Mavzu: Dinshunoslik faniga kirish
Download 406.2 Kb.
|
1 dinshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko‘zlangan bosh maqsad yurt tinchligi
- Din jamiyat hayotida muhim o‘ringa ega. U kishilarda ezgulikka intilish, o‘zini ruhan va jismonan poklash, atrofdagilarga manfaat yetkazish, hayotni qadrlash kabi ijobiy xislatlarni shakllantiradi.
- E’tiboringiz uchun rahmat !!!
Mavzu:Dinshunoslik faniga kirishReja:
Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko‘zlangan bosh maqsad yurt tinchligi,Vatan ravnaqi,xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash,ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik kabi ko‘pko‘p muhim masalalardan iborat. Endigi eng dolzarb vazifamiz bu jarayonlarningilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangi qirralarini mukammal ochib berish,o‘quvchilarimiz, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda,qilib tushuntiribberish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurilish-ning faol va jo‘shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat. Mustaqillik yillaridadinga yangicha qarash va munosabat natijasida biz uchun nisbatan yangi bo‘lgandinshunoslik fani vujudga keldi. Shu sababdan mazkur fan bo‘yicha darslik vao‘quv qo‘llanmalari yaratish zaruriyati muhim masalaga aylandi.Din — arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida ishonch, e’tiqod qilish ma’nolarini anglatadi.Din jamiyat hayotida muhim o‘ringa ega. U kishilarda ezgulikka intilish, o‘zini ruhan va jismonan poklash, atrofdagilarga manfaat yetkazish, hayotni qadrlash kabi ijobiy xislatlarni shakllantiradi.Dinlar kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Dunyo xaritasidagi deyarli har bir mamlakatda yashovchi xalq muayyan dinga e’tiqod qiladi, uning o‘z urf-odat va an’analari mavjud. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e’tiqodlari va diniy amaliyotlarini e’tibordan chetda qol dirish mumkin emas.Dinning tasalli beruvchilik vazifasini olaylik. Inson bolasi boshiga biror musibat, qiyinchilik tushganida o‘ziga dindan ovutuvchi, ko‘ngliga taskin beruvchi, yupatuvchi kuch topgan. Din birlashtirish vazifasini ham bajarib, insonlar orasida hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Har bir din e’tiqod qiluvchilarini o‘z qoidalariga amal qilishga chaqiradi. Ularni bu qoidalarga sodiqlikka undaydi va shu yo‘l bilan insonlarni birlashtiradi.
Din o‘ziga e’tiqod qiluvchilarning turmushini tartibga solib, boshqarish va zifasini ham bajaradi. Bu vazifa axloq normalari asosida amalga oshiriladi. Din axloq normalarini tartibga soladi hamda halol va harom, savob va gunoh nima ekanligini bilab beradi.
E’tiboringiz uchun rahmat !!!Download 406.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling