Mavzu: Dramatik tur


Download 33.28 Kb.
bet5/5
Sana21.04.2023
Hajmi33.28 Kb.
#1375863
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu. Tragedyaning kamoloti

Tayanch tushunchalar
Drama. Dramatik turning janrlari. Tragediya, komediya, drama; tragikomediya, melodrama, monodrama, insenirovka, intermediya, libretto. Janrlarni o’rganish zarurati.


Adabiyotlar:

  1. T. Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari, T., «O’zbekiston», 2002, 512-519- betlar.

  2. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 2004, 191-199-betlar.

H. Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi, T., A. Qodiriy nomidagi Xalq merosi
2-topshiriq. Ushbu ma’lumot asosida test tuzing/
TRAGEDIYA (yun. tragos - echki, ode - qo`shiq; tragodia - echki qo`shig`i) - dramatik tur janrlaridan biri. T. qahramonlar o`rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi; undagi qahramonlar taqdiri fojia b-n yakun topadi. T.da voqelik ancha jiddiy, ichki qarama-qarshiliklar o`tkir tarzda tasvirlanadi; konflikt shiddatli va keskin tus oladi. T. badiiy g`oyani ifodalovchi qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki harakatning yuksakligi hamda personajlararo konfliktning kuchliligi b-n o`ziga xoslik kasb etadi. T. ning janr xususiyatlari tragik konflikt, tragik holat va tragik qahramon tushunchalari b-n belgilanadi. T. jahon adabiyoti tarixida mavjud barcha ijodiy metodlarda janr sifatida o`z mohiyatini saqlab qoldi; ayni chog`da yangidan-yangi imkoniyatlari yuzaga chikdi. Garchand T.da qahramonlarning taqdiri fojia b-n yakun topsa ham, ushbu mohiyatida T. optimistik pafos, adolat va haqiqatning qaror topishi, yuksak insoniy tuyg`ularning maromiga yetkazib tarannum etilishi b-n ajralib turadi. T.ning paydo bo`lishi antik davr marosimlariga borib taqaladi. YUnonlar ma`bud Dionis sharafiga echki so`yib, bayram tomoshalari o`tkazganlar. T. so`zidagi echki qo`shig`i degan lug`aviy ma`no o`sha marosimlarga daxldor. Mil. av. 5-a.ga kelib, yunon T.si kamolat bosqichiga ko`tarildi: Esxil (Zanjirband Prometey), Sofokl (Shoh Edip), yevripid (Elektra) kabi antik davr adabiyoti namoyandalari T. rivojiga ulkan hissa qo`shdilar. G`arbda T. Uyg`onish va undan keyingi asrlarda ham rivoj topdi. Xususan, Lope de Vega, Kalderoy (Ispaniya), V. Shekspir (Angliya), L. Korpel, J. Rasin, Volter (Fransiya), F. Shiller, I. V. Gyote (Germaniya), A. S. Pushkin (Rossiya) kabi ijodkorlar ijodida T. janrlari o`zining yuksak imkoniyatlarini namoyon qildi. O`zbek adabiyotida esa T.ning go`zal namunalari A. Fitrat (Adulfayzxon), M. Shayxzoda (Jaloliddin Manguberdi, Mirzo Ulug`bek) lar tomonidan yaratild

11 Н.Ҳотамов, Б.Саримсоқов. Адабиётшунослик терминларининг русча-ўзбекча изоҳли луғати, Т., “Ўқитувчи”, 1979, 188-бет.

Download 33.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling