Mavzu: Dronlar va uchuvchisiz boshqariladigan aparatlar nazorati Uchuvchisiz uchish apparati
-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarning parvozi
Download 22.82 Kb.
|
Dronlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-bob. Parvozlar xavfsizligi
- 8-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash tartibi
6-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarning parvozi
44. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari parvozlarni Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan kelishilgan holda ajratilgan havo hududida amalga oshiradi. 45. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining ajratilgan va umumiy havo hududlarida parvoz qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. 46. Davlat aviatsiyasining manfaatlarini ko‘zlab, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini parvozda sinab ko‘rish tartibi ularni ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishiladi. 47. O‘yinchoq havo kemalari modellarining parvozlari aerodromlarning havodagi yaqinlashuv yo‘lagiga 150 metrdan kam bo‘lmagan uzoqlikda, 50 metrgacha balandlikda, odamlardan xavfsiz masofada va uchadigan apparat doimiy vizual ko‘rinib turgan holda amalga oshiriladi. 7-bob. Parvozlar xavfsizligi 48. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlari O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 49. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining parvozlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. 50. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining boshqariladigan havo kemalari bilan birgalikdagi umumiy havo hududlaridagi parvozlariga faqat ularning parvozlari xavfsizligi ta’minlangan sharoitlarda ruxsat etiladi. 51. O‘yinchoq havo kemalari modellarining egalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq apparatlardan xavfsiz foydalanish uchun javobgardirlar. 8-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash tartibi 52. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularni olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organi, korxona, muassasa, tashkilotning mas’ul mansabdor shaxsi tomonidan tashkil etiladi va ta’minlanadi. 53. Quyidagilar fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlashga qo‘yiladigan umumiy talablar hisoblanadi: a) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash uchun begonalar kirishi man etilgan va signalizatsiya vositalari (zarurat bo‘lganda, video kuzatuv vositalari) bilan jihozlangan, harorat rejimi, to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlarining, issiqlik va boshqa turdagi nurlanishning yorug‘lik ta’siri, shuningdek, yong‘inga qarshi xavfsizlik bo‘yicha ishlab chiqaruvchi talablariga mos keladigan ixtisoslashtirilgan bino ajratish; b) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni ularning turiga mos keladigan maxsus konteynerlarda saqlash; v) uchuvchisiz uchadigan apparatni qisman yoki demontaj qilingan holda, uning darhol uchishini istisno qiladigan sharoitda saqlash; g) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni dala (ishlab chiqarish) sharoitida ularning turiga qarab maxsus joylash konteynerlarida akkumulyatordan alohida ajratilgan holda saqlash. Bunda joylash konteyneri muhrlangan bo‘lishi va saqlash uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxs nazorati ostida bo‘lishi kerak; d) saqlash uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxsga uchuvchisiz uchadigan apparatni tashlab ketish yoki boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi. 54. Fuqaro aviatsiyasining ekspluatantdagi uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlash tartibi ekspluatant tomonidan texnik-foydalanish hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqiladi va Parvozlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmaga kiritiladi. Saqlash tartibi Agentlik bilan kelishilishi shart. 55. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlash tartibi tegishli vazirlik va idoraning rahbariyati tomonidan texnik-foydalanish hujjatlarning majburiy talablariga muvofiq belgilanadi. Download 22.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling