Sobiq Ittifoqning barcha oliygohlarida boshqa ijtimoiy fanlar qatori «Ilmiy ateizm» (a-inkor, teo-xudo) kursi o’qitilib kelinar edi. Uning dasturida dinlarning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rnini tahlil qilishga nisbatan marksistik dahriylik ta’limotiga keng o’rin berilar edi. Bu holat dahriylik ta’limotining mazmunini, ijtimoiy ongdagi tutgan o’rnini ortiqcha baholashga sabab bo’lgan. - Sobiq Ittifoqning barcha oliygohlarida boshqa ijtimoiy fanlar qatori «Ilmiy ateizm» (a-inkor, teo-xudo) kursi o’qitilib kelinar edi. Uning dasturida dinlarning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi, mohiyati va jamiyatda tutgan o’rnini tahlil qilishga nisbatan marksistik dahriylik ta’limotiga keng o’rin berilar edi. Bu holat dahriylik ta’limotining mazmunini, ijtimoiy ongdagi tutgan o’rnini ortiqcha baholashga sabab bo’lgan.
- Din, diniy tashkilotlar, dindorlarga nisbatan qo’llanilgan sovet siyosati din xususidagi ilmiy tamoyillarni buzilishiga sabab bo’ldi. Siyosatning asosiy maqsadi dinni, diniy tashkilotlarni ijtimoiy hayotdan tezroq chetlashtirish va ularni qattiq nazorat ostida ushlab turish edi. Bu esa jamiyatni tez orada emirilib ketishiga asos bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |