haqida xolis, ilmiy yondashgan holda ma`lumot beruvchi fan. Dunyodagi barcha dinlar va ular bilan bog`liq jarayonlarni xolisona o`rganuvchi fan “Dinshunoslik” deb ataladi. Mazkur fanning sohalari juda ko`p bo`lib, ulardan biri “Dunyo dinlari tarixi”dir. Dinlarni o`rganish uzoq tarixga ega. Antik davrlardayoq insonlar din va uning mohiyati haqida fikr yuritganlar. Rim imperatori Konstantin I davrida (IV asr) xristian dini boshqa dinlar bilan bir mavqega ega bo‘ldi. Keyinchalik Yevropada xristianlik dinining Rim imperiyasi tomonidan davlat dini sifatida e`tirof etilishi hamda cherkovning asta-sekin hokimiyatni qo`lga olishi natijasida ilm-fan ham xristianlik ta`siriga tushib qoldi. Bu davrda dinlar borasidagi tadqiqotlar faqatgina ilohiyatga oid bo`lib, xristianlik, xususan, katoliklikning boshqalardan ustunligini isbotlashga yo`naltirilgan edi. VII-VIII asrlarda o‘sha davrda mavjud dinlar haqida kichik ridolalar paydo bo‘lgan. VIII-IX asrlarda esa dinlar tarixi va ta`limotlariga oid ilk kitoblar yaratildi. XIX asrga kelib Yevropa mintaqasida cherkovning ta`siri kamaydi. Natijada boshqa fanlar qatori dinshunoslik fani ham cherkov ta`siridan chiqa boshladi. Shu davrda Maks Myullerning “Qiyosiy mifologiya”, “Dinlarning asosi va shakllanishiga oid ma`ruzalar” nomli asarlari nashradan chiqdi. Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida ham turli xalqlarning dinlari haqida ma`lumotlar keltirilgan. Masalan, “tarix otasi” nomini olgan Gerodot (mil.avv. V asr) ham o‘zi tadqiq qolgan xalqlarning tarixi haqida ma`lumot berish barobarida ularning dinlari haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Din tarixi – dinlarni tarixiy nuqtayi nazardan o‘rganadigan dinshunoslik sohasi. Unda asosan yuzaga kelishining tarixiy shart-sharoitlari, asoschilari, ilk jamoalar, rivojlanish bosqichlari va hozirgi holatiga ahamiyat beriladi. Din falsafasi – dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan soha. U Xudoning mavjudligi, sifatalari, yaratuvchi va borliq munosabatlari, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg‘ambarlik va vahiy kabi keng miqyosdagi masalalarni qamrab oladi. Din fenomenologiyasi – dinning ko‘zga ko‘rinuvchi, tasgqarida aks etuvchi jihatlarini o‘rganuvchi ilm sohasi. Din fenomenologiyasi diniy tuyg‘u va uning ko‘rinishlari butun dunyoda deyarli bir-biriga o‘xshashiga ishora qiladi. Turli dinlarning ibodat va marosimlari, muqaddas joy, zamon, narsa v shaxsiyatlarini tadqiq qilib, mushtarak jihatlarini topishga harakat qiladi.
O‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA DIN MUNOSABATLARI O‘zbekistonda o‘z mohiyati, mazmuni va huquqiy asoslariga ko‘ra din davlatdan ajratilgan hamda vijdon erkinligi, confessional bag‘rikenglik tamoyili mustahkanlangan. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilganligi hamda qonun oldida tengligi qayd etildi. Shu bilan birga davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmasligi belgilab berilgan. Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni mazmunini tashkil etadi. Bu esa mamlakatimizda davlatning diniy ishlarga, dinning esa davlat ishlariga (qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno) aralashmasligini anglatadi. Shu bilan birga “Asosiy Qonunimizda davlat o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf - odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi, ulaning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta`kidlanadi. Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat`i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliayat olib boradilar. Diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir. Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, din jamiyatdan ajratilmagan. Chunki, har qanday dinga e`tiqod qiluvchi fuqaro jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida o‘z mavqeyiga ega. “Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat`iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmayliz”. Shavkat Mirziyoyev Budda ta`limotining asosi “hayot – bu azob-uqubat” va “najot yo‘li mavjud” degan g‘oyadir. Buddaviylik qonuniyatlariga ko‘ra, inson o‘ziga moslashgan mavjudot bo‘lib, o‘zida tug‘iladi, o‘zini-o‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. Buddaviylik matnlarida tinchlikparvarlik eng yuksak fazilat hisoblanib, g‘azab va qahri qattiqlik eng katta gunohlar sifatida e`tirof etiladi. Jumladan, Tripitakaning “Dxammapada” kitobida shunday deyiladi: “Illoki, bu dunyoda hech qachon nafrat nafrat bilan yengilmaydi, balki nafratning yo‘qligi bilan u ham barham topadi”. “Hamisha yaxshilik qil. Boshqalarni sevsang, o‘zing ham, boshqalar ham baxtli bo‘lishadi”. Budda Miloddan avvalgi 80 - yillarda Tripitaka birinchi bor palma barglariga yozilgan. 1871 - yilda Mandalay shahri (Birma)da bo‘lib o‘tgan Butunjahon buddaviylar yig‘ilishidan so‘ng Tripitaka matni har biri 2 metrli 729 ta marmar plitalarga yozib chiqilgan. 1990 - yilda marmarga o‘yib tushirilgan Tripitaka matni ilk bor kitob holida nashr etildi. Uning hajmi 38 jildni tashkil etdi.
Har qanday dinga e`tiqodning asoslari, qonun-qoidalari, iborat va marosimlari uning muqaddas manbalarida aks etadi. Muqaddas kitoblar birlamchi yoki ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Jahon dinlaridan bo‘lgan buddaviylikda Tripitaka, xristanlikda Bibliya muqaddas manba hisoblandi. Boshqa dinlarda ham o‘zlarining muqaddas manblariga nisbatan katta ehtirom ko‘rsatiladi. Masalan, xristianlikda Iso Masih yoki boshqa avliyo- larning suratlari tushirilgan ikonalar uylardagi maxsus “muqaddas burchak” yoki “qizil burchak”ka joylashtiriladi va ularga alohida hurmat ko‘rsatilardi. Bu joy uydagi altar (mehrob) vazifasini bajaradi. Oila a`zolari bu joyga kelib, Altar juda toza saqlangan. Muqaddas manbalarda diniy ko‘rsatmalar bilan birga, Odob-axloq,insonparvarlik, halollik, atrof-muhitni asrashga doir ko‘rsatmalar ham o‘rin olgan. Shuni unutmaslik lozimki, hech qaysi dinning muqaddas manbasi begunoh insonlar, jonivorlarning qonini to‘kish, o‘g‘rilik, vayronagarchilikka buyurmaydi. “Keyin Xudo quyidagi so‘zlarni aytdi: “Men sizlarni Misrdagi qullikdan olib chiqqan Egangiz Xudoman… Qotillik qilmang… O‘g‘rilik qilmang. Qo‘shningizning xotini, quli yoki cho‘risi, moli yoxud eshagi, unga qarashli biror narsasiga ko‘z olaytirmang”. Bibliyaning “Qadimgi Ahd” qismidan Xristianlik dinining asosiy manbasi Bibliya “Qadimgi Ahd” (yahudiylarda “Tanax”) va “Yangi Ahd” deb nomlanuvchi ikki qismdan iborat. Ulardan “Qadimgi Ahd” qadimiy oromiy tilida, “Yangi Ahd” esa qadimgi grek tilida yozilgan. Ma`lumotlarga ko‘ra bugungi kunga kelib, mazkur kitob uch mingdan ortiq til va lahjalarga tarjima qilingan. 1991- yilda ilk bora Bibliya kitobi ayrim qismlarining o‘zbek tiliga tarjimasi amalga oshirilgan. 1994- yilda Respublikamizda O‘zbekiston Bibliya kitob jamiyati tuzilgan. 2017- yil iyun oyida jamiyat tomonidan ilk bora Bibliya to‘lig‘icha o‘zbek tiliga tarjima qilingani e`lon qilindi. Download 341.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling